Режа: Шахснинг эркинликлари ва иқтисодий мустақиллиги


Download 37.86 Kb.
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi37.86 Kb.
#1461986
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 мавзу

Биринчи босқичда оила бюджетини шакллантириш ва фойдаланиш, уй хўжалигини юритиш функсиялари амалга оширилади.
Иккинчи босқичда оила фарзандни дунёга келтириш, тарбиялаш ва уни ижтимоий-иқтисодий ҳаёт кечириш шароитларига мослаштириш вазифасини бажаради.
Учинчи босқичда тадбиркорлик фаолияти ва меҳнат қилиш орқали оила бозор хўжалигида ўз аъзоларининг якка тартибда иштирок этиши, оилавий бизнесни ташкил этиш вазифаларини бажаради.
Инсоннинг ҳаёт кечириши ва фаолият юритиш макони жамиятда демократик йўл билан конституцион нормалар доирасида кенгайтириб борилиши керак. Бу маконни революцион йўл билан, ўрнатилган конституцион нормаларга зид йўллар билан ўзгартиришга уринишлар жамиятда вайронагарчилик, зўравонликларнинг вужудга келишига олиб келади. Инсон ҳаёти ва фаолияти ушбу маконда мустақиллик, эркинлик ҳамда жамият, давлат олдида ўз мажбуриятларига эга бўлади. Ушбу маконда инсон ҳаётий муҳим манфаатларига эга бўлиб, уларга нисбатан таҳдидларнинг вужудга келиши шахс хавфсизлигига путур етказади.
Hozirgi globallashuv va o‗zaro integratsiyalashuv sharoitida raqobat kurashi tobora kuchayib borayotgan bir davrda har qanday mamlakatning kelajakdagi rivoji, eng avvalo, insonlarda mujassamlashgan intellektual salohiyatni saqlash, ko‗paytirish, undan tijorat yo‗lida foydalanishga bog‗liq ekanligini hech kim rad yetmaydi. Oliy ma‘lumotga ega, ilmli, malakali va katta amaliy tajriba sohibi bo‗lgan insonlargina jamiyatning texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan modernizatsiyalash darajasini oshirish, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish sohasini shakllantirishi, jadallashtirishi mumkin.
Demak, taraqqiyotga intilgan har qanday jamiyat bu holatni tushunib etishi va albatta, insonni e‘zozlashi, uni turli xavf-xatar, xurujlardan asrashi, avaylashi, himoya qilishi lozim. Bu o‗ta murakkab vazifani davlat o‗z zimmasiga olishi, har bir insonning, mamlakat xalqining xavfsiz, osuda hayot kechirishini ta‘minlashi va bu ish uning muqaddas vazifasi ekanligini tushunib yetmog‗i lozim. Davlatni aql- idrok bilan boshqarish, – mutafakkir Abu Nasr Forobiy aytganidek, – xalq boshiga tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratdir. Bu hikmatli so‗zlar, bugungi kunda, davlatlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning muhim shioriga aylanishi lozim.
Tahlillarimiz shundan dalolat bermoqdaki, uzoq yillar davomida barcha mamlakatlarda turli ichki muammolar, kelishmovchiliklar, nomutanosibliklar, inson huquqlarining buzilishi, zo‗ravonlik bilan bog‗liq jinoyatlar sonining ortishi, terrorizmning kuchayishi, narkotik hamda psixotrop moddalar iste‘molining ko‗payishi, korrupsiya, byurokratiya, turli kasalliklarning tarqalishi, atrof- muhitning ifloslanish holatlari kuchayib, ularning inson xavfsizligi va salomatligiga tahdidi ortib bormoqda.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda shaxsning o‗rni qonunchilikda ham o‗z ifodasini topgan. O‗zbekiston Respublikasining ―Korrupsiyaga qarshi kurash to‗g‗risida‖gi qonuni9 da shaxs teng huquqli subyekt sifatida e‘tirof etilgani holda, quyidagi asosiy qoidalar belgilab qo‗yilgan:


9 O'zbekiston Respublikasining ―Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida‖gi Qonun 2017-yil 3 yanvar O'RQ-419 son.

    • xavfsizlik- shaxs, jamiyat va davlatning har qanday ichki va tashqi xatarlardan himoyalanganlik holati;

    • hayotiy muhim ehtiyojlar- shaxs, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi va kamol topishiga xizmat qiluvchi ehtiyojlarning umumiyligi;

    • xavfsizlikka tahdidlar- davlat, jamiyat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlariga tahdid soluvchi omillar va shart-sharoitlarning umumiyligi;

    • tahdidlarning ichki va tashqi manbalaridan kelib chiquvchi xavfsizlikning real va potensial xavfi ichki va tashqi xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi faoliyatning mazmunini belgilab beradi.

Xavfsizlik masalalarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari mazkur sohada shaxsning o‗rni va ahamiyatini hisobga olgan holda shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning o‗ziga hos jihatlarini ko‗rsatib beradi. Xususan, O‗zbekiston milliy xavfsizligini ta‘minlash strategiyasida uzoq muddatli istiqbolga ega, ushbu xizmatning milliy xavfsizlikni ta‘minlashning milliy ustuvorliklari belgilab berilgan bo‗lib, ular orasida quyidagilar alohida o‗rin tutadi:

    • millatlararo totuvlik, siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, demokratik institutlarni rivojlantirish, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‗zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;

    • mamlakatning demografik jihatdan barqaror rivojlanishini ta‘minlash, aholi salomatligini mustahkamlash, turmush sifati va darajasini oshirish;

    • boy milliy an‘analar va qadriyatlarni saqlab qolish va ularni yanada keng yoyish.

Xalq manfaatlarni ro‗yobga chiqarishga quyidagi strategik milliy ustuvorliklarni amalga oshirish orqali erishiladi:

    • mamlakat mudofaasini mustahkamlash;

    • davlat va jamoat xavfsizligi;

    • mamlakat fuqarolarining turmush darajasini yaxshilash;

    • iqtisodiy o‗sish;

    • fan, ta‘lim va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash;

    • sog‗liqni saqlash;

    • madaniyat;

    • tirik tizimlar ekologiyasi va tabiatdan oqilona foydalanish;

    • teng huquqli strategik sherikchilik va strategik barqarorlik.

Yuqorida sanab o‗tilgan milliy manfaatlar va ustuvorliklardan kelib chiqqan holda, shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatuvchi bir qator omillar va shart-sharoitlarni aniqlashtirish mumkin. O‗z navbatida shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida quyidagi asosiy maqsadli yo‗nalishlarni belgilab olish mumkin bo‗ladi:

    • moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik;

    • oziq-ovqat xavfsizligi;

    • axborot xavfsizligi;

    • mehnat xavfsizligi (bandlikni ta‘minlash va xodimlarning haq-huquqlarini himoya qilish muammolari);

    • ekologik xavfsizlik;

    • ta‘lim va madaniyat sohasida xavfsizlik;

    • tibbiy xizmat ko‗rsatish sohasida xavfsizlik va boshqalar.

Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida yuqorida sanab o‗tilgan yo‗nalishlar orasida iqtisodiy omillar asosiylaridan biri hisoblanadi. Buning yaqqol tasdig‗i shundan iboratki, iqtisodiy omillar shart-sharoitlarsiz jamiyat, xo‗jalik yurituvchi subyektlar va davlatning yaxlit tarzda taraqqiyotini rag‗batlantiruvchi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va kamol topishiga xizmat qiluvchi umumiy ehtiyojlarni qondirmasdan turib, shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va ehtiyojlarini ta‘min etib bo‗lmaydi.
Shunga mos ravishda shaxsning iqtisodiy xavfsizligini shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun tegishli shart-sharoitlarning mavjudligi, inson manfaatlari va ehtiyojlari qondirilishining turli xavf-xatar va tahdidlardan himoyalanganligi, ijtimoiy barqarorlik, ta‘lim va sog‗liqni saqlash xizmatlaridan erkin foydalana olish imkoniyatlarining ta‘min etilishi, fuqarolarning qonuniy haq- huquqlarini kafolatlanganligi sifatida tushuntirishimiz mumkin.
2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha harakatlar strategiyasini ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining ikkinchi yo‗nalishida Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlash borasida fuqarolarining xususiy mulkka bo‗lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash masalalari ham nazarda tutilgandir.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‗zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi‖ – deb belgilangan.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi tizimini shakllantirishda davlatning ijtimoiy- iqtisodiy siyosati muhim o‗rin tutadi, shu bois shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatuvchi mamlakatning ijtimoiy sohadagi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash masalalariga katta urg‗u beriladi. Shuni alohida qayd etib o‗tish kerakki, shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida bugungi kunda turli tuman tahdidlarning kuchayib borishi sharoitida har bir inson kundalik hayotda duch kelishi mumkin bo‗lgan xavf-xatarlar va ularning darajasini kamaytirish yoki ularga hayoti davomida duch kelmaslik uchun nimalar qilish lozimligini bilmog‗i lozim.



Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling