1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]


Download 171.72 Kb.
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi171.72 Kb.
#1111678
  1   2   3   4   5
Bog'liq
596 14.10.2022




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.06.00 Kasanachilik;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qarori ijrosini ta’minlash hamda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga muvofiq:
a) 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq) mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratish;
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish belgilanganligi;
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik yo‘nalishida kasbga o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari huzuridagi malakani baholash markazlari tomonidan kasbiy malaka talablarini ishlab chiqish va salohiyatli ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasini berish;
o‘quv kurslarini tugatgan fuqarolarning bilim darajasini malakani baholash markazlari tomonidan aniqlash va shu asosda ularga malaka sertifikatlari berish;
malaka sertifikatini olgan fuqarolarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun o‘qish xarajatlariga teng miqdorda malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar berish.
2. Belgilansinki, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari davlat buyurtmasi asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasbga o‘qitilgan fuqarolarni malaka darajasini baholash uchun malakani baholash markazlariga yuboradi hamda malaka imtihonlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni har bir band bo‘lmagan shaxs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beradi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan kasanachilikni tashkil etganidan kamida uch oy o‘tgandan so‘ng subsidiya olish uchun tegishli tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish;
tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan tadbirkorlik subyektining murojaatini ko‘rib chiqib, kasanachilikni tashkil etganligi uchun subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qilish;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida talabgorga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratish tartibi;
b) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan kasanachilikni tashkil etganidan so‘ng subsidiya olish uchun tegishli tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish;
tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tadbirkorlik subyekti o‘rtasida ijtimoiy kontrakt tuzish tartibi;
tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida tadbirkorlik subyektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish;
kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari tomonidan har oyda monitoring qilib borish va foydalanilmayotgan asbob-uskunalarga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi;
v) Nodavlat ta’lim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasbga o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tuman (shahar) hokimliklari, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi bilan birgalikda kelgusi yil uchun joriy yilning 10-dekabriga qadar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik yo‘nalishida kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari bilan birgalikda davlat buyurtmasi asosida kasanachilarni kasbga o‘qitish bo‘yicha belgilangan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasbga o‘qitishga yo‘naltirish;
kasbga o‘qitilgan kasanachilarning malaka darajasini baholash, ularga malaka sertifikatini berish hamda kasanachilarni kasbga o‘qitishni moliyalashtirish tartibi.
4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Yagona elektron shartnomalar axborot portalini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilish choralarini ko‘rsin. Bunda ushbu kompleks orqali kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdorini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida, internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
7. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
596-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-son qaroriga
1-ILOVA
Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Jamoat ishlari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga 1-ilovada keltirilgan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda — talabgor) subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Kasanachilikni tashkil etgan talabgorlarga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
3. Talabgorlarga subsidiya tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari (keyingi o‘rinlarda — mahalliy mehnat organlari) tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
2-bob. Murojaat qilish tartibi
4. Talabgor kasanachilikni tashkil etganidan so‘ng subsidiya olish uchun mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining tavsiyasi asosida tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Talabgorning murojaatida kasanachining familiyasi, ismi, otasining ismi, tadbirkorlik subyektining subsidiya to‘lab berilishi lozim bo‘lgan hisobvarag‘i (rekvizitlari) va manzili ko‘rsatiladi, shuningdek, murojaatga kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi, kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (yoki kasanachining dastlabki uch oy davomidagi faoliyati uchun to‘lovlarni bank orqali to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma) ilova qilinadi.
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi va shartlari
5. Mahalliy mehnat organi talabgor tomonidan subsidiya olishni so‘rab taqdim etilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqadi. Bunda subsidiya berish uchun tadbirkorlik subyekti va kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi Davlat soliq qo‘mitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron shartnomalar axborot portali) ro‘yxatdan o‘tkazilganligi hamda rasmiylashtirilganligiga kamida 3 oy o‘tganligi asos hisoblanadi.
6. Talabgor tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilib, unda barcha zarur ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi rasmiylashtirilganligiga kamida uch oy o‘tganligi, Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi hamda kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori haqqoniyligi tasdiqlanganda, mahalliy mehnat organi talabgorga kasanachilikni tashkil etganligi uchun subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qarorda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati (murojaat tushgandan so‘ng 3 ish kunidan oshmagan muddatda) ko‘rsatilishi lozim.
Bunda mahalliy mehnat organi tomonidan kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori haqqoniyligi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasidan ma’lumot olish yo‘li bilan yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali amalga oshiriladi.
7. Subsidiya ajratish quyidagilarga ko‘ra rad etiladi:
hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq talabgor tomonidan to‘liq taqdim etilmaganda;
kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganda;
kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.
Mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga ushbu qaror nusxasini bir kun muddatda yuboradi.
8. Talabgor mahalliy mehnat organining subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lsa, yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
9. Mahalliy mehnat organining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan miqdorda bir martalik subsidiya ajratiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Mazkur Nizomda ajratilishi belgilangan subsidiyani olayotgan talabgorlar bir vaqtning o‘zida qonunchilik hujjatlarida belgilangan ishsiz shaxslar bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiyalarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish
SXEMASI


Download 171.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling