Reja: Shaxs va uning faolligi Faoliyat turlari: jismoniy va aqliy harakatlar Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi


Download 454.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi454.61 Kb.
#1407997
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13. KASBIY PSIXOLOGIYADA SHAXS VA UNING FAOLLIGI

DUNYOQARASH 
E’tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi. Shaxsning 
dunyoqarashi
1
– tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar 
va g’oyalar majmui bulib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o’z shaxsiy qiyofasiga ega 
tarzda jamiyatda munosib o’rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida 
shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy 
qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o’z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo’liga – 
kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha 
tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, 
dunyoqarash va e’tiqoddir. 
MAQSADLAR VA IDEALLAR 
Ijtimoiylashuvning mas’uliyat hissiga bog’liq yo’nalishlaridan yana biri shaxsda 
shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish
ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq va yaqinga mo’ljallangan rejalarni amalga 
oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad va rejasiz inson – ma’naviyatsiz 
pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o’zining anglanganligi va shaxs real 
imkoniyatlariga bog’liqligi bilan xarakteralanadi. Ularning shakllanishi va ongda 
o’rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham rol o’ynaydi. Ideallarshaxsning 
hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu-umidlari bo’lib, ongda 
mavjudligi va har doim ham amalga oshmasligi bilan xarakterlanadi. Chunki ularning 
paydo bo’lishiga sabab bevosita tashqi muhit bulib, o’sha ideallar obyekti bilan shaxs 
imkoniyatlari o’rtasida tafovut bo’lishi mumkin. Masalan, o’smirning ideali otasi, u 
otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo’lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda 
erishib bo’lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo’yib, unga 
erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi. 
Umuman, shaxsning qarashlari, dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartirishda, 
bizning sharoitimizda ularni sog’lom g’oyalarga ergashtirishda mafkuraviy ishlarni 
kuchaytirishimiz yaxshi samaralar beradi, albatta. Faqat bunda o’sha oddiy inson 
psixologiyasiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish va ularga amal qilish maqsad 
muvofiqdir. Mafkuraviy targ’ibot-tashviqot haqida gap ketganda, uning inson ongi va 
psixologiyasiga ta’sir qilishiga umid qilib, ish yuritiladi. Erkinlikni juda yaxshi 
ko’rgan amerikalik va yevropaliklar ham haqiqatga ergashish, ezgu amallarga itoat 
qilishning hyech qanday shaxs erkinligiga tahdidi yo’qligi, aksincha, uni jamiyatdagi 
mavqyeini yanada mustahkamlashini targ’ibot qiladi. 

Download 454.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling