Reja: Sharqda notiqlik san'ati


Download 0.79 Mb.
bet3/4
Sana13.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1090387
1   2   3   4
Bog'liq
Sharq olimlari nutqi madaniyati va notiqlik togrisida

Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tugʻilgan, uning ota-onasi, bolaligi haqida hozircha hech qanday aniq maʼlumot yoʻq. Bizningcha, u boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan. U arab, fors, turkiy tili, matematika, astronomiya, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan. Yoshligidanoq voizlik – soʻz sanʼati bilan shugʻullangan. Koshifiy Sabzavorda tez orada koʻzga koʻringan voiz – notiq boʻlib tanilgan. Keyinchalik Nishopurda 1455–1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468 yilning oxirlarida Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Husayn Voiz Koshifiy Hirotga keladi va qolgan um-rini asosan Hirotda Temuriylar rahnamoligida oʻtkazadi.

  • Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tugʻilgan, uning ota-onasi, bolaligi haqida hozircha hech qanday aniq maʼlumot yoʻq. Bizningcha, u boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan. U arab, fors, turkiy tili, matematika, astronomiya, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan. Yoshligidanoq voizlik – soʻz sanʼati bilan shugʻullangan. Koshifiy Sabzavorda tez orada koʻzga koʻringan voiz – notiq boʻlib tanilgan. Keyinchalik Nishopurda 1455–1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468 yilning oxirlarida Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Husayn Voiz Koshifiy Hirotga keladi va qolgan um-rini asosan Hirotda Temuriylar rahnamoligida oʻtkazadi.

Kaykovus (XI asr) To’liq ismi – Unsurul Maoliy Kaykovus. Hayoti haqida to’liq ma’lumot yo’q. U G’arbiy Eron podshohi Shamsul Maoniy Qobusning nabirasi bo’lgan. Asarlari: Kaykovus o’g’li Gilonshohga atab «Qobusnoma» asarini 60 yoshida yozadi. Asar pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, unda yoshlar tarbiyasida juvonmardlik talablaridan eng muhimi axloq tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Kaykovus yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to’g’rilikka, yaxshilikka, adolatlilikka undaydi. Asarda asosan o’zgalarga nisbatan insoniy munosabatda bo’lishlik uqtiriladi. Kaykovus odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik, yana biri juvonmardlikdir. U bilim va aqlning ahamiyatini ulug’lar ekan, uni mol-dunyodan ham yuqori qo’yadi. Asarda yoshlar tarbiyasida – juvonmardlik talablaridan eng muhimi – axloq tarbiyasi, deb ko’rsatiladi. U yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo’lish, adolatlilik, samimiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana shu ezgu maqsadini amalga oshirishga harakat qiladi. Ko’rinib turibdiki, Kaykovus qarashlarida inson tarbiyasi omili muhim o’rin tutadi. U axloqlilikning birinchi belgisi suxandonlik deb biladi. U notiqlikda rost so’zlash kerakligini ta’kidlaydi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling