Reja: Shaxs haqida tushuncha


Download 1.76 Mb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1511912
  1   2
Bog'liq
Bola shaxsiga ta\'sir qiluvchi omillar


Mavzu: Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Reja:
  • Shaxs haqida tushuncha
  • Bola shaxsining rivojlanishida buyuk mutafakkirlarning pedagogik qarashlari
  • Bola shaxsining rivojlanishiga tasir qiluvchi omillar

Shaxs deganda muayyan jamiyatning aniq a'zosi tushuniladi. Inson bolasi shaxs bo`lmog`i uchun ruhiy jihatdan rivojlangan, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan o`zgalardan farq qilmog`i, o`zini to`laqonli inson deb his qilmog`i, ya'ni o`zligini anglab yetmog`i shart.
Har bir odam shaxs sifatida o`zining xarakteri, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, e'tiqodi va mehnatga munosabati bilan boshqalardan farq qiladi. Bular shaxsning o`ziga xos xususiyatlari bo`lib, shu ruhiy xususiyatlar rivojlanib, yuqori darajaga ko`tarilsa, u mukammal, komil inson bo`ladi.
Abu Nasr Al –Farg’oniy Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri edi. U fanning boshqa sohalarida ijod qilishi bilan birgalikda ta’lim-tarbiya xususida ham o’zining ilmiy faoliyatida keng to’xtalib o’tadi. Uning fikricha, insonning boshqa mavjudoddan farqi aql bilan ahloqi, xulqu odobidir. Chunki axloq haqida fikr yuritish insonni, insoniylikni o’rganishdan iborat.
Farobiyning uqtirishiga, insonning barcha qobiliyat va fazilatlari ikki tomonga ega. Birinchisi tug’ma, irsiy xislatlar bo’lsa, ikkinchisi, tajriba amaliyot sharoit ta’sirida tarkib topadigan xislatlardir. Shuningdek bola tarbiyasida bir –biri bilan bog’liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi.
Farobiyning uqtirishiga, insonning barcha qobiliyat va fazilatlari ikki tomonga ega. Birinchisi tug’ma, irsiy xislatlar bo’lsa, ikkinchisi, tajriba amaliyot sharoit ta’sirida tarkib topadigan xislatlardir. Shuningdek bola tarbiyasida bir –biri bilan bog’liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi.
Farzandlarni odobli –axloqli tarbiyalash masalasi Abu Bakir Muhammad ibn Al Abbos Al –Xorazimiy qarashlarida ham mavjud. Uning aytishicha “Ota –onalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli” shunga ko’ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga ega. Uning quyidagi so’zlari ancha ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o’quvchini ko’rmadim” uning bu so’zlaridan biri tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Farzand tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida, eng muhimi bola ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni yozadi. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi.
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo’lib, u barcha tug’ma va egallangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish buyicha o’sishi, vazinning kuchini ortishi, sezgi a’zolarini mukammallashuvi, xarakatlarni to’g’ri boshqara bilish bilan bog’liqdir.
Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o’zgarishlar ro’y beradi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak- atrofga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling