Reja: Schyotlar to’g’risida tushuncha va ularning tuzilishi


Yangi schyotlar rejasi jami bo’lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo’lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan


Download 1.06 Mb.
bet2/5
Sana26.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1688173
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Schyotlar to’g’risida tushuncha va ularning tuzilishi

Yangi schyotlar rejasi jami bo’lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo’lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
  • Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
  • I.Uzoq muddatli aktivlar
  • II.Joriy aktivlar
  • III.Majburiyatlar
  • IV.Xususiy kapital
  • V.Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi
  • VI.Balansdan tashqari schyotlar.
  • Birinchi to’rt qism schyotlarining ma’lumotlariga asosan moliyaviy hisobotning I-shakli «Buxgalteriya balansi» tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl) tuziladi.
    • Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo’limda tizimga keltirilib ko’rsatilgan:
    • 1- bo’lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar
    • 2- bo’lim. Tovar-moddiy zahiralar
    • 3- bo’lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar -joriy qismi
    • 4- bo’lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi;
    • 5- bo’lim. Pul mablag’lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar
    • 6- bo’lim. Joriy majburiyatlar
    • 7- bo’lim. Uzoq muddatli majburiyatlar
    • 8- bo’lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar
    • 9- bo’lim. Daromadlar va xarajatlar.
    • Birinchidan sakkizinchi bo’limgacha bo’lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9-bo’lim schyotlari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi.
    • Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1-bo’lim), ikkinchi qismi to’rt (2, 3, 4 va 5), uchinchi qismi ikki (6 va 7), to’rtinchi qism bir (8-bo’lim) va beshinchi qism bir (9-bo’lim) bo’limlardan iborat.
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling