Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu: XVI-XVII asr birinchi yarmida Germaniya


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu: XVI-XVII asr birinchi yarmida Germaniya 
Reja: 


1. Germaniyaning iqtisodiy tuzumi.2.Germaniya reformatsiya arafasida.3. XV asr oxiri-
XVI asr boshlarida dehqonlar harakati.4. Germaniyaning siyosiy tarqoqligi va imperator 
hokimiyati5. Germaniyada gumanistik harakatning boshlanishi.6. Lyuteran cherkovi va Lyuter 
talimoti.7. Germaniyada dehqonlar urushi va uning tarixiy ahamiyati.8.Dehqonlar urushi 
maglubiyatidan keyin reformatsiyaning rivojlanishi. 
XIV va XV asrlarda nemis sanoati ayniqsa kon sanoati ( kumush qazib chiqarish) va 
metallurgiya rivojlandi. Tirol, Gars, Saksoniya va Vestfaliya kon sanoatining markazlari 
edi.Siyosiy jihatdan tarqoq bо‘lsada, XVI asrda mamlakat xо‘jaligi ancha о‘sdi. Jumladan, 
Germaniya tog‘-kon sanoatida bu davrda 100 ming kishi ishlaganligi fikrimizga dalil bо‘la 
oladi.Germaniyada konchilik, tо‘qimachilik, kitob bosish sohalarida manifaktura (lot.”qо‘lda 
yasalgan buyum”) lar vujudga kelib, kapitalistik manifakturalar ishlab chiqarish 
rivojlandi.Qurol-yarog‘ ishlab chiqarish boyicha Reyn viloyati va Yuqori Dunay shaharlarida 
rivojlandi.Tо‘qimachilik sanoatining turli sohalari; movut tо‘qish, zig‘ir tola, shoyi tо‘qish va 
ip-gazlama sanoati ham shu viloyatlarda rivojlandi. XVI- XVII asrlarda Yevropada qand 
iste’mol qilish kо‘paydi. XVI asrdayoq Germaniyada qand pishirish bilan shug‘ullanadigan 
korxonalar bor edi.G‘arbda Kyoln, Vorms, Aaxen shaharlari, janubda Augsburg, Nyurnberg, 
Ulm, Reyn bо‘yi hamda yuqori Dunaydagi boshqa shaharlar Yevropa savdosining eng yirik
markazlari edi. Kо‘plab nemis shaharlari qulay joylashuvi va savdo aloqalari bilan mashhur 
edi. Mashhur nemis gumanisti Yakov Vimpfelning о‘sha paytda Kyoln haqida shunday deb 
yozgan edi:”Bu shahar о‘zining keng savdosi va behisob boyliklari bilan Reyn shaharlarining 
shohi sanaladi”. Nyurnberg- metallga ishlov berishning markazi bо‘lib, XVI asrda 20 mingga 
yaqin aholisi bor edi. Elzas shaharlari ichida Strasburg о‘zining savdo aloqalari bilan, Mayn 
bо‘yidagi Frankfurt esa Gollandiya, Flandriya, Italiya, Fransiya, Angliya, Chexiya, Polshadan 
savdogarlarni yig‘adigan yarmarkasi bilan mashhur edi. XV asr oxirida Germaniya sharqidagi 
Leypsig yarmarkasi katta ahamiyat kasb etadi. Kichikroq shaharlar Ulm, Konstans, Revesbur 
va Augsburglar tо‘qimachilik markazlari hisoblanib, ular о‘z mahsulotlarini nafaqat mahalliy 
bozor balki Ispaniya va Italiya bozorlariga olib chiqardilar. Dunay bо‘yida joylashgan nemis 
shaharlari orqali Janubi-sharqiy Yevropa bilan savdo olib borilardi.Sanoatda sex tizimi 
ustunlik qilardi. XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida Germaniya xalqaro savdo-sotiq ishlarida 
Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Angliya, Skandinaviya mamlakatlari, Polsha va Rossiya bilan 
savdo-sotiq olib bordi. Germaniya umumevropa savdosida boglovchi rolini bajarib
Yevropaning janubini shimol bilan, janubi-garbiy mamlakatlarni shimoli-sharqiy mamlakatlar 
bilan boglardi. Germaniyada eng kо‘p sonli va asosan ekspluatatsiya qilinuvchi asosiy sinf 
dehqonlar edi.Dehqonlar krepostnoylik zulmini boshidan kechirardilar. Feodallar о‘z 
daromadlarini oshirishga intilib, dehqonlar beradigan tо‘lovlarni har qanday yо‘llar bilan 
oshirar, dehqonlardan yangi barshchinalar talab qilar, ularning chek yerlarini qirqib, 
jamoalarga qarashli о‘tloqlar, bо‘sh yerlar, о‘rmon, kо‘llarni о‘z ixtiyorlariga о‘tkazar 
edilar.Butun Germaniyada katolik cherkovi uchun don bilan «katta ushur» (ushr.arab.о‘ndan 
bir-dehqonchilik mahsulotlaridan daromadning о‘ndan biri hisobida olinadigan soliq turi) 
olinardi. Kо‘p joylarda sabzavot bilan tо‘lanadigan «kichik ushur» va chorva mollari bilan
tо‘lanadigan «qon ushuri» ham olinardi. 
Bunday hollar dehqonlarning ahvolini yomonlashuviga olib keldi va XV asr oxiri va XVI 
asr boshlarida dehqonlarning g‘alayonlariga sabab bо‘ldi.1476-yilda Sharqiy Frankoniyada 
yepiskop Vyursburgskiy mulkida birinchi dehqonlar qо‘zg‘oloni boshlanib, bunga 


Niklasgauzen qishlog‘idan chiqqan Gans Begaym degan podachi boshchilik qildi. U 
dehqonlarga hamma obroklar, barshchinalar, soliqlar va pomeshchiklarga tо‘lanadigan 
boshqa tо‘lovlar bekor qilinishi kerak, hamma ishlamog‘i va hech kim boshqalardan ortiq 
narsaga ega bо‘lmasligi kerak, deb tushuntirdi. Gans Begaymga kо‘plab dehqonlar ergashgan. 
Yepiskop Vyursburgskiy о‘z xizmatchilariga podachini ushlab qamashni buyurgan, shundan 
keyin dehqonlar о‘rtasidagi harakat tо‘xtab qolgan.Hokimiyat daydi dehqonlar haqida 
qonunlar qabul qildi, shahar kо‘chalarida sadaqa sо‘rash ta’qiqlandi, uni buzganlar ayovsiz 
jazolandi. Germaniyaning Kyoln shahrida uch marta “qonunsiz” sadaqa sо‘rashda qо‘lga 
tushgan daydi dehqonlar osib о‘ldirishga hukm qilinardi. Bunday shafqatsiz qonunlar va 
dehqonlar ommasining og‘ir ahvoli natijasida Germaniyada turli xil tashkilotlar tuzila 
boshlagan. Ana shunday tashkilotlardan biri 1493-yilda Elzasda «Boshmoq ittifoqi» tuzildi. 
(Boshmoq-dvoryanlar, ritsarlar poyafzali-etikka qarama-qarshi о‘laroq, dehqonlar boshmog‘i 
(yog‘och poshnali bо‘lardi) nazarda tutilgan edi.U bostirilgandan keyin bu harakat Reynning 
о‘ng qirg‘og‘iga-Baden va Shvabiyaga о‘tgan. 1502 yilda «Boshmoq»ning yangi qо‘zg‘oloni 
tо‘g‘risidagi rejasi tuziladi. Bunga Ioss Frid degan dehqon rahbarlik qilgan. «Boshmoq»ning 
xurujlari 1513 va 1517 yillardagi fitnalar bо‘ldi. Bu fitnalar ham fosh bо‘lgandan sо‘ng, uning 
tashkilotchilari Shveysariyaga qochib ketdilar, bazilari esa 1525 yilgacha yashab, dehqonlar 
urushida ishtirok etdilar. «Boshmoq» tarafdorlari tarqatgan varaqalarda dvoryanlarni 
dehqonlar ustidan hukmronlik qilishdan mahrum etish, jamoa ixtiyoridagi yorlardan 
foydalanish uchun dehqonlarga erkinlik berish, sudxо‘rlar oladigan foizlarni bekor qilish, 
cherkov mulkini isloh qilib, bu yerlarni xalqqa berish haqidagi talablar bor edi.1503-yilda 
Vyurtemburgda dehqonlarning «Qashshoq Konrad» degan inqilobiy tashkiloti tuzildi. 1514-
yilda «Qashshoq Konrad»ning fitnasi Vyurtemburg gertsogiga qarshi ochiqdan-ochiq 
qо‘zg‘olonga aylanib ketdi. Bu harakatda shaharliklar ham ishtirok etdi. Gersog avvaliga yon 
berdi, ammo keyinchalik bu yon berishlardan voz kechib, Vyurtemburgning qо‘zg‘olon 
kо‘targan qishloqlarini tor-mor qildi, bu tashkilotning rahbarlarining bir qismi qо‘lga olindi, 
bir qismi esa Shveysariyaga qochib ketdi.Bu tashkilotlar yashirin tarzda faoliyat olib borardi, 
ya’ni fitna uyushtirardi. XV asrning oxiri — XVI asrning boshlarida Germaniya hali siyosiy 
jihatdan tarqoq mamlakat edi. Bu vaqtga kelib markazlashgan Angliya va Fransiyaga qarama-
qarshi о‘laroq, Germaniya hali ham ayrim feodal knyazliklar va erkin shahar federatsiyasi bor 
edi. Bularning mahalliy boshqaruvi bor edi.Imperiyaning eng yirik knyazlari avstriyalik 
Gabsburglar edi. (Gabsburglar sulolasi 1273-1918 yillarda Germaniyada, Avstriyada, 
Chexiyada, Vengriyada, Italiyaning bazi joylarida, Ispaniyada, Niderlandiyada hukmronlik 
qilishgan). Ularga XVI asrda Yuqori va Quyi Avstriya, Tirol, Janubi-garbiy Germaniyaninig bir 
qator hududlari, Shtiriya, Karintiya va Krayna kabi slavyan yerlari qarashli edi. Shu davrdayoq 
Chexiya va Vengriyaning bir qismi qо‘shib olinib, kо‘p millatli Avstriya monarxiyasiga asos 
solindi. Fridrix III (1440-1493) hukmronligidan keyin imperator hokimiyatining ahvoli о‘zgardi. 
Imperator Maksimilian I (1493— 1519) Gabsburglarning meros yerlarini ancha kengaytirdi. 
Gabsburglar Avstriya, Shtiriya, Karintiya va Kraynadan tashqari yana Tirolni, Shvabiyadagi
yerlarni hamda Maksimilian I Mariya Burgundskayaga uylanganda «sep» tariqasida 
Niderlandiyaga ham ega bо‘ldi. Ritsarlik va shaharlardan tuzilgan Shvabiya ittifoqi (1488 yil) 
Frankoniya va Reyn viloyatlarini ham о‘z ta’siriga oldi; bu ittifoq imperatorning homiyligida 
edi. Maksimilian butun Germaniya ustidan markaziy hokimiyatni kuchaytirmoqchi bо‘ldi, u 
Germaniyada ham markaziy muassasalar tuzib, yirik feodallarni ham о‘z hokimiyati ostiga 
olishga urindi. 1495 yilda reyxstag umumimperiya sudini tuzishni lozim topdi, sud tarkibida 


knyazlar ham kо‘pchilikni tashkil qilishi kerak edi, ya’ni umumimperiya qо‘shini reforma 
natijasida knyazlarga tobe bо‘lib qolishi kerak edi. Yangi imperator, Maksimilian I ning 
nabirasi Karl V (1519—1555) imperiyada о‘z о‘rni bor edi.U ona tomondan Ferdinand va 
Izabellaning nabirasi sifatida Ispaniyaning ham qiroli edi, u Yevropadagi eng qudratli 
imperatorlardan biri edi, chunki u Ispaniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya qiroli ham edi, 
shuning uchun ham u Germaniyada markazlashgan siyosiy hokimiyat о‘rnatishi qiyin edi. Karl 
V jahon davlati tuzish rejasi bor edi va Fransiya qiroli Fransisk I ga qarshi kurashish bilan band 
bо‘lganligi uchun Germaniyaning ichki ishlariga kо‘p e’tibor bermas edi, bu ishi uning
obrо‘sini pasaytirdi.Uni Ispaniyada Karl I deb atashar edi. Katolik cherkovi boshqa Yevropa 
xalqlari kabi nemis xalqiga ham katta jabr-zulm yetkazdi.Mamlakatda cherkovga qarashli 
yerlar kо‘p edi.Reyn daryosi sohillaridagi eng gо‘zal va unumdor yerlar, ularda joylashgan 
о‘nlab shahar va qishloqlar xristian cherkoviga qarardi.Mamlakatda bir nechta 
arxiyepiskoplar (xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni, yepiskoplar ustidan nazorat qilish 
huquqiga ega bо‘lgan kishilar) mustaqil knyaz edilar. Germaniya imperatorini saylab 
qо‘yadigan yettita knyazning 3 tasi (Kyoln, Mayns, Trir) arxiyepiskopi edi.Rim papasi (papa. 
yunon.ota-katolik cherkovi boshlig‘i, 1389 yildan boshlab kardinallar orasidan saylangan) esa 
Germaniyada ushur sifatida juda katta daromad olardi.Qirol hokimiyati kuchli mamlakatlarda 
cherkovning Rimga yuboradigan tо‘lovlari cheklab qoyilgandi. Imperator zaif, mayda 
knyazliklardan iborat Germaniyada katolik cherkovi xalqni talar edi.XVI asr boshlarida ham 
Germaniyada katolik cherkovi qudratli edi. Germaniyada oddiy dehqondan tortib, to 
knyazlargacha о‘z daromadlarining 10/1 qismini cherkovga tortiq qilinardi. XVI asr 
boshlarida Germaniya aholisining barcha toifalari katolik cherkovidan norozi edilar.XV 
asrning oxiri-XVI asrning boshlarida Germaniyada gumanizm (lot.humanizm, yani insoniy 
degan manoni bildiradi, gumanistlar avvalo inson va uning ishlari bilan qizoqqanligi uchun 
ularni insonparvar, yani gumanistlar deb atadilar), о‘zining kо‘plab yozuvchi va olimlariga ega 
edi. XVI asrning boshlarida Erfurt universiteti huzurida vujudga kelgan tо‘garak 
gumanizmning markazi bо‘lib qoldi. Tо‘garak rahbari Musian Ruf (1471—1526) edi. Musian 
Ruf sxolastikani (quruq ta’lim) qoralab chiqdi. Ulrix fon Gutten ham (1488—1523) Musian 
Ruf maktabidan chiqqan edi. U asli ritsarlardan bо‘lib, Lyuter reformatsiyasiga qо‘shilgan edi. 
Nemis gumanistlari Guttenning ta’biricha: «Germaniyaning ikki kо‘zi», ikki filolog olim-Erazm 
Rotterdamskiy (1467-1536) bilan Iogann Reyxlin (1455-1522) edi. Erazm Rotterdamskiy 
Gollandiyaning Rotterdam shahrida tug‘ilgan. U XV asrning 90- yillari va XVI asrning birinchi 
о‘n yilida turli mamlakatlarda Fransiya, Angliya, Germaniya va Italiyada yashadi. 1513 yildan 
boshlab, u Bazelda yashay boshladi. U grek va latin tilini yaxshi bilardi. Uning adabiy asari 
«Betamizlik madhiyasi» (1509 yil) degan satirasi bilan shuhrat qozondi. Minbarda turib va’z 
о‘qiyotgan xotin timsolida berilgan «Betamiz» о‘z xislatlarini maqtaydi, odamlarni о‘z 
maslahatlariga amal qilishga chaqiradi. Papalar, kardinal (kardinal. katolik cherkovi 
iyerarxiyasida Rim papasidan keyin, yepiskopdan oldin turuvchi ruhoniy)lar, yepiskop 
(yepiskop. nazorat qiluvchi-pravoslav, katolik, anglikan cherkovlarida oliy martabali 
ruhoniylaridan biri bо‘lib, cherkovga qarashli ma’muriy-hududiy birlik boshlig‘i)lar, monaxlar, 
ruhoniy olimlar Betamizning muxlislaridir. Erazm dunyoviy feodallarni bekorchiliklari, ovga 
berilib ketganliklari, shuhrat ketidan quvib, urushlar olib borishlarini tanqid qiladi. U papani 
va katolik cherkovini agdarib tashlashga davat qilmaydi. U asosiy zarbasini sxolastlarga, 
bekorchi monaxlarga qaratadi. Erazmning eng yuksak orzusi-bidatlardan «pok», «marifatli» 
cherkov edi. Uning yana bir boshqa asari- «Jahon shikoyati» asarida Yevropadagi urushlar, 


xalqaro ahvolni bayon qiladi. Erazm bu urushlar tо‘xtatilishini va Yevropada tinch davrn 
boshlanishini orzu qiladi, urushlarni monarxlar о‘z boyliklarini oshirish maqsadida olib 
boradilar, bunda yepiskoplar, ruhoniylar va monaxlar esa monarx (davlatni yakka hukmdori) 
larni urushdan tiyib turish о‘rniga, bu ishga yо‘l berib beradilar deydi. Erazm jafokash xalqqa 
murojaat bilan chiqadi, ya’ni “Barcha kishilar urushga qarshi birlashsinlar!”deb da’vat qiladi. 
Reyxlin ham filolog bо‘lib, universitetda grek va qadimiy yahudiy tillaridan dars berardi. 
Reyxlin yahudiy tilidagi kitoblarning kuydirilishiga qarshi 1509-1510 yillarda norozilik bildirib
chiqqan edi, yahudiy tilidagi kitoblarning kuydirilishini esa Kyolndagi teologiya professorlari
talab qilgan edilar. Erfurt tо‘garagining a’zolari Reyxlinni qо‘llab-quvvatladilar. Kyoln 
universiteti professorlari orasidagi sxolastlar Reyxlinga qarshi chiqdilar. «Johillarning 
maktublari» degan asar sxolastlarga qarshi reyxlinchilarning olib borgan kurashining 
yodgorligidir. Bu ikki tomlik «Maktublar» 1515 va 1517 yillarda nashr qilindi. Birinchi 
tomning muallifi Krot Rubian (Musian Rufning shogirdlaridan biri va Erfurt tо‘garagining 
a’zosi), ikkinchi tomning muallifi Ulrix fon Guttendir. Bu asar Kyoln teologi Ortuin Gratsiyga 
qaratilgan edi. Bu kitobda sxolastlarning soxta olimligi, ular ishlatadigan о‘rta asr latin 
tilining buzuqligi, ularning bekorchiligi, sxolastlar munozarasining bema’niligi fosh qilingan. 
Gumanistlar yosh avlodining vakili Ulrix Fon Gutten katolitsizmni tanqid qilishda Erazm bilan 
Reyxlindan о‘tdi. Gutten 1512 yilda Italiyada bо‘lgan vaqtidayoq papa cherkovidan
nafratlanib, Germaniya boshiga tushgan hamma balolarning asosiy sababchisi о‘sha
cherkov deb hisoblay boshlagan edi. 
Lyuter maydonga chiqqanida gumanistlar orasida birinchi bо‘lib Gutten uning tomonini 
oldi. Gutten ham xuddi guschilar singari zо‘rlik ishlatmay turib, reformatsiyani amalga oshirib 
bо‘lmaydi degan edi . U Germaniyadan katolik ruhoniylarini haydab yuborishni qattiq talab 
qildi. U 1522 yilda Frankoniyada ritsarlar qо‘zg‘oloni rahbari Frans Fon Zikengenning eng 
yaqin yordamchisi va safdoshi bо‘lib maydonga chiqdi. Gutten ham ritsarlar oilasidan 
chiqqan bо‘lib,u о‘z qarashlarida ritsarlarni shaharliklarga ham, dehqonlarga ham dо‘st 
bо‘lishi mumkin deb isbotlashga urinardi va shaharliklar bilan dehqonlarni ritsarlarning 
knyazlar va yepiskoplarga qarshi olib boradigan kurashlariga yordam berishga chaqirdi. 
Knyazlar bu qо‘zg‘olonni osongina bostirgach, Gutten Shveysariyaga qochib ketadi va Syurix 
kо‘li orollaridan birida vafot etdi. Germaniyada XVI asr boshida keskinlashib ketgan sinfiy 
ziddiyatlar oqimi natijada keng inqilobiy harakatga aylandi. Reformatsiya- XVI asrda katolik 
cherkovi ta’limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bо‘lib, о‘tgan va XVII asrning I-
yarmida G‘arbiy Yevropaning qator davlatlarida ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir.Bu harakat 
natijasida katolik cherkovida bо‘linish yuz berib, yangi oqim-protestantlik vujudga 
keldi.Reformatsiya 1517-yilda Germaniya aholisining katolik cherkovini reforma (isloh) talab 
qilib chiqishdan boshlandi. Reformatsiyani, knyazlarning bir qismi, shaharliklar va dehqonlar 
qо‘llab-quvvatladilar. Reformatsiya tо‘lqinini kuchayishiga Vittenburg universiteti teologiya 
(ilohiyot) fanidan dars beruvchi professori Martin Lyuter (1483-1546) katta ta’sir kо‘rsatdi. 
Martin Lyuter 1483 yilda Saksoniyaning Eysleben shahrida о‘ziga tо‘q tadbirkor oilasida 
tug‘ilgan. Uning otasi mis eritish korxonasi va mis konlarining egasi edi. 18 yoshida Lyuter 
Erfurt universitetiga о‘qishga kirib, u yerda gumanistlar tо‘garagining a’zolari bilan tanishdi. 
Universitetni tugatgach u monastrga ishga kiradi va monaxlar uni Saksoniyaning Vittenberg 
shahridagi universitetga dars berish uchun yuboradi. Lyuter tez orada teologiya (ilohiyot) 
doktori ilmiy darajasini oladi. Martin Lyuter indulgensiya yorliqlarini sotishga qarshi 1517yil 


31 oktabrda cherkov eshigiga о‘zining dindorlarga qarata yozgan mashhur “95 tezis” 
(yunoncha.qoida, isbot) deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qо‘yadi. Bu mashhur “95 
tezis” indulgensiyalarni sotishga qarshi e’tirozlar edi. Aslida faqat ilmiy munozara uchun 
mо‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis tiliga tarjima qilinib, butun Germaniyani 
tо‘lqinlantirib yuboradi.1520 yil 15 iyunda papa Lev X (1475-1521) Lyuterni cherkovdan 
haydashga qaratilgan bulla (о‘rta asrlarda papalarning asosiy hujjati bо‘lib, qо‘rg‘oshin va 
oltin muhr bilan tasdiqlangan) e’lon qiladi. Papa vakillari bulla matnini Germaniya bо‘ylab 
tarqatib, Lyuter asarlarini yoqishni tashkil qildi. Bunga javoban Lyuter 1520 yil 10 dekabrda 
universitet professorlari va talabalari huzurida papaning farmonini universitet hovlisida 
gulxanda kuydirdi. 1521 yil boshida Lyuter va uning tarafdorlari cherkovdan haydaldi. Lyuter 
Rim sudiga borishdan bosh tortdi va 1521 yilda uni Vorms shahridagi imperatorlik sudiga 
chaqirishdi. Nemis knyazlari katolik qirollar Ferdinand va Izabellalarning nabirasi ispan qiroli 
Karl I imperator qilib saylashdi. Yangi imperator endi Karl V deb atalardi. О‘z boshida bir 
necha tojlarni yiqqan Karl V Ispaniya, Niderlandiya, nemis yerlari, Neapol va Sitsiliyaga 
hukmronlik qilardi. Karl V haqida uni “vatani yо‘q qirol” deyishardi. Niderlandiyada tug‘ilib, u 
yerda 17 yoshgacha turdi. О‘smirligida Karl har tomonlama ma’lumot oldi, ispan, nemis, 
fransuz, italyan tillarini bilardi. U dunyo xristianlarining katolik mamlakatini tuzishni orzu 
qilardi. Lyuter о‘z tezislarida papa cherkovi bilan aloqani mutlaqo о‘ylamagan edi. Papa Lev X
ham dastavval Lyuterning bu chiqishlariga e’tibor bermadi. 1519 yilda Leypsigdagi 
munozaralarda Lyuter, cherkov papasiz ham yashay oladi, degan fikrni ilgari surdi. U 
ruhoniylarning alohida bir uyushmaligini rad qildi va xudo qoshida har bir xristian ma’lum 
darajada о‘zi ruhoniydir, dedi. U Yan Gus bilan hamfikr ekanligini umum oldida e’lon qildi, 
chex reformatorini gulxanda kuydirganlarni qoraladi. Kо‘p о‘tmay Lyuter papa bullasini 
haqorat qilib, «Dajjolning bullasiga qarshi» degan pamflet yozdi. Lyuter bu talabnomasida 
yangi imperator Karl V ga murojaat qilib, Rimni papa qо‘lidan tortib olishni va German 
imperiyasidagi cherkov yerlarining hammasini musodara qilishni taklif etdi. 1521 yil 28 
yanvarda Vorms shahrida imperator Karl V ishtirokida reyxstag ochildi. Imperator papani 
quvvatladi. Papa imperatorga Fransiyaga qarshi Italiya olib boradigan urushda ittifoqchi 
sifatida kerak edi.Seymga chaqirib keltirilgan Lyuterga о‘z qarashlaridan voz kechish taklif 
etildi. Lekin u о‘z qarashlaridan voz kechmadi. “Mendan hamma narsani kutinglar, faqat 
qochishni va voz kechishni emas. Men qochmayman va eng sо‘nggi kunimgacha tan 
oladiganim, о‘z ta’limotimdan voz kechmayman!”, degan edi mardlarcha Lyuter. 1521 yil 
may oyida, reyxstag a’zolari tarqalib ketgandan keyin, Karl V Lyuterni qamoqqa olish 
tо‘g‘risida edikt (ya’ni qirolning alohida muhim farmoni) ni chiqardi. Vorms shahridagi 
suddan keyin kо‘pchilik Lyuterni ham Yan Gusning (1369-1415) taqdiri kutyapti, deb 
о‘ylagandi. Ammo Saksoniya kurfyursti Fridrix III (1463-1525) uning qochishiga yordam berdi, 
Lyuterni о‘zini qasrlaridan biriga yashirib qо‘ydi. U yerda Lyuter ritsar Georg nomi bilan 
yashadi bu yerda 1522 yil martigacha ya’ni edikt о‘z kuchini yо‘qotgunga qadar turdi va Injil 
va boshqa diniy yozuvlarni nemis tiliga tarjima qildi.
Lyuter ta’limotining asosiy mohiyati shundaki, inson “qalbini qutqarish” ga, 
“gunohlardan forig‘ bо‘lish” ga cherkov va uning marosimlari orqali emas, insonga xudo 
tomonidan in’om etilgan e’tiqod orqaligina erishish mumkin. U inson e’tiqodini uning xudo 
bilan aloqasidagi yagona vosita deb biladi. Katolik cherkovining ta’limotiga qarama-qarshi 
о‘laroq, Lyuter cherkov va ruhoniylar inson bilan xudo о‘rtasida vositachilik qila olmaydi, deb 


e’lon qildi. Rim cherkovining odamlar “gunohlarini kechirish” ga bо‘lgan da’vosini esa 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yolg‘on deb atadi. Bu, albatta cherkovning mutlaqo keragi yо‘q, degani 
emas, u boshqacha bо‘lishi kerak, xolos. Ruhoniylar dindorlarga Injilni tushuntirsinlar, ularga 
muqaddas kitoblarni о‘qishni о‘rgatsinlar. Lyuter ruhoniylar ham uylana olishlari, odatdagi 
kiyimlarni kiyishi, oddiy odamlar qanday bо‘lsa, shunday bо‘lishi kerak, deb hisoblardi. 
Cherkov ham “arzon” bо‘lishi kerak- uzoq chо‘ziladigan marosimlardan ozod bо‘lishi, 
ruhoniylarning qimmatbaho kiyimidan voz kechmog‘i kerak. Lyuter cherkovi esa dunyoviy 
hokimlarga –knyazlar va imperatorlarga bо‘ysunmog‘i kerak. Bunday ta’limot knyazlarning 
ham manfaatlarini ifodalardi. Cherkov islohoti shiori ostida monastrlarning yerlarini tortib 
olish hollari uchray boshladi.1529 yili Karl V knyazlarga monastr va cherkov mulkini olib 
qо‘yishni ta’qiqladi. Shunda Lyuterning izdoshlari unga norozilik bildirdilar. “Protestant” (lot. 
norozi bо‘lish, kelishmaslik) sо‘zi ana shunday paydo bо‘ldi. Cherkov islohotchilarni 
protestantlar deb atay boshladilar. Protestantlar ruhoniylarning inson bilan xudo о‘rtasidagi 
vositachilik rolini inkor etadi. Ularda ruhoniylar bilan oddiy dindorlar farqlanmaydi. Cherkov 
iyerarxiyasi yо‘q, toat-ibodat soddalashtirilgan, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. 
Protestantlar asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, 
Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiq bо‘yi mamlakatlariga tarqalgan. 
Ularning umumiy soni 750 mln.ga yaqin. Germaniyaning shimoli va shimoli-sharqiy yerlari, 
shuningdek, Markaziy Germaniyaning ham bazi bir knyazliklari lyuteranlikni qabul qildilar, 
janub esa katolikligicha qoldi. Keyinchalik bu diniy urushlarga olib keldi.1524 yilga kelib 
katolik cherkoviga qarshi boshlangan harakat dehqonlarning krepostnoylik (krepostnoylik, 
feodal davlatlarda dehqonlar qaramligining tо‘liq va mash’um kо‘rinishini mustahkamlagan 
huquqiy hujjat) zulmiga qarshi urushga aylanib ketdi. Qо‘zg‘olonning yetakchisi ruhoniy 
Tomas Myunser (1493-1525 yillarda yashagan) edi.Myunserning g‘oyalari о‘z ustozi 
Lyuternikiga nisbatan ancha xalqchil bо‘lib, u ezilgan omma manfaatlarini kо‘zlardi. Myunser 
“hokimiyat oddiy xalqqa berilishi kerak”, chunki xudoning irodasi shu der edi. U о‘z 
targ‘ibotida xudo haqiqiy dindorlar bilan, tanlanganlar bilan gaplashadi va xalq poplarga 
emas xudoga quloq solmog‘i kerak, deydi. Qachon qо‘rg‘on va monastrlar hamda “boylar va 
kambag‘allar dushmanlari” yо‘qolsa, xususiy mulk bо‘lmasa, о‘shandagina Germaniya baxtli 
bо‘ladi, deydi Myunser. Myunser xalqni о‘z hukmini о‘tkazishga, hokimlarni ag‘darishga 
chaqirdi. U reformatsiyani shunday tushungan; reformatsiyaning asosiy vazifasi dinning yangi 
kо‘rinishini yaratish emas, balki dehqon va shahar kambag‘allari yordamida ijtimoiy-siyosiy 
tо‘ntarish qilish deb tushunardi. Uning ma’ruzalarida “Yerdagi hayotni yaxshilash, yovuzlikni 
yо‘qotib, jannatni Yerda yaratish” zarurligini targ‘ibot qilar edi. Myunserning g‘oyalarida 
dehqonlarning kichik mulklarini yaratish, ularni feodallar zulmidan ozod qilish 
mujassamlashgan edi. Myunser 1525 yilgi dehqonlar urushi vaqtida Myulgauzen shahridagi 
inqilobiy harakatga boshchilik qildi. Lyuterning cherkovga qarshi isyonga chaqirishi 2 ta 
siyosiy qо‘zg‘olonga sabab bо‘ldi; 1 chisi, 1523-yilda Frans fon Zikkengen boshchiligidagi 
dvoryanlar qо‘zg‘oloni; 2 chisi, 1525-yildagi dehqonlar urushidir.Ritsarlar qо‘zg‘oloni Reyn 
viloyatida bо‘ldi. Bu viloyatga qо‘shni bо‘lgan Frankoniya, Shvabiyadagi ritsarlar 1522 yil 
avgustida Landau shahrida sezdga tо‘planib, 6 yil muddatga ittifoq tuzdilar. Bunga qasr egasi 
Frans fon Zikkengen (1481—1523) bosh bо‘ldi. 1522 yil sentabrda Zikkengen 6-7 ming kishilik 
ritsarlar otryadi bilan Trir arxiyepiskopi Rixardga qarshi otlandilar, qо‘shni knyazlar-Pfals 
kurfyursti (saylovchi-knyazlar.Muqaddas Rim imperiyasida XIII asrdan imperator saylash 
huquqiga ega knyazlar bо‘lib,1356 yilgi Karl IVning oltin bullasi bilan huquqiy jihatdan 


rasmiylashtirilgan) bilan Gessen landgrafi yordamga keladi va knyazlar ritsarlarni Trirdan 
uloqtirib tashladilar, ritsarlar qо‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchrab, ritsarlar siyosiy 
mustaqillikdan mahrum bо‘ldilar. 1524-1525 yillarga kelib, dehqonlar urushi uchta asosiy 
rayonga: 1) Shvabiya, 2) Frankoniya 3) Tyuringiya — Saksoniyaga yoyildi. Shvabiyadagi
dehqonlar qо‘zg‘oloni Shveysariya chegarasidagi Shvarsfald okrugida 1524 yil yozida 
boshlangan edi. Qо‘zg‘olon kо‘targan dehqonlar 1524 yil 24 iyunda о‘z pomeshchik 
graflariga barshchina majburiyatini tо‘lashdan bosh tortdilar. Bularga qо‘shni Vlasiy monastri 
dehqonlari ham qо‘shildilar va ularning soni 3500 kishiga yetdi. Ular qurolli otryad tuzdilar 
va ilgari fransuzlarga qarshi urushda qatnashgan Gans Myuller degan dehqon boshchilik qildi. 
Janubiy Shvabiya feodallari о‘zlari yetarli darajada kuchli emasliklarichi sezib, bir necha oylar 
dehqonlar bilan tinch muzokara olib borib, qо‘zg‘olonning kengayib ketishiga yо‘l 
qо‘ymaslikka harakat qildilar. 1525 yilning uch oyi mobaynida Shvabiyada qurolli otryadlar 
soni oltitaga yetdi qurollangan kishilar soni 30-40 mingtaga yetdi. 1525 yil 6-7 martda 
Memmingen shahrida Shvabiya dehqonlari oltita otryadi rahbarlarining sezdi bо‘lib, unda 
qо‘zg‘olonchilar yig‘ilishida yagona dastur tuzilib, u «12 modda» dasturi deb ataldi. Bu 
dasturda muhim hisoblangan 4, 5,10-moddalarda dehqonlardan tortib olingan jamoa 
mulklari; о‘rmon, о‘tloq, kо‘llarni qaytib berish talab qilingandi. Dasturning 3 moddasida 
“Bizni hozirgacha shaxsi qaram kishilar deb hisoblash odat bо‘lib qolgan, biz endi erkin 
kishilar bо‘lishni istaymiz!”-deb yozilgan edi. Dasturning qolgan moddalarida barshchina, 
soliqlar va cherkov ushrini kamaytirish, qishloq ruhoniysini jamoaning о‘zi saylash huquqlari 
talab qilindi. Dastur kitobcha shaklida nashr qilinib, dehqonlar orasida keng tarqaldi. 
Shvabiya ittifoqi qо‘shinlari qо‘mondoni Georg Truxzes dehqonlarga sulh muzokaralari 
boshlashni taklif qiladi va 1525 yil 2 aprelda «12 modda» ni muhokama qilishlarini aytadi. 2-
aprel kuni Truxzes dehqonlarning Leyptem otryadiga hujum qiladi.Lekin dehqonlarning 
Boden va Konstans kо‘li qirg‘oqlarida joylashgan qо‘shinlariga hujum qilgan Truxzes jiddiy 
qarshilikka uchraydi. Shundan keyin Truxzes о‘z kuchlarini bu vaqtda qо‘zg‘olon avj olgan 
Frankoniyaga kо‘chirish imkoniyatiga ega bо‘ladi . Frankoniyadagi qо‘zg‘olon 1525 yil mart 
oxirlaridan boshlanib, 1525 yil aprel boshlariga kelib kuchaydi. Bunda ham dehqonlarning 
birinchi qurolli otryadi tuzildi. Frankoniyadagi otryadlarning tarkibi Shvabiya otryadlariga 
qaraganda murakkabroq edi, dehqonlar bilan bir qatorda ritsarlar ham qо‘shildilar, ular 
komandirlik vazifasini bajarar edilar. Rottenburg, Geylbronn, Vyursburg kabi shaharlar ham 
qо‘zg‘olonchilarga qо‘shildi. Frankoniyadagi eng katta otryadlar: 1) Rottenburg rayonida 
tuzilib, Stefan fon Mensingen va Florian Geyer degan ritsarlar bosh bо‘lgan Taubertal 
lashkari uning nomi «Qora otryad» edi. 
2) markazi Geylbronn shahrida bо‘lgan, Georg Metsler degan dehqon va Vendel Gipler 
degan dvoryan boshchilik qilgan Odenvald lashkari. 
3) Yakov Rorbax degan dehqon boshchiligidagi (Nekkar daryosi vodiysida) tuzilgan 
Nekkar lashkari. 
4) Vyurtemburgda byurger Feyerbaxer boshchiligidagi «Porloq dehqon otryadi» edi. 
Odenvald va Nekkar lashkarlari 1525 yil aprel oyi о‘rtalarida «Porloq otryad» bilan birlashib, 
qо‘shinga Gets fon Berlixengen degan ritsar boshchilik qildi. Frankoniyadagi qо‘zg‘olonchilar 
yuzlab qasr va monastrlarni bosib oldilar va vayron qildilar, ular Vensberg qasrini bosib olib, 


о‘zlarini dasturlari bilan chiqdilar. «Geylbronn dasturi» deb atalgan 14 moddadan iborat 
dasturni Vendel Gipler tahrir qilgan edi . Bu dastur 1525 yil 9-12 may kunlari tuzilib, 
ritsarlar manfaati kо‘zlangan edi. Ritsarlar cherkov mulki fondidan yer bilan ta’minlanishi 
lozim edi, imperiya sudida о‘rin tutishi kerak edi. Dasturda hukumatga ichki bojxona 
chegaralarini yо‘q qilish, yagona pul, uzunlik va vazn о‘lchovini joriy qilish, savdodan boj 
olinishini bekor qilishni talab qilgan edi. Dehqonlar masalasida esa bu dasturda krepostnoy 
qaramlikdan tо‘lov berish baravariga ozod qilib, erkin yer egalariga aylantirishni talab qilgan 
edilar. Dasturning 5 moddasida, ruhoniylar dunyoviy ishlardan butunlay chetlatilishi kо‘zda 
tutilgan edi. Geylbronnda xuddi dastur muhokama qilinayotgan vaqtda, Truxzes Frankoniya 
qо‘zgolonini bostirishga kirishadi . 7 iyun kuni Truxzes “Qora otryad” qо‘shinlarini tor-mor 
qilib, Frankoniyaliklarning 5 mingga yaqin kishisi qolgan sо‘nggi otryadini ham qurolsizlantirdi.
1525 yil 6 dekabrda Yuqori Reyndagi qо‘zg‘olonning sо‘nggi tayanchi bо‘lgan Valdsgut shahri 
ham ishg‘ol qilindi. Janubiy Frankoniya va Shvabiyadagi qо‘zg‘olon alangasi Frankoniyaning 
shimoli-Saksoniya- Tyuringiya hududlariga tarqaldi. Bu qо‘zg‘olonga Tomas Myunser 
boshchilik qildi. Bu harakatning markazi Myunxauzen shahri bо‘lib, 1525 yil fevralida 
Myunserning bu yerga kelishi bilan shaharliklar eski Kengashni tarqatib yuborib, yangi 
“Adabiy Kengash” degan tashkilot tuzildi . Myunser va uning shogirdi Pfeyfer 8 mingga yaqin 
qurolli otryad tashkil qildilar. Myunserning о‘zi harbiy ishda tajribasiz edi. Kuchlarini 
birlashtirgan knyazlar Filipp Gessenskiy bilan Saksoniya gersogi Georg 1525 yil 16 mayda 
Frankengauzen shahriga yaqin joyda Myunser qо‘shinini tor-mor qiladi. 8 ming 
qо‘zg‘olonchidan 5 minggi jangda о‘ldirildi. Myunser asir olinib, qatl qilindi. 25 may kuni 
Myulgauzen shahri shg‘ol qilindi. Hammasi bо‘lib 100 mingga yaqin kishi qatl qilindi. 1525 
yilgi dehqonlar qо‘zg‘oloni Tirol, Shtiriya, Karintiya va Kraynaga yoyildi. Qо‘zg‘olon kо‘targan 
dehqonlar orasida nafaqat nemis dehqonlari balki slavyanlar dehqonlari ham bor edi, 
kо‘pgina qal’alar va monastirlarni egallab vayron qildilar. Lekin qо‘zg‘olonchilar lashkarlari 
yagona qо‘shin bо‘lib birlashishmadi va uning umumiy rahbari ham yо‘q edi. Har qaysi 
viloyatning qо‘zg‘olonchi lashkarlari о‘z holicha harakat qildilar.Lekin qо‘zg‘olonchilar 
lashkarining harbiy tayyorgarligi zaif, intizomi bо‘sh edi. Dehqonlar lashkari tartibi ham 
doimo о‘zgarib turardi. Dehqonlarning bir qismi kelib lashkarga qо‘shilsa, boshqalari о‘z 
uylaridan xabar olish uchun ketib qolar edilar. Dehqonlarning soddaligi va ishonuvchanligi 
ham feodallarga qо‘l keldi. Dvoryanlarning hamma talablarni bajarish haqidagi va’dalariga 
ishongan qо‘zg‘olonchilarning bir qismi taslim bо‘lsa, boshqalari uylariga qaytib ketgan. 
Bundan foydalangan Georg Truxzes kо‘psonli bо‘lmagan qо‘shini bilan dehqon otryadlariga 
hujum qilib, ularni yakkama-yakka holda yenggan.Germaniyadagi dehqonlar urushi 
Yevropada feodal tuzumni inqilobiy yо‘l bilan yо‘q qilish uchun bо‘lgan birinchi urinish edi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling