Режа: Шахснинг эркинликлари ва иқтисодий мустақиллиги


Шахснинг ижтимоий-иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш йўллари ва воситалари


Download 37.86 Kb.
bet4/5
Sana14.05.2023
Hajmi37.86 Kb.
#1461986
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 мавзу

5.3. Шахснинг ижтимоий-иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш йўллари ва воситалари

Шахс манфаатлари ва хавфсизлигига бўлган таҳдидларга муносабатда инсоннинг руҳий ҳолатини фаоллик, бағрикенглик (толерантлик), чидамлилик сифатида тавсифлаш мумкин. Har bir inson uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizlik muvaffaqiyatga erishishning hamda jamiyatdagi barqarorlik va ijtimoiy- iqtisodiy faravonlikning muhim ko‗rsatkichi hisoblanadi.


Shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
• qonuniylik;
• shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari mutanosibligiga rioya qilish;
• xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha shaxs, jamiyat va davlatning o‗zaro mas‘uliyatli bo‗lishi;
• xalqaro xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi obyektlari shaxsning o‗zi, uning iqtisodiy manfaatlari sohasidagi huquq va burchlari hisoblanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligi subyektlarini shaxs, jamiyat va davlat tashkil etadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikki asosiy turi mavjud bo‗lib, ulardan birinchisi shaxsning faolligiga, uning o‗z bilimi, kasb, malakasini oshirib borishiga, kamolotga yetish uchun bo‗lgan intilishiga asoslanadi. SHaxs iqtisodiy xavfsizligining ikkinchi turi esa uning oilasi, jamiyat va davlat tomonidan qo‗llab- quvvatlanishiga asoslanadi.
Inson xavfsizligiga tahdidlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari o‗sishiga nisbatan orqada qolishi, siklik o‗zgarishlar, bozor kon‘yunkturasidagi tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, hududlar rivojlanishidagi nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy yoki inson, kapital resurslarining yetarli emasligi, jamiyatda urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi, tashqi atrof-tabiiy muhitning zararlanishi yoki yomonlashuvi hamda ma‘lum ijtimoiy harakatlar tufayli vujudga keladi. Tahdidlar, shuningdek, turli davlatlar hamda ular bilan hamkorlik qiluvchi siyosiy va ijtimoiy hamkorlik kuchlari o‗rtasidagi nizo, ziddiyat, qarama-qarshiliklarning kuchayishi sababli ham vujudga kelishi mumkin.
Tahdidlar tarkibida shaxsga tajovuz, zo‗ravonlik alohida xususiyatga ega. Ijtimoiy jihatdan zo‗ravonlik inson shaxsini kamsitish, diskriminatsiya qilish, uning erkinligi va huquqlarini cheklash orqali shaxsning hayoti va iqtisodiy faoliyatiga tahdid solishda namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy sohada inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda, tovlamachilik va firibgarlikda o‗z ifodasini topadi.
Shaxs va oila iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi uning o‗z oldiga noto‗g‗ri maqsadlar qo‗yganligi, bilim, kasb-malaka darajasining pastligi tufayli kam haq to‗lanadigan ishlarda ishlaganligi sababli, raqobat kurashida sinishi, bozori kasod bo‗lishi, ishsiz bo‗lib qolganligi, uzoq vaqt ish topa olmasligi yoki daromadi kam bo‗la turib bolalari ko‗p bo‗lishi, qariganligi va turli kasalliklar hamda shikast
olganligi sababli mehnat qobiliyatini vaqtinchalik va butunlay yo‗qotganligi, boquvchisidan ayrilib qolishi yoki omadsizlik tufayli sodir bo‗ladi.
Shaxsning xavfsizligini ta‘minlashda davlatning ijtimoiy siyosati muhim rol o‗ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligini va tadbirkorligini o‗stirish uchun shart- sharoitlar yaratishga qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‗zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
• fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb-korlik turlarini hamda sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta‘minlashga;
• mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishga;
• aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda kam ta‘minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashga;
• ta‘lim, ijtimoiy sug‗urta, sog‗liqni saqlash tizimlarini isloh qilish yo‗li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‗lgan zarur kafolatni ta‘minlashga.
Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va mulkka egalik darajasi bo‗yicha keskin tabaqalashuvining oldini olish hamda aholining to‗lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning o‗sishini ta‘minlash chora- tadbirlarini amalga oshiradi.
Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan xavfsizligini ta‘minlash ko‗plab omillarga bog‗liq bo‗lgani holda, ularni shaxsning turli tahdid va xavf-xatarlarning shakllanishiga ta‘siri nuqtayi-nazaridan ham tasniflashimiz mumkin. Umumiqtisodiy jarayonlarning yuz berishi bilan bog‗liq holda vujudga keluvchi omillar shu bilan bir qatorda shaxsning bevosita xatti-harakatlari natijasida paydo bo‗luvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish insonlarning bevosita xatti- harakatlariga ko‗p jihatdan bog‗liqdir.
Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligi borasidagi tahdidlarning birinchi guruhiga quyidagilar mansub:
• inflatsiya;
• pensiya ta‘minoti muammolari;
• iqtisodiyotning dollarlashuvi;
• bank tizimida beqarorliklarning vujudga kelish xavfi;
• aholining haddan tashqari ko‗p kreditlanishi va boshqalar.
Inflatsiya moddiy ishlab chiqarish sohasiga katta zarar keltirgani holda, jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Pensiya ta‘minotidagi muammolar aholining yetarlicha moliyaviy ta‘minlanmasligiga va ularning kundalik ehtiyojlarini talab darajasida qondira olmasliklariga olib keladi. Iqtisodiyotning dollarlashuvi, valuta va fond bozorining yuqori darajadagi, aholi jamg‗armalari qadrsizlanishi xavfini kuchaytiradi. Bank tizimida kuzatilayotgan beqarorlashtiruvchi omillar ham omonatchilar tomonidan banklarga qo‗yilgan omonatlarning yo‗qotilish xavfini vujudga keltiradi. Aholining haddan ziyod kreditlanishi ham, istiqbolda qarzdorlarning o‗z qarz majburiyatlarini bajara olmaslik xavfini paydo qiladi. Bugungi kunda O‗zbekiston fuqarolarining bank kreditlari bo‗yicha qarzdorligi o‗sib bormoqda. Olinayotgan har to‗rtta qarzdan biri avvalgi olingan qarzni yopishga sarflanayotganligi aniqlangan. Bugungi kunda kambag‗al oilalar o‗z mehnatlari orqali ishlab topgan daromadlarining katta qismini bank kreditlarini to‗lashga sarflamoqdalar.
Tahdidlarning ikkinchi guruhiga insonning bevosita o‗zi ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan omillar kiritilgan:
• moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi va shaxsiy jamg‗armalarni himoya qilish borasida yetarlicha malaka va tajribaning yo‗qligi;
• qarz olishda o‗ylab ish tutmaslik;
• samarasiz investitsiyalar;
• moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shoshma-shosharlik qilish;
• qonunlarni bilmaslik va hokazolar.
Moliyaviy savodxonlik va shaxsning investitsiyaviy siyosati shaxs hayotining moliyaviy-iqtisodiy asosini tashkil etadi. Moliyaviy-iqtisodiy asoslar qanchalik mustahkam bo‗lsa, shaxs shuncha o‗z ehtiyojlarini yuqori darajada qondira olish va o‗zining faravon kelajagini ta‘min eta olish imkoniyatiga ega
bo‗ladi. Bugungi kunda moliyaviy mustaqillik muhim o‗rin tutishini inobatga olsak, fuqarolarning moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish qanchalik muhim ekanligini ilg‗ash qiyin emas. Buning uchun shaxsiy moliyaviy xarajatlarni rejalashtirish, ularning doimiy hisobini yuritib borish, bank va boshqa moliyaviy institutlarning xizmatlarini o‗rganish, investitsiyalarni diversifikatsiyalash tamoyilidan amaliyotda foydalanish, iqtisodiy axborotlar, tahliliy maqolalar va sharhlar bilan tanishib borish talab etiladi.
Shaxsning temir yo‗llardagi xavfsizligi o‗z ichiga ko‗plab jihatlarni qamrab oluvchi, shubhasiz keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Mazkur holatni sinchkovlik bilan o‗rganish uchun, eng avvalo shaxs o‗z hayotining u yoki bu davrida huquqiy nuqtayi-nazardan kim va qanday maqomda ishtirok etishiga oydinlik kiritib olishimiz lozim. Bunga bog‗liq holda temir yo‗llarda shaxsning xavfsizligi yoki uning turli xavf-xatarlardan himoyalanganligini ta‘minlashga juda ko‗p omillar ta‘sir ko‗rsatadi.
Shunday qilib, shaxs temir yo‗l transporti obyektlarida bo‗lgani va uning xizmatlaridan foydalangani holda, u:
• Temir yo‗l transporti xodimi;
• Yuk qabul qiluvchi;
• Yo‗lovchi va yoki boshqalar sifatida ishtirok etishi mumkin.
Temir yo‗l transporti xodimi sifatida shaxs uchun birinchi navbatda uning xavfsizligini ta‘minlash nuqtayi-nazaridan shaxsning mehnat huquqlarining himoyalanganligi muhim o‗rin tutadi. Yuk qabul qiluvchi uchun esa jismoniy shaxs va hamda yuridik shaxsning vakili sifatida u bilan transport kompaniyasi o‗rtasida yuk tashish xizmatlarini ko‗rsatish bo‗yicha shartnomalarning o‗z vaqtida to‗la-to‗kis bajarilishini ta‘minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Oddiy yo‗lovchi yoki tasodifan temir yo‗l transporti obyektlarida bo‗lib qolgan shaxs uchun birinchi navbatda uning hayot xavfsizligi va turli jinoiy unsurlarning qurboniga aylanib qolmasligini ta‘minlash muhim hisoblanadi.
Fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e‘tirof etishga, mulkning daxlsizligiga,
shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‗zboshimchalik bilan aralashishiga yo‗l qo‗yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‗sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta‘minlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‗z fuqarolik huquqlariga o‗z erklariga muvofiq ega bo‗ladilar va bu huquqlarini o‗z manfaatlarini ko‗zlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‗z huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar. Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag‗lar O‗zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda bo‗ladi. Xavfsizlikni ta‘minlash, insonlarning hayoti va sog‗lig‗ini himoya qilish, tabiatni hamda madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo‗lsa, tovarlar va xizmatlar harakatda bo‗lishini cheklash qonun hujjatlariga muvofiq joriy etilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‗z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‗ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‗riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
Davlat shaxs xavfsizligini ta‘minlash va baholash uchun jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni vujudga keltirishi mumkin bo‗lgan tahdidlarning oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi:
• iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish, iqtisodiy faoliyat va tanlash erkinliklarini vujudga keltirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash hamda iste‘molchilar manfaatlari va huquqlarini himoya qilish;
• fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy erkinliklari va huquqlarini ta‘minlashning samarali mexanizmlarini vujudga keltirish;
• jamiyatda aholining tor doirada nihoyatda boy-badavlat va kelajagiga ishonchini yo‗qotgan nihoyatda kambag‗al kishilarga ajralishi, ularning daromadlari o‗rtasida farqning kattalashib borishiga yo‗l qo‗ymaslik;
• ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan darajada ishsizlikning o‗sishining oldini olish, yangi ish o‗rinlarini yaratish, mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligini o‗stirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
• kambag‗allik va qashshoqlik muammosini keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan darajada aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik, kam ta‘minlangan aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini vujudga keltirish;
• tashkiliy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, narkomaniya va boshqa ijtimoiy illatlarning o‗sishi uchun sharoitning vujudga kelishining oldini olish.
Endilikda, shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash nafaqat davlat boshqaruvi organlari, hukumat, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlarining birgalikdagi say-harakatlarigagina, balki har bir fuqaroning o‗ziga ham bog‗liqdir. Shaxs manfaatlari va xavfsizligiga tahdidlarga munosabatda insonning ruhiy holatini faollik, bag‗rikenglik (tolerantlik), chidamlilik kabi qobiliyat va sifatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Muxtasar aytganda, O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasida qayd etilgan inson hayotini yaxshilashga, uning turmush tarzini yuqori bosqichga ko‗tarishga qaratilgan, xususan, ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta‘minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan
ta‘minlash, uy-joy va kommunal xo‗jaligini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‗liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish tadbirlari ham inson xavfsizligini ta‘minlash Konsepsiyasida o‗z ifodasini topishi lozim.



Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling