Ikkiyoqlama yozuv – xo’jalik operatsiyalarni bir schyotning debetida, ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirishdir Xo’jalik operatsiyalarini ikkiyoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim italiyalik matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to’g’risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi. Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvning mohiyati shundaki, har bir xo‘jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o‘zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o‘zaro aloqador holda, bir xil summada bir schotning debet tomonida va ikkinchi schotning kredit tomonida aks ettiriladi. - Mablag’lar va manbalar mavjudligi hamda harakati ustidan nazorat o’rnatadi
- Mablag’larning olinish manbalari va qanday maqsadlarga sarflanish yo’nalishlarini ko’rsatadi
- Schyo’tlardagi yozuvlarning xatolarini aniq-lashni ta’min-laydi. Schyo’t-larning debet oborotlari kredit oborotlariga teng bo’lishi lozim
- Xo‘jalik muomalalarini schotlarda aks ettirish natijasida schotlar o‘rtasida o‘zaro aloqa yuzaga keladi. Bunday o‘zaro aloqa schotlar korrespondensiyasi – ya’ni ularda xo‘jalik muomalalari natijasida sodir bo‘lgan hodisalarni aks ettirishda schotlar orasidagi o‘zaro aloqani ifodalash tushuniladi.
- Xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozish uchun hujjatlarda debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar ko‘rsatiladi, ya’ni buxgalteriya yozuvi tuziladi.
- Debetlanuvchi va kreditlanuvchi schot va aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasining summasini ko‘rsatishga buxgalteriya provodkasi deyiladi.
- Hisob-kitob schyoti
- Dt Kt
- B.S -1000000
- 1) 200000
- 2) 400000
- 600000
- O.S - 400000
- Kassa schyoti
- Dt Kt
- B.S -50000
- 1) 200000
- 2) 400000
- 600000
- O.S - 650000
Do'stlaringiz bilan baham: |