1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]


Download 171.72 Kb.
bet3/5
Sana23.01.2023
Hajmi171.72 Kb.
#1111678
1   2   3   4   5
Bog'liq
596 14.10.2022

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti (talabgor)

Kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish uchun subsidiya olish maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

1. Talabgor tomonidan subsidiya olishni so‘rab taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.
2. Mahalliy mehnat organi va talabgor o‘rtasida ijtimoiy kontrakt tuziladi.

3 ish kuni ichida

3. Talabgorga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
4. O‘rganish natijalariga ko‘ra subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga ushbu qaror nusxasini yuboradi.

1 kun muddatda

3-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

Talabgorga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

Qaror qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida

4-bosqich

Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti

Subsidiya ajratilgandan so‘ng talabgor har bir kasanachi uchun asbob-uskunalar xarid qilinganligi va kasanachilarga bepul berilganligini hamda asbob-uskunalarning xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddatini ko‘rsatgan holda ijtimoiy kontrakt tuzilgan mahalliy mehnat organiga yozma ravishda xabardor qiladi.

10 kun ichida

5-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

Ajratilgan subsidiya hisobidan xarid qilingan asbob-uskuna asosida ishlayotgan kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini monitoring qilib boradi. Kamchiliklar aniqlansa tadbirkorlik subyektiga ularni bartaraf etish bo‘yicha xabarnoma yuboradi.

Har oy bir marotaba

6-bosqich

Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti

Xabarnoma olingan kundan e’tiboran ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalliy mehnat organiga xabarnoma yuboradi.

Bir oy ichida

7-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

1. Xabarnoma tushgan kundan e’tiboran subsidiya hisobidan xarid qilingan asbob-uskuna bilan faoliyat yuritayotgan kasanachilarning ish faoliyati sama�adorligini qayta monitoring qiladi.
2. O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra dastlabki monitoringda ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganligi aniqlansa, ajratilgan subsidiyalarni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qiladi, ijtimoiy kontraktni bir tomonlama bekor qiladi va talabgorga xabarnoma yuboradi

3 ish kuni ichida
(yoki aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun bir oy muddatdan so‘ng)

8-bosqich

Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti

Xabarnoma tushgan kundan e’tiboran ajratilgan subsidiyalarni xabarnomada ko‘rsatilgan mahalliy mehnat organiga tegishli bo‘lgan bank rekvizitlariga to‘liq miqdorda qaytaradi.

5 ish kuni ichida

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

NAMUNA

_____-son

IJTIMOIY KONTRAKT

20 __y. “_____”____________.

Ushbu ijtimoiy kontraktni (keyingi o‘rinlarda — kontrakt) _________________________________________ tumani (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi nomidan ________________________________________________ asosida faoliyat yurituvchi ____________________________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda — mahalliy mehnat organi) va

(mahalliy mehnat organi rahbarining F.I.O.)

_______________________________________________________________________ manzilida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyekti _________________________________________________________________

(nomi, manzili va boshqa rekvizitlari)

quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

I. Kontraktning mazmuni
1.1. Kontrakt mahalliy mehnat organi bilan tadbirkorlik subyekti o‘rtasida (keyingi o‘rinlarda — taraflar) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektiga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish uchun tuzildi.
1.2. Kontrakt quyidagilardan iborat bo‘ladi:
ijtimoiy kontrakt taraflari (tadbirkorlik subyekti va tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi);
taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
ijtimoiy kontraktning amal qilish muddati va uni bekor qilish asoslari.
II. Taraflarning huquq va majburiyatlari
2.1. Mahalliy mehnat organi quyidagi huquqlarga ega:
tadbirkorlik subyekti kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda, kontraktni bir tomonlama bekor qilish;
tadbir?orlik subyekti kontraktdagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, ajratilgan subsidiyalar qaytarib berilishini talab qilish;
kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning ish faoliyati samaradorligini monitoring qilib borish;
2.2. Tadbirkorlik subyekti quyidagi huquqlarga ega:
mahalliy mehnat organi tomonidan kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda, kontraktni bir tomonlama bekor qilish;
mahalliy mehnat organi tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya hisobidan kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqaro uchun zarur asbob-uskunani mustaqil ravishda xarid qilish;
mahalliy mehnat organi tomonidan huquqiy maslahatlar olish, kontrakt shartlari to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini talab qilish;
2.3. Mahalliy mehnat organi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
kontrakt shartlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarish;
kontrakt tuzilgandan so‘ng unda belgilangan subsidiyani belgilangan tartibda to‘lab berish;
subsidiya ajratilishi hisobiga kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga xarid qilingan asbob-uskunalar berilishi va asbob-uskunaning foydalanilayotganligi ustidan monitoring o‘rnatish;
2.4. Tadbirkorlik subyekti quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
tadbirkorlik subye�ti va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqaro(lar) o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasini Davlat soliq qo‘mitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazish;
subsidiya ajratilgandan so‘ng kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab, subsidiya hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalarni kasanachiga bepul berish;
kasanachilarga ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha buyurtma berish va belgilangan tartibda kasanachining ish haqini to‘lab borish;
subsidiya hisobidan sotib olingan asbob-uskunalar kasanachi tomonidan foydalanilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya miqdorini belgilangan tartibda to‘liq qaytarish.
Kontrakt imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Download 171.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling