Reja: Sharq mamlakatlarida shaxs tarbiyasi masalalari


Yaponiyada Yapon yoshlarida 16 ta fazilatni shakllantirish belgilab berilgan. 16 fazilat 4 ta guruhga bo‘linadi. Bular


Download 113.45 Kb.
bet2/6
Sana21.06.2023
Hajmi113.45 Kb.
#1644143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Шарқ ва ғарб мамлакатларида тарбия

Yaponiyada
Yapon yoshlarida 16 ta fazilatni shakllantirish belgilab berilgan. 16 fazilat 4 ta guruhga bo‘linadi. Bular:
  • shaxsiy sifatlar: erkinlik, o‘ziga xoslikni rivojlantirish, mustaqil bo‘lish, o‘z xohishlarini idora qila olish, piyetet (ehtirom) tuyg‘usiga egalik;
  • oila boshlig‘iga xos sifatlar: o‘z uyini mehr-muhabbat, halovat va tarbiya maskaniga aylantira olish;

  • 3) ijtimoiy sifatlar: o‘z ishiga sadoqat, jamiyat farovonligiga hissa qo‘shish, ijodkorlik, milliy (ijtimoiy) qadriyatlarni hurmat qilish;
    4) fuqarolik sifatlari: vatanga sodiq bo‘lish, davlat ramzlarini qadrlash, ijtimoiy faollik, eng yaxshi milliy fazilatlar sohibi bo‘lishni o‘rgatadi.

Yaponiyada
Yapon bolalari tarbiyali, odobli, oqko‘ngil bo‘lishadi, kamdan-kam hollarda o‘z hissiyotlari ustidan nazoratni yo‘qotadi.
Yaponiyada ona va bola juda yaqin. Bu yaqinlik maishiy hayotda ham aks etadi, ona va bola birga uxlaydi, ona bolani uzoq vaqt ko‘tarib yuradi. Birga uxlash va bolani ko‘tarib yurish haqida yapon badiiy adabiyotida ko‘plab eslatmalarni topish mumkin. Ona-bola aloqasi hissiy darajada aks etadi, ona bola qilayotgan hamma narsani mehr, sabr va g‘amxo‘rlik bilan qabul qiladi.
“Ikudzi” prinsipiga asosan (bola avval xudo, keyin xizmatkor), besh yoshgacha bolaga hamma narsa mumkin. Bu ko‘plab xorijliklar o‘ylaganidek irodasizlik va bo‘ysunmaslik emas. Bu bolada “men yaxshi va sevimliman” tushunchasini hosil qilish hisoblanadi. Bunday munosabat “amae”ning shakllanishiga hissa qo‘shadi. “Amae” – bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar asosi bo‘lib, bolalar to‘laligicha ota-onalariga va ularning mehriga suyanishi mumkin. Qariyalar esa katta yoshli bolalaridan xuddi shu narsani qabul qilib oladi.
“Ikudzi” tizimi: xudo, xizmatkor va teng
“Ikudzi” tarbiya tizimiga asosan, bola besh yoshgacha – xudo, besh yoshdan 15 yoshgacha – xizmatkor, 15 yoshdan boshlab – teng hisoblanadi.
Yaponlarda qoidaga ko‘ra bola tarbiyasi bilan ona shug‘ullanadi. Ular bolalar bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi. Yaponlar bolani uch yoshdan oldin bolalar bog‘chasiga berish kerak emas, deb hisoblaydi. Asosiysi, bolani buvisiga berish yoki enaga yollash ma’qullanmaydi. Biroq bunda kengaytirilgan oilaga katta ahamiyat beriladi: bolalar bobo va buvilar hamda boshqa qarindoshlar bilan faol muloqotda bo‘ladi. Avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar ta’sirchanlik va diqqatga asoslanadi, bu yerda keksalarning fikrlari tinglanadi. Oila – bu “amae” hukmronlik qiladigan va har doim qo‘llab-quvvatlaniladigan va g‘amxo‘rlik qilinadigan doira.

Download 113.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling