Reja: Rekreatsion faoliyat tushunchasi
Transport vositalaridan foydalanish xarakteriga ko’ra
Download 204.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Ma\'ruza mashg\'uloti
Transport vositalaridan foydalanish xarakteriga ko’ra, turizm avtomobil’ (yakka tartibda),
avtobusda, samolyotda (yo’nalishli, xususiy), temir yo’lda, dengiz transportida (bizning mamlakatimizda yo’q) turistlarni tashish kabilarga ajratiladi. Turizm uchun xizmat ko’rsatishda avtomobil’ transportining roli juda muhim. Dunyo miqyosida avtomobil’ yo’llarining umumiy uzunligi 24,5 mln. km shundan 25 foizi AQSH hissasiga, yana taxminan shunchasi Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. O’zbekistonda esa avtomobil’ yo’llarining umumiy uzunligi 115 ming km. Respublika mustaqilligiga erishganidan so’ng, xorijiy davlatlar bilan bog’lovchi avtomobil’ yo’llarini uzaytirish va kengaytirishga ehtiyoj ortdi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Andijon – O’sh-Ergashtom-Qoshg’ar, Termiz – Great - Karachi avtomobil’ yo’llarini qurish va ta’mirlashda ishtirok etmoqda. Bu keyinchalik, Xitoyga, Pokistonga shu orqali Hind okeaniga chiqish imkonini beradi. Turizm yoki rekreatsion faoliyatning kengayishida havo transporti eng muhim ahamiyatga ega. Qit’alararo passajirlarni tashish hozirgi kunda 1970 yilga nisbatan qariyb 60 martaga oshdi. Hozirgi kunda bir vaqtning o’zida Atlantika okeani ustida yuzlab samolyot parvozda bo’ladi. O’zbekistonga keluvchi xorijlik turistlar asosan havo transporti orqali keladi. Dunyo miqyosida temir yo’llarning umumiy uzunligi 1,2 mln. km bo’lib, turistlarni mamlakatlar ichida yoki mamlakatlararo tashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida temir yo’llar rivojlangan. O’zbekistonda hozirgi kunda temir yo’llarning umumiy uzunligi 7 ming km dan ortdi. Respublika mustaqilligidan keyingi yillarda, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Qo’ng’irot-Beynov temir yo’li qurildi. Turistlarni tashishda suv transporti ham zaruriyat yuqori. Biroq, O’zbekistondagi mavjud suv havzalari ochiq dengizlar bilan tutash bo’lmaganligi bois, rekreatsion faoliyatda ahamiyatga ega emas. Umuman olganda, transport rekreatsion faoliyatni rivojlantirishdagi eng muhim omillardan biridir. Download 204.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling