Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 33.01 Kb.
|
Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari -fayllar.org
4. Ekologiya muammolari
SHaharlarda transport asosiy ifloslantirish manbai bo‘lib hisoblanadi. SHu sababli erning ifloslanishi birinchi ekologik muammo bo‘lib hisoblanadi. SHahar hududining band qilinish muammosini samarali hal qilish yo‘llaridan biri, masalan, transport vositalari uchun vaqtinchalik va doimiy turish joylari, tezkor tramvay, avtobus marshrutlari va hokazolar uchun er osti kengligidan foydalanish bo‘lib hisoblanadi. Xorijda (xususan, Angliya, Indoneziya va YAponiyada) osma yo‘llar yoki transportning har xil turlari uchun dengiz hududigagi to‘kma polosalar yoki suzuvchi sun’iy orollarga yo‘llar qurish amaliyoti tobora enng tarqalmoqda. Biroq transport tizimlarini tonnellarga olib kirish yoki estakadalarga olib chiqish ularning narxini 4 baravar va undan ham ko‘proqqa oshiradi. Transport inshootlarini qurishda tuproqning suv tizimining (suvning tabiiy aylanishining) buzilishini katta ekologik muammo deb hisoblash mumkin, bu suvning katta emiruvchilik kuchi tufayli erga va inshootlarning o‘ziga ziyon etkazadi. Qimmat turadigan suvni olib ketish qurilmalarini qurish zarur bo‘ladi. Tuproqning benzin, moylar, qattiq va suyuq tarkibiy ajratmalar, muzlashga qarshi kurashda foydalaniladigan tuzlar bilan ifloslanishi o‘tkir muammo deb hisoblanadi (1 km yo‘lga bir yilda 3-4 t, qish noqulay kelgan yillari esa – 100 t gacha tuz sepiladi). Ikkinchi ekologik muammo suvning ifloslanishi hisoblanadi. transportda texnologik ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv 95% ichish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi (benzin suvga qaraganda 7 marta tezroq tuproqqa singib ketadi). Suv transporti turlari suv havzalarini ballast va yuvish suvlari bilan (ifloslanishning 75—80% i), ularni tashish va oraliq saqlashda xom neftning (3%) va benzinning (2%) bug‘lanishi bilan ifloslantiradi. Bir tonna neft 10—12 kv km gacha suv yuzasini ifloslantiradi, neft moylari esa mfloslantirish manbaidan 300 km dan ham ko‘proq masofaga tarqaladi. Neft bilan ifloslantirishdan keltirilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya ularning qoldiqlarini faqatgina qabul qilish inshootlariga tashlash mumkin bo‘lgan moddalarning ro‘yxatini qat’iy belgilab bergan. AQSH lik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, kemalarda bir kishidan 1,5 kg gacha quruq chiqindi va 2 kg gacha oziq-ovqat chiqindilari chiqadi, qirg‘oq sharoitlarida esa bu ko‘rsatkich 0,04 va 0,27 kg ni tashkil qiladi Uchinchi ekologik muammo atmosferaning ifloslanishi hisoblanadi (ifloslanishlarning 91,3% i avtomobil transportining ulushiga, 3,7% i — temir yo‘l transportining ulushiga, 2,7% i — dengiz transportinigg ulushiga, 0,9% i — daryo transportinng ulushiga va 1,4% i — havo transportining ulushiga to‘g‘ri keladi). O‘zbekiston va G‘arbiy Evropa mamlakatlari uchun avtomobillardan ajralib chiqadigan zararli moddalarning solishtirma emissiyasi 7.4 jadvalda keltirilgan. Bitta avtomobil 900 km yo‘l bosish uchun bitta odam bir yilda sarflaydigan miqdorda kislorod sarflaydi. Amerikalik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, tutun bilan zaharlanishdan har yili 50 mingtagacha odam ajalidan oldin hayotdan ko‘z yumadi. SHveysariyada ingtensiv harakatga ega bo‘lgan avtomagistrallar yaqinida yashaydigan odamlar undan 400 m narida yashaydigan odamlarga qaraganda 9 marta tezroq saraton xastaligiga chalinishi aniqlangan. Harakat intensivligining 400 dan 1000 avtomobil/soatga ortishi zaharli gazlar ajralishini 4 martaga oshiradi, bu yo‘l harakatini tashkil qilishni o‘zgartirish, tranzit transportni shahar tashqarisiga olib chiqish, shaharning markaziy qismlarida harakat intensivligini pasaytirishni talab qiladi. Havoning ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar deb zararli ajratmalar miqdorini 70% gacha kamaytiradigan neytralizatorlarni qo‘llash, dvigatellar va yoqish tizimining konstruksiyasini takomillashtirish, benzinli dvigatel va yoqilg‘ining an’anaviy turlarini almashtirishni hisoblash mumkin. SHaharlarda elektr transportidan foydalanish ularning havosini sezilarli darajada sog‘lomlashtiradi. SHovqin bilan ifloslantirish nisbatan yangi muammo bo‘lib hisoblanadi. SHovqinni ko‘rinmas zahar deb atashadi, u odamlarning salomatligiga ziyon etkazadi. SHovqin xuddi vibratsiya, elektromagnitik va radioaktiv nurlanish kabi fizikaviy ifloslantirishga kiradi. Xorijdagi ma’lumotlarga ko‘ra, transport 45 %, aviatsiya — 2 % gacha, sanoat — 30 % shahar shovqinini beradi. Transportdan chiqadigan shovqin uning tezligiga qaraganda tezroq o‘smoqda1. 100 dB doimiy shovqinda eshitishning qaytaydigan yo‘qolishi sodir bo‘ladi (shu sababli, masalan, otishni o‘rgatish shovqindan himoya qiladigan maxsus shlemlarda olib borilishi lozim): shovqin intensivligining og‘riq hislarini chaqiradigan eng chekka darajasi — 130 dB; 200 dB shovqinda o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘cha shovqinining tarqalishi 7.1 rasmda ko‘rsatilgan. Tezkor yo‘llarda shovqin darajasi 87 dB, magistrallar va uzluksiz harakatga ega bo‘lgan shahardagi yo‘llarda — 85 dB, yuk avtomobillari harakatlanadigan magistral yo‘llarda — 84 dB, intensiv oqimda ((sutkasiga 100 mingtagacha avtomobil) — 90—95 dB ni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, uyqu va dam olish uchun shovqin darajasi kechasi 30 dB va kunduzi 35 dB dan oshmasligi lozim. Metropoliten shahar uchun amalda hech qanday shovqin bermaydi, tezkor tramvay 80—90 dB, temir yo‘l — 100— 110 dB, magnit maydonli transport — 60 dB gacha shovqin darajasini hosil qiladi. Ko‘priklar va estakadalar kuchli shovqin tarqatuvchilar bo‘lib hisoblanadi, biroq tonnel shovqin darajasini 55—65 dB gacha kamaytiradi. SHovqin asab buzilishlari, oshqozon kasalliklari, eshitishning yo‘qolishi va boshqa kasalliklarning manbai bo‘lib hisoblanadi. SHaharlarni qayta planirovkalash va yangi qurilishlarni rejalashtirishda transportni yashash massivlaridan ajratishga harakat qilinadi. SHovqin darajasini kamaytirishga ko‘kalamzorlashtirish (shovqinni 15-18 dBA ga kamaytiradi), transportni er ostiga olib kirish, so‘ndirgichlarni qo‘llash (shovqin karbyuratorli dvigatellarda 10-12 dBA ga, dizel dvigatelli avtomobillarda 20dBA ga pasayadi), shovqindan himoya qiladigan ekranlar o‘rnatish, yo‘l inshootlarining ostiga shovqindan izolyasiyalaydigan materiallarni yotqizish, binolarni shovqindan izolyasiyalash, oqimning tarkibi va svetoforlarning sikllarini optimallashtirish va boshqa chora-tadbirlar bilan erishiladi. SHahar muhitini avtomobillashtirishning salbiy oqibatlaridan himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: shaharsozlikda — ishlab chiqarishni optimal joylashtirish, shaharning transport planirovkasi, yashash massivlari va binolarni planirovkalash; tashishlar va harakatni tashkil qilishda — parkning ratsional tarkibi, marshrutlarni optimallashtirish; avtomobil—haydovchi—yo‘l tizimida – ratsional harakatlanish priemlariga o‘qitish, avtomobillarning konstruksiyasi va texnik holatini takomillashtirish. Ta’mirlashda resurslarni tejaydigan va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash zarur. Inson faoliyati ta’sirida atrof-muhitning o‘zgarishlarini nazorat qilish, kuzatib borish va baholash tizimini rivojlantirish, ya’ni atrof-muhitni monitoringlash tizimini keng yoyish hayotiy zarurat bo‘lib hisoblanadi. Download 33.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling