Reja: Shaxsiy kompyuterlarni yaratilishi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana25.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1295106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Akramovna Feruza

Purkovchi printerda tasvir qog’ozga 
maxsus qurilma orqqali purkaladigan siyoh 
tomchilaridan yuzaga keladi. Purkovchi 
rangli printer sifati lazerli printerga yaqin,
narxi arzon va shovqinsiz ishlaydi. Shuning 
uchun hozirgi kunda ko’pchilik undan 
foydalanyapti. Tezligi bir bet uchun 15 dan 
100 sekundgacha. 
Lazerli printerlar matnlarni bosmaxona sifati darajasiga yaqin darajada 
chop etishni ta'minlaydi. U ishlash nuqtai 
nazaridan nusxa ko’chiruvchi kseroksga yaqin. 
Bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter 
buyrug’i 
yordamida 
elektrlanadi. 
Buyoq 
donachalari zarblanib barabanga yopishadi va 
tasvir hosil bo’ladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 
dan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko’proq, katta 
rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. 
Hozirgi kunda minutiga 15—40 betgacha chop 
etadigan lazerli printerlar bor. 
Lazerli kompakt disklar. Lazerli 
kompakt disklar uchun disk yurituvchi (CD-
ROM)ning ish printsipi egiluvchan disklar uchun disk yurituvchilarning ish 
printsipiga o’xshashdir. CD-ROMning yuzasi lazer kallakka nisbatan o’zgarmas 
chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tezlik esa kallakning radial 
joylashishiga qarab o’zgaradi.
Lazer nuri disk yo’lakchasi tomon yo’naladi va kallak yordamida 
fokuslanadi. Himoya qatlamidan o’tgan nur disk yuzasining nurini qaytaruvchi 
alyumin qatlamiga tushadi.
Yo’lakchaning 
baland qismiga tushgan nur 
detektorga qaytadi va nurni 
sezuvchi 
diod 
tomon 
yo’naltiruvchi prizma orqali 
o’tadi. Agar nur yo’lakcha chuqurchasiga tushsa, u 
tarqaladi va tarqalgan nurning juda kam qismi orqaga 
qaytib, nurni sezuvchi diodgacha etib keladi. Diodda nurli impulslar elektr 
impulslariga aylanadi: yorug’ nurlanishlar nollarga aylanadi, xira nurlanishlar esa 


11 
— birga. Shunday qilib, chuqurliklar mantiqiy nol sifatida, tekis yuza esa 
mantiqiy bir sifatida qabul qilinadi. 
SD-ROMning unumdorligi odatda uning biror vaqt davomida 
ma'lumotlarni uzluksiz o’zlashtirishidagi tezlik harakteristikalari va ma'lumotlarga 
yetishning o’rtacha tezligi bilan aniqlanadi. Disk yurituvchining buferi 
ma'lumotlarni CD-ROM dan o’qigandan so’ng, kontroller platasi, so’ngra 
markaziy protsessorga jo’natishgacha bo’lgan vaqt davomida, qisqa muddatga 
saqlash uchun maxsus xotira hisoblanadi. Bunday buferlashtirish disk qurilmasiga 
ma'lumotlarni protsessorga kichik miqdorlarda uzatish imkonini beradi. 
Audioadapter. Har qanday multimediaviy shaxsiy kompyuter tarkibida 
audioadapter platasi mavjud. Creative Labs firmasi o’zining birinchi 
audioadapterini 
Sound 
Blaster 
deb 
atalgani uchun ularni ko’pincha 
«saundblasterlar» deyishadi. Audioadapter kompyuterga faqat sterefonik 
ovoznigina emas, balki tashqi qurilmalarga tovush signallarni yozish imkonini ham 
beradi. 
Shaxsiy kompyuterlarning diskli jamlagichlariga oddiy (analogli) tovush 
signallarini yozish mumkin emas. Ular faqat raqamli signallarnigina yozishga 
mo’ljallangandir.
Audioadapter tovush signali darajasini davriy ravishda aniqlab, uni 
raqamli kodga aylantirib beruvchi analog-raqamli o’zgartirgichga ega. Mana shu 
ma'lumot tashqi qurilmaga raqamli signal ko’rinishida yozib qo’yiladi. Ushbu 
jarayonga teskari jarayonni amalga oshirish uchun raqam-analogli o’zgartirgich 
qo’llaniladi. U raqamli signallarni analogli signallarga aylantirib beradi. Filtratsiya 
qilingandan 
so’ng 
ularni 
kuchaytirish 
va 
akustik 
kolonkalarga uzatish mumkin. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling