Reja: Rekreatsion faoliyat tushunchasi


Download 204.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana05.05.2023
Hajmi204.15 Kb.
#1431541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - Ma\'ruza mashg\'uloti

Yo’nalishli turizm - turizmning barcha jihatlarini qamrab oladi, ya’ni u ham davolanish, ham 
sport va sog’lomlashtirish, ham ong va tafakkurni boyituvchi rekreatsion faoliyat xarakteriga ega 
bo’lishi mumkin. Yo’nalishli turizm “O’lkashunoslik” turizmi bilan uzviy bog’langan. Turizmning bu 
yo’nalishi o’lkamiz uchun juda qadimiydir. Chunki, butun dunyo mamlakatlari tan olgan “Buyuk Ipak 
yo’li” tarix sahnasida o’z mavqeiga ega. Qadimda bu hududda (Respublikamizning hozirgi kundagi 
hududida) yuzlab karvonsaroylar mavjud bo’lgan IX-X asrlarda Sharq uyg’onishining paydo 
bo’lishidagi bosh omil ham “Buyuk Ipak yo’li”ning aynan shu mintaqadan o’tganligidir.
Ba’zan, “O’lkashunoslik” bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar, olimlar joyning 
tabiatini aks ettiruvchi sur’atlar oladi yoki o’quv-ommabop, ilmiy fil’mlarni suratga tushiradi. Har bir 
o’lkaning o’ziga xos tabiati doimo xorij sayyohlari yoki rekreantlarining diqqatini o’ziga tortadi. 
Masalan, kanadaliklar SHimoliy Kanadaga bo’rilarning uvillashini eshitish uchun maxsus borishar ekan. 
Al’pinizm ham xuddi shunday rekreatsion sport mashg’ulotidir. Dam olishning bu turida ham 
yuqorida ta’kidlaganimizdek, xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar va qutqaruvchilar guruhlari talab 
etiladi. 
Tog’ chang’i turizmi – rekreatsion faoliyat ichida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Biroq, dam 
olishning bu turining o’ziga xos qaltisliklari ham mavjud. Jumladan, qor ko’chkisi chang’i halokati kabi 
hodisalar dam oluvchilarni cho’chitishi mumkin. Mazkur qaltisliklarni bartaraf etish uchun qutqaruv 
guruhlari, qor qalinligi va ob-havo o’zgarishlari haqida axborot berib turuvchi muassasalarning 
mavjudligi va ular faoliyatining namunali tashkil etilishi soha rivojiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi 
CHimyon chang’i majmuasi respublikamizda bu turdagi rekreatsion faoliyatning yagona maskanidir. 
Tanishuv rekreatsiyasi – biror joyning tabiati, tarixi, madaniyati, an’analari, turmush tarzi bilan 
tanishish doimo dunyo xalqlarining diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Mamlakatlarning o’rta asrga xos 
yodgorliklari ularning o’sha davr tarixi, madaniyati, ilm-fanining rivojlanganlik darajasi, xo’jaligi, 
turmush tarzi haqida keng ma’lumotlar beradi. 
Joyning tabiati esa har bir mamlakatda o’ziga xos va betakrordir. O’zbekiston Respublikasi 
hududida hozir 3700 ga yaqin yovvoyi o’simlik turi mavjud. Ular orasida o’ta noyob endemik turlari 
ham bor. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo’lib, ular O’zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil 
etadi. Shuningdek, sut emizuvchilarning 100 ga yaqin turi, sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqin turi, 
qushlarning 400 dan ortiq turi, baliqlarning 40 dan ortiq turi bor. 
Kongress turizmi mutaxassislar va olimlarning xalqaro ilmiy-texnik aloqalarini kengaytirish 
bilan bog’liq. Rekreatsion faoliyatning bu turi har ikki tomon rekreantni qabul qiluvchi tomon uchun 
ham rekreantni jo’natuvchi davlat uchun ham manfaatlidir. Rekreant uchun kundalik bir me’yordagi ish 
faoliyatidan chalg’ish, yangi bilim va malakalar orttirish, safardan so’ng yangi rejalarni tuzish, 
hamkorlik doirasini kengaytirish imkonini beradi. Shuningdek, bir sohadagi olimlarning o’zaro fikr 
almashinishi bilan birga shu sohaning dunyo miqyosidagi jamoasining shakllanishi imkonini beradi. 
Rekreatsion faoliyatni tashkil etish harakat darajasiga ko’ra ham bo’linadi. Bu, doimiy va 
mavsumiy rekreatsion faoliyat turlaridir. Mavsumiy rekreatsion faoliyat tabiat qonuni bilan bog’liq 


bo’lganligi bois, kam rentabelli bo’ladi va rekreatsion jarayonlarga xizmat ko’rsatuvchilar uchun ko’plab 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. 

Download 204.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling