Режа: Шахснинг эркинликлари ва иқтисодий мустақиллиги


Шахснинг ҳаётий муҳим манфаатлари ва унинг хавфсизлигига таҳдидлар


Download 37.86 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2023
Hajmi37.86 Kb.
#1461986
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 мавзу

5.2. Шахснинг ҳаётий муҳим манфаатлари ва унинг хавфсизлигига таҳдидлар

Инсоннинг эҳтиёжлари, манфаатларига салбий таъсир кўрсатадиган, уларни рўёбга чиқаришга тўсқинлик қиладиган омилларданҳимояланганлиги шахс хавфсизлиги деб аталади. Шахс хавфсизлиги ўз ичига унинг ҳаёти, саломатлиги, эркинлиги ва шахсий дахлсизлигига, қадр-қиммати, шаъни ва обрўсига, мол-мулкига қилинган тажовузлардан ҳимояланишни олади.


Шахс манфаатлари ва хавфсизлигига таҳдидлар кўпқиррали бўлиб, улар қуйидаги гуруҳларга бўлинади:
-шахснинг ўз олдига нотўғри мақсадларни қўйиши;
-бошқа, ташқи ижтимоий тизимлар таҳдиди;
-ички ижтимоий тизимда вужудга келадиган таҳдидлар;
-табиий таҳдидлар.
Шахс билан боғлиқ таҳдидлар ичида ижтимоий таҳдидлар ҳам мавжуд. Уларга қуйидагилар киради:

  • ишсизлик;

  • камбағал бўлиб қолиш;

  • жамиятда аҳолининг ижтимоий ва мулкий табақаланиши, даромадлардаги тенгсизликнинг кучайиши, камбағал аҳоли қатламларининг кўпайиши, аҳоли турмуш даражасининг пасайиши;

  • меҳнат шароитларининг ёмонлашуви, ишчи кучи малакаси ва сифатининг пасайиши;

  • аҳоли ўртача умр кўриш даражаси, давомийлигининг қисқариши, туғилиш даражасининг пасайиши, ўлим даражасининг ўсиши, аҳоли табиий ўсиши суръатларининг ҳаддан ташқари пасайиб кетиши;

  • оналар ва болалар ўлими ва касалланишининг ўсиши, турли инфекцион, юқумли касалликларнинг, жумладан, ОИВ/ОИТС ва туберкулез, гепатит, безгак касаллари, норкомания тарқалишининг ўсиб бориши, майиб ва мажруҳлар сонининг кўпайиши;

  • уйсиз ва ишсиз, дайди кишилар, гадойлар ҳамда қаровсиз болалар, люмпен пролетариатнинг кўпайиши;

  • хуфёна иқтисодиёт кўламининг кенгайиши, порахўрлик, коррупция, товламачилик, уюшган жиноятчиликнинг кучайиши;

  • соғлиқни сақлаш, таълим, уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш нархларининг ҳаддан ташқари ўсиб кетиши ва сифатининг пасайиши, аҳоли кўпчилик қисмининг даволаниш ва таълим олиш имкониятларидан маҳрум бўлиши;

  • аҳоли, айниқса, ёшлар ўртасида оммавий ахборот воситалари, Интернетдаги маданий-оқартув тадбирларида аҳлоқсиз, бузғунчи, маънавий қашшоқ турмуш тарзининг зўр бериб тарғиб ва ташвиқот қилиниши жуда хавфли таҳдид ҳисобланади.

Инсон хавфсизлигига таҳдидлар мамлакат ижтимоий-иқтисодий ривожланиши суръатларининг жамият эҳтиёжлари ўсишига нисбатан орқада қолиши, ҳудудлар ривожланишидаги номутаносибликнинг кучайиши, табиий ёки инсон, капитал ресурсларининг етарли эмаслиги, жамиятда урбанизатсия жараёнларининг кучайиши, ташқи табиий муҳитнинг зарарланиши ёки ёмонлашуви ҳамда маълум ижтимоий ҳаракатлар туфайли вужудга келади.
Ijtimoiy soha nafaqat iqtisodiy, balki milliy xavfsizlikni ta‘minlashda ham muhim o‗rin tutadi, zero, ijtimoiy soha orqali shaxs, oila va shu bilan bir qatorda alohida ijtimoiy guruhlar hamda yaxlit tarzda jamiyatning manfaatlari va ehtiyojlari qondiriladi. Aynan shu joyda shaxs va davlat, shaxs va korxonalar o‗rtasidagi turli tuman ijtimoiy munosabatlarning mustahkamligi va o‗zaro


hamohangligi jiddiy sinovdan o‗tadi. Aholi daromadlari va aholi iste‘molining keskin tabaqalanishi, daromadlari yashash minimumidan past bo‗lgan insonlar sonining mutlaq va nisbiy o‗sishi natijasida kambag‗allikning ortishi mamlakatning barqaror rivojlanishi hamda xavfsizligiga katta salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kam sonli boylar va kam ta‘minlangan fuqarolar sonining ko‗pligini ifoda etuvchi jamiyatning mulkiy jihatdan tabaqalanishi ijtimoiy sohada mamlakatning xavfsizligiga katta tahdid tug‗diradi. Aholining daromad va mulk jihatdan tabaqalanishi barcha mamlakatlar uchun hos bo‗lgan holat hisoblansada, mazkur tabaqalanish darajasi va turli aholi guruhlari daromadlarining o‗zgarish amplitudasi haddan ziyod ortib ketmasligi lozim. Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, agar 10 foiz yuqori daromadga ega bo‗lganlar bilan 10 foiz past daromadga ega bo‗lganlarning daromadlari o‗rtasidagi farq 1:10 (birmuncha taraqqiy etgan Yevropa mamlakatlarida bu ko‗rsatkich 1:6-8 ni tashkil etadi)dan oshsa, u holda jamiyat ijtimoiy beqarorlik zonasiga kirib boradi. Rasmiy statistik ma‘lumotlarga ko‗ra mazkur nisbat O‗zbekistonda 1:8 ni, ayrim shaharlar va hududlar bo‗yicha esa bundan ham ko‗proqni tashkil etadi.
Mamlakatda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush darajasi va sifatining pastligi bilan bog‗liq bo‗lgan muammolar jamiyatda ijtimoiy nizolar va zo‗riqishlarni keltirib chiqaradi. O‗zbekistonda bozor munosabatlari joriy etilishining dastlabki davrlarida aholi daromadlari o‗rtasida tabaqalanishning keskin kuchayishi asnosida jamiyatda ijtimoiy nizolar xavfining kelib chiqishi yanada kuchaydi.
Bugungi kunda mamlakatda 12-15 foiz aholi kambag‗al hisoblanadi, agar ma‘lumotlarni yanada aniqroq hisob-kitob qilsak, bu ko‗rsatkich undan ham yuqori bo‗lishi mumkin. O‗rta sinfning ulushi bo‗yicha ham turlicha baholashlar mavjud. G‗arb mamlakatlarida o‗rta sinf vakillariga mansublikni baholashda shaxsning ma‘lumoti, shug‗ullanadigan aqliy va jismoniy faoliyati, daromadi kabi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Mazkur yondashuvdan foydalansak, bugungi kunda katta yoshdagi mamlakat aholisining 40 foizini o‗rta sinfga mansub deb hisoblashimiz mumkin. Ammo mazkur yondashuv O‗zbekiston uchun unchalik


ham qo‗l kelavermaydi. Xususan, bugungi kunda O‗zbekistonda oliy ma‘lumotga ega va u yoki bu faoliyat bilan shug‗ullanayotgan shaxs o‗zini o‗rta sinfga mansub deb hisoblasada, uning daromadlari o‗ta past darajada. Shuni inobatga olgan holda, bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida fuqarolarining 40-45 foizi o‗rta sinfga mansub bo‗lsa, 5 foiz aholini boylar qatlamiga qo‗shishimiz mumkin.
Jamiyat aholsining bunday ijtimoiy tarkibi, shu bilan bir qatorda uy-joy bilan ta‘minlanish, sifatli ta‘lim, tibbiy va madaniy xizmatlardan foydalanish borasidagi keskin tafovutlar mamlakatda aholi o‗rtasida jiddiy noroziliklarni keltirib chiqaradi.
Mamlakatda qishloq feldsherlik punklarini tugatish va o‗quvchilar soni kam bo‗lgan maktablarni optimallashtirish asnosida ko‗plab aholi punktlarida istiqomat qiluvchi aholi o‗rtasida norozilik kayfiyatining kuchayishiga olib keldi. Transport vositalari bilan ta‘minlanish darajasining pastligi, mahalliy yo‗llar ahvolining yomonligi aholini tez va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishiga katta salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday muammolarning yanada kuchayishi ko‗pchilik holatlarda o‗z vaqtida tibbiy yordam ko‗rsatish imkoniyatining yo‗qligi bois fuqarolarning o‗limiga olib kelishi ko‗p kuzatilgan. Muammolarning bunday surunkali va jiddiy tus olishi mazkur muammolarni hal etish borasida maqsadli davlat siyosatini amalga oshirishga va bugungi kunda mamlakatda yosh mutaxassislarning uzoq aholi yashash manzillarida ta‘lim, sog‗liqni saqlash sohasida o‗z mehnat faoliyatlarini olib borishlarini rag‗batlantirish maqsadida turli dasturlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Lekin ko‗rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan mazkur muammolar hanuz o‗zining to‗liq yechimini topayotgani yo‗q.
Shaxs nuqtayi –nazaridan maqbul iqtisodiy xavfsizlik darajasini ta‘minlash borasidagi jiddiy muammolardan yana biri – bu aholini uy-joy bilan ta‘minlash darajasining pastligi hisoblanadi. Bu ko‗rsatkich uzoq yillar davomida asosiy e‘tiborni uy-joy qurishga emas, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratgan. Ijtimoiy uy-joy olish uchun yillar davomida navbatda turganlar oilalar sonining ko‗pligi mamlakat uchun tahdid hisoblanadi. Keyingi yillar


davomida uy-joy olish uchun navbatda turgan oilalarning soni kamaymagan va bunday oilalar umumiy oilalar sonining 5 foizini tashkil qiladi.
Bugungi kunda hukumat fuqarolar tomonidan o‗z va qarz mablag‗lari evaziga uy-joy sotib olishlarini rag‗batlantirish siyosatini amalga oshirmoqda, bu uzoq muddatli masala sifatida o‗rinli bo‗lsa, lekin uy-joyga ehtiyojmandlarning aksariyat qismini kam ta‘minlanganlar ekanligini inobatga olsak, masalani yechimini topish uchun boshqacha yo‗l tutish lozimligi ayon bo‗ladi. 2017-2018- yilda mamlakat ipoteka bozorida kuchli siljish yuz berishi natijasida yangi uy- joylar qurilishi keskin o‗sdi. Biroq uy-joy fondining eskirganligi, ko‗pchilik turar joylar avariya holatida ekanligi bois, aholining uy-joy bilan ta‘minlanishida aytarli o‗zgarish yuz bermadi. Ipoteka bozori imkoniyatlaridan aksariyat hollarda daromadi yetarli bo‗lgan fuqarolar foydalanganlarini kuzatish mumkin. 2018-yilda mamlakat hukumati tomonidan ipoteka bozoriga katta e‘tibor qaratilishi mamlakat uy-joy qurilishini keskin oshirish imkonini beruvchi kuchli qurilish sanoati majmuiga egaligini ko‗rsatdi. Bu o‗rinda bitta muammo bor u ham bo‗lsa aholi daromadlari darajasining pastligidir.
O‗zbekistonda davlatning milliy, iqtisodiy, axborot, harbiy xavfsizligini ta‘minlash ustuvor vazifa etib belgilab kelingan, bu yo‗nalishda tegishli chora- tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilgan. Ammo xalqning, alohida shaxsning xavfsizligini ta‘minlash, davlat xavfsizligini ta‘minlash tizimida e‘tibordan chetda qolgan yoki unga bu tizimning bir kichik elementi sifatida jiddiy e‘tibor qaratilmagan. Inson xavfsizligini ta‘minlashning bugungi taraqqiyot mazmuniga mos yangi strategik Konsepsiyasini ishlab chiqish va hayotga joriy etish davr talabidir. Xususan, mamlakatimizdan norasmiy yo‗l bilan xorijga ketayotgan mehnat migrantlari – O‗zbekiston fuqarolarining taqdiri bilan uzoq yillar davomida hech kim, hech qanday idora, tashkilot amalda shug‗ullanmadi. Oqibatda, xorijga ketgan hamyurtlarimizdan 20-30 foizining hayoti katta xavf-xatar ostida bo‗ldi, 3-5 foiz hamyurtlarimiz esa turli sabablar bilan, himoyasizligi oqibatida hayotdan ko‗z yumdi, ―odam savdosi‖ning qurboni bo‗ldi. Uzoq yillar davomida bunday holatga
―panja ortidan‖ qarab kelindi. Bu borada, o‗tgan 2017-yilgacha tegishli choralar


ko‗rilmadi, xorijdagi hamyurtlarimizning xavfsizligini ta‘minlash choralari ishlab chiqilmadi.
Migrantlar masalasi hukumatning diqqat markazida bo‗lishi, bu borada tegishli tadqiqotlar o‗tkazilishi lozim. Xorijdagi O‗zbekiston fuqarosining yashash joyi, faoliyatining turi, oilaviy ahvoli, ijtimoiy himoyalanganlik darajasi, daromadlari xususidagi ma‘lumotlar tegishli davlat idoralarida mavjud bo‗lishi kerak. Xorijdagi har bir fuqaromiz to‗g‗risida ―ma‘lumotlar banki‖ni yaratish va uning asosida odamlarimiz bilan doimiy aloqada bo‗lib turish kerak. Bu borada sharoit taqozo etsa, xalqaro normalar doirasida migrantlar ishi bo‗yicha ba‘zi majburlov choralarini ham joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, inson xavfsizligini ta‘minlash davlatning uzoq muddatga hamda yaqin kelajakka belgilagan vazifalaridan, milliy hamda xalqaro xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi amaliy ishlaridan kelib chiqishi lozim. Inson xavfsizligini ta‘minlash milliy xavfsizlikni ta‘minlash darajasida, u bilan bir qatorda bo‗lishi zarur.
Uchinchidan, inson xavfsizligini ta‘minlash masalasi inson huquqlari, demokratiya, taraqqiyot borasida amalga oshiriladigan tadbirlar bilan uzviy bog‗liq holda olib borilishi lozim.
To‗rtinchidan, inson xavfsizligiga bo‗layotgan tahdid, xavf, chaqiriqlar, bugungi kunda juda murakkab tus olganligini inobatga olish va har bir shaxs xavfsizligini ta‘minlashda, bu ishda tashabbuskor bo‗lishda jamiyatdagi barcha kuchlar — davlat boshqaruv organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro nufuzli tashkilotlar mas‘ul bo‗lishlari lozim. Sababi, inson xavfsizligiga bo‗layotgan tahdidlar nafaqat milliy, balki xalqaro, global ahamiyatga ega va ularni bartaraf etish davlatlarning ko‗p tomonlama hamkorligini taqozo etadi. Bu hamkorlik natijasida esa samarali qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, hayotga joriy etish imkoni tug‗iladi.
Beshinchidan, inson xavfsizligi Konsepsiyasini ishlab chiqishda bu ishga aloqador idoralarning tizimli hamkorligini ta‘minlash maqsadga muvofiqdir.


Oltinchidan, inson xavfsizligini ta‘minlash va uni yangi bosqichga ko‗tarishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining roli juda muhim. NNTlar inson xavfsizligini ta‘minlashda davlatning yaqin hamkori bo‗lishi darkor.
Ijtimoiy sohada mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi jiddiy muammolardan yana biri – bu ishsizlikdir. Ishsizlik mamlakat uchun nisbatan yangi fenomen hisoblansada, mamlakatning mehnat resurslari ortiqcha bo‗lgan hududlari va hududlar o‗rtasida mehnat kuchlarining taqsimlanishida nomutanosiblik mavjud.
O‗zbekistonda rasmiy ishsizlik darajasi uncha katta bo‗lmasda ( 2018 yilda iqtisodiy faol aholining 9,7 foizini tashkil etgan, biroq uning amaldagi ko‗lami va darajasi sezilarli darajada yuqoridir. O‗zbekistonda yashirin ishsizlik darajasining amaldagi ko‗rsatkichlari 20-23 foizni, mamlakatning ayrim hududlarida esa bundan ham yuqoriroqni tashkil etadi. Ishsizlik darajasining o‗sishi kambag‗allik muammosini yanada chigallashtirgani va jamiyatdagi ijtimoiy beqarorlikni kuchaytirgani holda, shaxs va davlatning iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy xavf tug‗diradi.



Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling