Reja: Shaxs haqida tushuncha
Shaxsni shakllantirishga uchta omil
Download 1.76 Mb.
|
1 2
Bog'liqBola shaxsiga ta\'sir qiluvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- E`tiboringiz uchun rahmat!
Shaxsni shakllantirishga uchta omil:
Maktabgacha pedagogika tarbiyani yetakchi omil deb qaraydi, chunki bu to’plangan ijtimoiy tajribani yetkazish uchun yosh avlodga ta’sir ko’rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog’chasida, maktabda, mehnat jamoalarida amalga oshirilib, turmushni, faoliyatni, muomalani tashkil etishga qaratilgandir. Tarbiya shaxsni rivojlanishini ta'minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o`zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantirunchi omil bo`lmog`i uchun tarbiyalanunchi jamiyatning tarbiya oldiga qo`ygan talablarini, shaxsning o`ziga xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchilikni e'tirof etish bilan birga ularniig o`zaro bir-biriga ta'sirini tan oladi. Bolalarni o`qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati pedagoglarning har xil yoshdagi bolalar o`rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog`liqdir. Shunday ekan, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim. Shuning uchun xarakteri, xulq-atvori, umuman jismoniy va manaviy taraqqiiyotini o`rganish, shuni ko`rsatadiki, bu jarayon murakkab va ziddiyatlidir. Shu sababli rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, balki bunda sakrashlar, notekisliklar ham sodir bo`ladi. Shaxsni shakllantirishga muhit — ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy muxit shaxsni rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi. Tabiiy muhit (iqlim sharoitlari, o’simliklar, hayvonot dunyosining ahvoli) ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Kishi tug`ilgan kunidan boshlab sotsial mavjudot bo`lib qoladi. Uning xarakteri, xulq-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yig`indisi ya'ni tevarak–atrofdagi odamlarniig unga munosabati, namuna ko`rsatishlari, mafkuralari, o`z faoliyatida hosil qilgan tajribasi ta'sirida shakllanadi. Albatga, ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta'sir ko`rsatadi. Pedagog bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko`rsatishini bilishi lozim. Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob’ektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, modda almashinuvi tipini, asab sistemasi tipi va qayishqoqligini (bular uning atrof-muhit ta’siriga beriluvchan qilib qo’yadi), asab reaktsiyalari jushqinligi va tezligini meros qilib oladilar. Asosiy shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyatturlariga qobiliyatning alohida anatomik-fiziologik asoslari — qobiliyat nishonalari han meros bo’ladi. Irsiyat tug’risidagi fan — genetika odamlarda yuzlab turli qobiliyat nishonalari — mutloq eshitish, favqulodda ko’rish xotirasi, g’oyat tez ta’sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy iste’dodgacha mavjud bo’lishini nazarda tutadi. Xullas, irsiyat deganda bolagan ota‑ona, yaqin qarindoshlari, ya'ni nasldan-naslga o`tadigan biologik xususiyat va o`xshashliklar tushuniladi. Odob, axloq xulqiy sifatlar esa-barcha ruhiy ta'siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishiga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo`la olmaydi E`tiboringiz uchun rahmat! Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling