1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]


Download 171.72 Kb.
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi171.72 Kb.
#1111678
1   2   3   4   5
Bog'liq
596 14.10.2022

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyekti (talabgor)

Olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etganligi uchun subsidiya olish maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda yozma ravishda murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

1. Talabgor murojaatini ilova qilingan hujjatlar bilan birga o‘rganib chiqadi.
2. Talabgorga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

3 ish kuni ichida

3. O‘rganish natijalariga ko‘ra subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga ushbu qaror nusxasini yuboradi.

1 kun muddatda

3-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

Subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng talabgorga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachili� faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

Qaror qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-son qaroriga
2-ILOVA
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda — talabgor) “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga (keyingi o‘rinlarda — kasanachilar) asbob-uskunalar xarid qilib berish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Talabgorlarga kasanachilar uchun asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.
3. Talabgorlarga subsidiya tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (keyingi o‘rinlarda — mahalliy mehnat organlari) tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
2-bob. Subsidiya ajratish tartibi va shartlari
4. Talabgor kasanachilikni tashkil etganidan so‘ng subsidiya olish uchun mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) tavsiyasi asosida tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Talabgorning murojaatida kasanachilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tadbirkorlik subyektining subsidiya to‘lab berilishi lozim bo‘lgan hisobvarag‘i (rekvizitlari) va manzili ko‘rsatilishi, shuningdek, murojaatga kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi ilova qilinishi shart.
Bunda talabgor murojaatda kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab, subsidiya hisobiga xarid qilinadigan asbob-uskuna nomi va turi, aniq xarid narxini ko‘rsatishi lozim.
5. Mahalliy mehnat organi talabgorning murojaatini ilova qilingan tegishli hujjatlar bilan birga 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqadi.
Bunda subsidiya berish uchun tadbirkorlik subyekti va kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Davlat soliq qo‘mitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron shartnomalar axborot portali) ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, shuningdek, kasanachi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilganligi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da turganligi asos hisoblanadi.
6. Mahalliy mehnat organi tomonidan talabgorning xarid qiladigan asbob-uskunalari narxini o‘rganish davlat xaridlarining elektron tizimi yoki boshqa ochiq manbalarning ma’lumotlaridan foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin. O‘rganish natijalariga muvofiq asbob-uskunaning narxini talabgor tomonidan bozordagi ushbu asbob-uskunalarning o‘rtacha narxi qiymatiga teng (yoki undan yuqori) belgilanganligi mahalliy mehnat organi xarid komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
7. Talabgor tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilib, unda barcha zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan va kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, kasanachi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilganligi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da turganligi tasdiqlanganda mahalliy mehnat organi va talabgor o‘rtasida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ijtimoiy kontrakt tuziladi.
8. Ijtimoiy kontrakt tuzilgandan so‘ng mahalliy mehnat organi tomonidan talabgorga kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab asbob-uskunani xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) to‘g‘risida uch ish kuni ichida qaror qabul qilinadi. Qarorda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati (murojaat tushgandan so‘ng 3 ish kunidan oshmagan muddatda) ko‘rsatilishi lozim.
9. Mahalliy mehnat organining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida talabgorga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.
10. Subsidiya ajratilgandan so‘ng 10 kun ichida talabgor har bir kasanachi uchun asbob-uskunalar xarid qilinganligi va kasanachilarga bepul berilganligi hamda asbob-uskunalarning xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddatini ko‘rsatgan holda ijtimoiy kontrakt tuzilgan mahalliy mehnat organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
11. Subsidiya ajratish quyidagilarga ko‘ra rad etiladi:
hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq talabgor tomonidan to‘liq taqdim etilmaganda;
kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganda;
kasanachi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilmaganligi tasdiqlanganda;
xarid qilinadigan asbob-uskunaning narxi qasddan yuqori qilib ko‘rsatilganligi aniqlansa.
Mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga ushbu qaror nusxasini bir kun muddatda yuboradi.
12. Talabgor mahalliy mehnat organining subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lsa, yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
3-bob. Kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini monitoring qilish va foydalanilmayotgan asbob-uskunalarga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi
13. Mahalliy mehnat organlari hamda hokim yordamchilari ajratilgan subsidiya hisobidan xarid qilingan asbob-uskuna asosida ishlayotgan kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini bir oyda bir marotaba olti oy davomida monitoring qilib boradi.
14. O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra ijtimoiy kontraktda belgilangan majburiyatlar bajarilmaganligi hamda subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskunalarning foydalanilmayotganligi aniqlansa, mahalliy mehnat organlari tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyektiga xabarnoma yuboriladi.
15. Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalliy mehnat organiga xabarnoma yuboradi.
16. Xabarnoma tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida (yoki aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun bir oy muddatdan so‘ng) mahalliy mehnat organi va hokim yordamchisi subsidiya hisobidan xarid qilingan asbob-uskuna bilan faoliyat yuritayotgan kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini qayta monitoring qiladi.
O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra dastlabki monitoringda ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganligi aniqlansa, mahalliy mehnat organi subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyektiga ajratilgan subsidiyalarni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qiladi, ijtimoiy kontraktni bir tomonlama bekor qiladi va subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyektiga xabarnoma yuboradi.
Xabarnomada subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti tomonidan ajratilgan subsidiyalarni qaytarish uchun mahalliy mehnat organiga tegishli bo‘lgan bank rekvizitlari ko‘rsatilishi lozim.
17. Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti xabarnoma tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida ajratilgan subsidiyalarni xabarnomada ko‘rsatilgan mahalliy mehnat organiga tegishli bo‘lgan bank rekvizitlariga (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida foiz to‘lovlari bilan birga) to‘liq miqdorda qaytarishi shart.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Mazkur Nizomda ajratilishi belgilangan subsidiyani olayotgan tadbirkorlik subyektlari bir vaqtning o‘zida qonunchilik hujjatlarida belgilangan ishsiz shaxslar bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiyalarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish uchun subsidiya ajratish
SXEMASI


Download 171.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling