Reja: Reja: Zamonaviy testlar Qarorlarni qabul qilish va taxlil qilish. Zamonaviy testlar


Testlar natijalarini qayta ishlash: adolat va adlatsizlik orasi bir qadam


Download 0.7 Mb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1496908
1   2   3
Bog'liq
DILSHOD

Testlar natijalarini qayta ishlash: adolat va adlatsizlik orasi bir qadam

  • Quyidagi holatni tasavvur qilaylik. Og‘ir atletika bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. G‘oliblikka da’vogarlardan biri 100 pud, ikkinchisi 105 funt, uchinchisi 110 kilogramm tosh ko‘tarib kuchini ko‘rsatdi. Kimni g‘olib deb e’lon qilamiz? 110 soni 100 va 105dan katta bo‘lgani uchun 110 kg ko‘targan sportchini g‘olib deb e’lon qilsak adolatdan bo‘ladimi? Aslo yo‘q. Avvalo biz ushbu qiymatlarning barchasini yagona o‘lchov tizimiga keltirishimiz kerak va shundan keyingina kim ko‘proq ko‘targanligini taqqoslash mumkin bo‘ladi.
  • DTM tomonidan o‘tkaziladigan testlarda har bir abituriyentga kompyuter tomonidan generatsiya qilingan test varianti beriladi. Bu variant boshqa abituriyentning variantiga o‘xshamaydi. Kompyuter ma’lum bir algoritmga asosan topshiriqlarni variantga kiritsa-da, barcha variantlarning qiyinlik darajasi bir xil bo‘lishini ta’minlash imkonsiz. Bilimi kuchliroq abituriyentga qiyinroq variant tushib qolsa, u bilimi kuchsizroq, biroq osonroq variantni yechgan abituriyentga nisbatan kamroq ball to‘plashi mumkin. Agar imtihon natijalarida hatto bir ballning o‘ndan biri ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hisobga olsak, biz yuqorida tasvirlagan vaziyat yuzaga keladi: aslida kamroq «yuk ko‘targan» g‘olib deb e’lon qilinadi. Bu esa adolatdan emas.
  • Turli xil test variantlarini yechgan abituriyentlarga nisbatan DTM adolatni qanday ta’minlaydi, degan savolga shunday javob oldik: «Test variantlari maksimal darajada bir xil bo‘lishiga harakat qilinadi. Masalan, parallel testlardan foydalanish, har bir variant oldindan tasdiqlangan test tafsilotlari bo‘yicha shakllantirilishi ularning qiyinlik darajasi bir xil bo‘lishini ta’minlashga yordam beradi».
  • Qo‘shilmaslikka ijozat bergaysiz. Test tafsilotlaridan (spetsifikatsiyalaridan) foydalanish test variantlarida test topshiriqlarining fan bo‘limlari va mavzular kesimida bir xil taqsimlanishini ta’minlashga yordam beradi (Tafsilotlarning tashkilot saytida e’lon qilinmasligi shaffoflik tamoyilining buzilishidir, deb olin ham aytgan edik, ammo hozir gap bu haqida emas). Oddiy qilib aytganda, tafsilotlarga rioya qilinsa, har bir test variantida turli mavzulardan test topshiriqlari soni teng bo‘ladi.
  • Testning turli xil variantlarini yechgan abituriyentlarga nisbatan adolat masalasiga qaytsak, fanda testlar bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan «yagona shkalaga keltirish» usuli ixtiro qilingan. Biz funt va pudlarni taqqoslashdan oldin ularni kilogrammga aylantirish uchun maxsus formulalardan foydalanganimiz kabi, testologiyada ham abituriyentlarning turli xil variantlar bo‘yicha olingan natijalarini bitta o‘lchovga keltirish uchun maxsus formulalardan foydalaniladi. Oxirida to‘g‘ri javoblar soni emas, aynan shunday formulalar yordamida olingan natijalar e’lon qilinadi. Ammo yana takrorlayman, ushbu formulalardan foydalanish uchun har bir variantning o‘lchov xatosini bilish kerak, test variantini birgina abituriyent yechganda esa bu imkonsizdir. Bu testning turli variantlarini yechgan abituriyentlarga nisbatan adolat ta’minlanmasligini anglatadi.
  • Xususan, chet tillari o‘qituvchilariga ustama belgilash testlarida kuzatilgan audio yozuv va isitish bilan bog‘liq muammolarni ham bu standartlarning buzilishi sifatida keltirish mumkin. Markazning matbuot xizmati o‘qituvchilarning e’tirozlariga javob berar ekan, o‘qituvchilar tomonidan test sinovlari qoidalarining buzilishi borasida raqamlarni keltirdi: mana, telefonlar va «shpargalkalar» olib kirilgan, imtihon vaqtida o‘zaro gaplashilgan, materiallarni bir-biriga uzatishgan. Biroq, imtihon topshiruvchilar tomonidan imtihon qoidalarining buzilishi tashkilotchilar tomonidan test standartlarini buzish uchun bahona bo‘la olmaydi.
  • Agar test sinovlari bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotlarning tajribasiga nazar tashlansa, ular bir oz boshqacha yo‘nalishda tajriba olishni afzal ko‘rishdi — ko‘pchilik odamlarning to‘planishi zaruratisiz, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda test o‘tkazish. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti yoki Toshkentdagi Turin politexnik universiteti singari O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ba’zi xalqaro universitetlar ham onlayn tarzda imtihonlar tashkil etib, adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida test topshiruvchilar va kuzatuvchilar tomonidan rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarni ishlab chiqdilar. To‘g‘ri, balki onlayn imtihonlarda barcha ishtirokchilarning qoidalarga birdek rioya qilishini ta’minlash qiyinroq kechishi mumkin, ammo qachondir boshlash kerak. Masalan, pandemiya bizni ilgari umuman inkor qilib kelganimiz — masofaviy ta’limni joriy etishga majbur qildi-ku.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling