Reja: Rekreatsion faoliyat tushunchasi


Download 204.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana05.05.2023
Hajmi204.15 Kb.
#1431541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - Ma\'ruza mashg\'uloti

Amir Temur xiyoboni. Togshkentning markaziy ko’chalari chorrahasidagi (doira 
shaklidagi) bog’ bo’lib, unda yurtimiz davlatchiligiga asos solgan sarkarda Amir Temur haykali 
o’rnatilgan. Bog’ning shimoli-sharqiy qismida muzey tashkil etilgan bo’lib, sarkarda davriga oid 
ko’rgazmalar bilan jihozlangan va bu ko’rgazmalar o’sha davr madaniyati, ilm-fani va ma’naviy 
hayotini aks ettiradi.
Bobur bog’i. 1932 yilda tashkil etilgan bo’lib, u genyeral-gubyernator K.P.Kaufman 
otxonasi o’rnida tashkil etilgan. Uni to’qimachilik sanoati ishchilari “xalq qurilishi” usulida 
qurishgan. Hozirgi kunda bog’da yirik chinorlar bo’lib, ular bog’ga asos solingan davrda ekilgan.
G’afur G’ulom bog’i. O’tgan asrning ikkinchi yarmida Chilonzor massivi qurilgan. 
Umumiy maydoni 22 gektar bo’lgan G’afur G’ulom bog’i xalqlar do’stligi va Cho’pon ota 
ko’chalarining kesishgan joyida barpo etilgan. Bugungi kunda bog’ nafaqat Toshkent shahri 
balki, butun respublikada eng yaxshi oromgohlardan biri hisoblanadi. 
Mirzo Ulug’bek bog’i. 1934 yilning 24 iyunida “O’zbekiston haqiqati” gazetasida shahar 
aholisini bog’ning ochilishi tantanasiga taklif etish haqida e’lon bosilgan edi. Respublika 


mustaqilligiga qadar bog’ “Telman parki” deb nomlangan. Bugungi kunda bog’ning ko’rinishi, 
undagi dam olish shoxobchalari yanada ko’rkamlashgan. 
“Ko’ngil ochish” bog’i (Toshkent Lend). Mamlakat mustaqillikka yerishganiga 30 yil 
bo’ldi. O’tgan qisqa muddat davomida shahardagi oromgohlar soni ancha ortdi. 1995 yilda 
O’zbekiston Markaziy banki atrofida yangi park barpo etildi. Shahar aholisi uni “Toshkent 
Lend” deb atashadi. Boshqa bog’lar singari unda ham yaxshi maydonlar, attraksionlar, gullar 
ko’p. Ayniqsa, dam oluvchilar uchun bog’dagi qushlar, o’rdak va g’ozlar zavq bag’ishlaydi. 

Download 204.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling