Reja: Sensor tarbiyaning ahamiyati
Mavzu:Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari
Download 0.6 Mb.
|
Pedagogika Ro\'za
Mavzu:Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari.
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabr- dagi PK-2707-son" 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929- son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risida"gi nizomi va “Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo'llaniladi: - davlat maktabgacha ta'lim muassasalari; - nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari; - maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehri- bonlik” uylari. - maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim. Davlat talablarining maqsadi mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or taj- ribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivoj- langan shaxsni tarbiyalashdir. Davlat talablarining asosiy vazifalari: - maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim- tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash; - milliy umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash. Davlat talablarining tamoyillari: - bolaning noyobligi; 2 Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida qo'yiladigan davlat talablari. - - "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol roli; - bolaning huquqlarini himoya qilish va ta'minlashning muhimligi; - bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; - bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual variantivlik asosida yondashuv. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar: - Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qizi- qishlari. - Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egalla- nishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon: - rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida bio- logik jarayonlar hamda atrof-muhit ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar: - rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yo'nalishlar: kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib beradi; - kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va maiaka- lar ko'rsatkichi; - bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bi- limi, ko'nikmasi va malakalar! hamda qadriyatlari: - integratsiya - bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik: - inklyuziv ta'lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta'lim va tarbiya olinishini teng ta'minlovchi jarayon; - "Men" konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uni refleksiv faoliyatining bir qismi; - refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni. Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kuti- layotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat. - jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi; - ijtimoiy-hissiy rivojlanish; - nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari: - bilish jarayonining rivojlanishi; - ijodiy rivojlanish. “Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohachalarga bo'linadi: - Yirik motorikani rivojiantirish; - Mayda motorikani rivojiantirish; - Sensomotorikani rivojiantirish; - Sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik. - Yirik motorikani rivojiantirish - bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon bo'lib), sakrash (uzunlik- ka va balandlikka), zina bo'ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o'zining tana a'zolarini boshqarishni o'rganadi. - Mayda motorikani rivojiantirish - bunda bola biror bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, olish, yopish, qirqish, bo'lish) uchun o'z qo'llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo'ladi. - Sensomotorikani rivojiantirish - bunda bola o'z harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko'rish, eshitish, qo'l bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi. - Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni rivojlantirish - bunda bola o'z sog'Iig'ining muhofazasiga ta'sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarini egallaydi. - Bola hayoti xavfsizligini ta'minlash - o'zini himoya qilish, shikastlanishni oldini olish (daraxtlarga chiqmaslik, zinaning panjarasini ushlab tushish, qaychi va boshqa predmetlardan extiyotkorlik bilan foydalanish) kabi vazifalar yoritilgan. Bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va uning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash, doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish, bolalarning jismoniy rivojlanishi bo'yicha ota-onalar bilan hamkorlik qilish, sog'lom turmush tarzining muhimlig- ini tushuntirish va uni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etish. II. "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik sohalari” - "Men" konsepsiyasi: - hissiyotlar va ularni boshqarish; - ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot. III. "Nutq. Muloqot, o'qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo'linadi; - nutq va til; - o'qish malakalari; - qo'l barmoqlari mayda motorikasi. IV. "Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi qo'yiladi kichik sohalarga bo'linadi; - intellektual-anglash malakalari: - elementar matematik malakalar: - tarkibiy va samarali refleksiv faoliyat. 1. Elementar matematik bilim va ko'nikmalar - bunda bolaning matematik, jumladan son-sanoq malakalarini rivojlantirish orqali matematik bilimlarini orttirish, mantiqiy fikr- lash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini, son-sanoq, miqdor, shakl, kattaliklar va o'lchov birliklaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga erishiladi, bola son-sanoq va hi- soblashga oid bilimlarini namoyon qilishi, predmetlarni toifalash, guruhlash va tartib bo'yicha joylashtirish qobiliyatini namoyon qilishi lozim. 2. Atrof-muhit to'g'risidagi bilimlar - bunda bola kuzatish va amaliyot orqali atrof-muhit to'g'risida axborot oladi, jonli va jonsiz tabiatni kuzatishi va ta'riflay olishi, inson tana a'zolarini bilishi lozim. 3. Ijod - bunda bola milliy madaniy meros va madaniyat- ni hurmat qilishga va o'z hissiyotlarini musiqa, teatr va tasviriy faoliyat orqali ifodalashga o'rganadi. Bola turli tovush va ovozlarni, tovushlarning balandligi va tembiga ko'ra farqlay olish, jamoa bo'lib musiqiy faoliyatlarda ishtirok etishga qiziqish bildirishi, cholg'u asboblarida chalish malakalarini namoyon etishi, amaliy faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirishi lozim. 4. O'yin faoliyati - Boladagi ijodkorlik layoqatini, o'yinlar uchun g'oyalar o'ylab topishini, yangi o'yinlar tashkil etish istagini rag'batlantirish. Bolani tengdoshlari bilan ahil o'ynashga, o'yinchoqlari bilan o'rtoqlashishga odatlantirish. Bolaga o'yinlarda o'z imkoniyatini haqqoniy baholashga va achchiqlanmasdan mag'lubiyatni tan olishni o'rgatib borish. Mazkur Davlat talablari maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari turli yosh bosqichlari orqali yoritib berilgan. Bunda asosiy psixologik xususiyatlari - Fikrlash; -Nutq; - Ijtimoiy bilish jarayoni; - Fiziologik sezgilar; - Bilish obyektlari; -Bilish usullari; - Muvaffaqiyatli o'zlashtirish shartlari; - Muloqot yuritish shakli; - Tengdoshlari bilan munosabatlari; - Katta yoshdagilar bilan munosabatlari; - Nizolar mavjudligi; -His-hayajonlar; - O'yin faoliyati - bo'lib hisoblanadi. V. "Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo'linadi: - dunyoni badiiy tasavvur etish; - badiy - ijodiy qobiliyatlar. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bos- qichlarni o'z ichiga oladi: - go'daklik (tug'ilgandan 1 yoshgacha]: - erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha]; - kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha); - o'rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha); Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling