Reja: Shaxsiy kompyuterlarni yaratilishi


Elektron hisoblash mashinalarida axborotni tasvirlash


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana25.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1295106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Akramovna Feruza

Elektron hisoblash mashinalarida axborotni tasvirlash 
 
Inson faoliyatining ixtiyoriy shakli axborotni uzatish va qayta o‘zgartirish 
bilan bog‘liqdir. Axborot terminining aniq ta’rifi mavjud emas, lekin, biz, axborot 
deganda, qandaydir ob’ektlar xolatining o‘zgarishini boshqarishni tushunamiz.


13 
Qandaydir moddiy shaklda fiksirlangan va mujassamlantirilgan axborot 
xabar yoki signal deb ataladi. Signallar uzluksiz yoki diskret bo‘lishi mumkin. 
Uzluksiz (analog) signal, o‘zgarishi qaralayotgan jarayon haqida axborotni vaqt 
bo‘yicha akslantiruvchi qandaydir fizikaviy miqdor elektr toki, kuchlanish va bosh 
sifatida ifodalanadi. Uzluksiz signalni uzatuvchi fizikaviy miqdor biror aniq 
intervalda ixtiyoriy qiymatlarni qabul qilishi mumkin, va vaqtning ixtiyoriy 
momentlarida o‘zgarishi mumkin. Diskret xabarlarda, vaqtning qandaydir 
momentlarida ulardan turli ketma-ketliklar vujudga keluvchi fiksirlangan darajalar 
to‘plami mavjuddir. 
Diskret shaklidagi signal 2-rasmda tasvirlangan
2-rasm. Diskret shakldagi signal 
Ikkita darajasi mavjud bo‘lgan diskret signal ikkilik deb ataladi (3.-rasm) 
3-rasm. Ikkilik signal 
3.2-rasmda bir darajadan ikkinchisiga o‘tish bir laxzada sodir bo‘luvchi 
ikkilik signal ko‘rsatilgan. Bunday signal ideal deb ataladi. Undan foydalanish 
tizim va protsessorlarning turli rusumlarini nazariy taxlil qilish uchun qulaydir. 
Biroq, barcha real tizimlar va apparatlar inersiyali bo‘ladi va vaqt bo‘yicha 
kechikib ishlaydi. Ularda signal darajalari orasidan o‘tish, 4-rasmdagiga o‘hshash, 
vaqtning nolga teng bo‘lmagan kesma oralig‘da ro‘y beradi.


14 
4-rasm. Real ikkilik signal 
1. Raqamli texnikaning mantiqiy asoslari 
Axborotni murakkab qayta ishlashni amalga oshirayotgan ixtiyoriy diskret 
qurilma qandaydir elementar tarkibiy qismlar –elementlardan tuziladi . 
Bunda elementlar aniqlangan qoydalarga asosan birlashadi. Elementlarning 
tabiatini va ularning birlashishini qurilmaning umumiy ishlash tamoyili aniqlaydi. 
Elementlar va ularning birikmalarini aks ettiruvchi, qurilmaning ideallashtirilgan 
rusumini sxema deb ataymiz. 
Murakkab raqamli qurilmaning alohida tugunlari (bloklari) orasida 
uzatiluvchi axborot kodli so‘zlar ko‘rinishida ifodalanadi. Shunday qilib, har bir 
tugunning kirish qismiga kodli so‘zlar kelib tushadi, har bir tugunning chiqish 
qismida, kirish so‘zlarining qayta ishlangan natijasi sifatida yangi kodli soz hosil 
bo‘ladi. Chiqish so‘zi tugunning kirish qismiga qanday so‘zlar kelib tushganiga 
bog‘liq bo‘ladi. Bunday funksiyalarning aloxida hususiyati, funksiya va uning 
argumentlari, faqat man 0 и man1 qiymatlarni qabul qilishini e’tiborga olib, 
bunday funksiyalarni mantiqiy algebra funksiyalari (MAF) deb ataymiz. 
Mantiqiy algebra funklsiyalarini vujudga keltirishga mo‘ljallangan 
qurilmalar mantiqiy qurilmalar yoki raqamli qurilmalar deb ataladi.
Raqamli qurilmalarni (yoki ularning tugunlarini) turli alomatlariga ko‘ra 
turlarga ajratish mumkin. 
Kodli so‘zlarni kiritish va chiqarish usuliga asosan, ketma-ket, parallel va 
aralash ishlaydigan mantiqiy qurilmalarga ajratiladi.
Ketma-ket ishlash tamoyiliga asoslangan qurilmaning kirish qismiga kodli 
so‘zlarning simvollari bir vaqtda emas, vaqt bo‘yicha ketma-ket simvol ortidan 
simvol uzatiladi (ya’ni ketma-ket shaklda). Huddi shunday ketma-ket shaklda 
chiqish so‘zi uzatiladi. 5-rasmda shunday qurilmaga misol keltirilgan. Rasmdagi 
qurilma log.1 ni chiqarish bilan kirish qismidagi simvollarning mos tushmaganlini,
log.0 ni chiqarib simvollarning ustma-ust tushganligini bildirishini idrok etish 
qiyin emas (haqiqatdan ham, Kir
1
= 1 va Kir
2
= 0 yoki Kir
1
= 0 va Kir
2
= 1 bo‘lib 
simvollar ustma-ust tushmaganda qurilmaning chiqishida Chiqish=1, kirish 
simvollari Kir
1
=1 и Kir
2
=1 yoki Kir
1
=0 и Kir
2
=0 bo‘lib, ustma-ust tushganda esa
chiqishga Chiqish = 0).



Kirish 1 
Kirish 2 
Kirish 3 
Chiqish 
Kirish1 
Kirish2 
Mantiqiy 
kurilma 


15 
5-rasm. 
Parallel ishlash qurilmasining kirish qismiga har bir kodli so‘zning n ta 
simvoli bir vaqtda kelib tushadi (parallel shaklda).Aynan shunday shaklda chiqish 
qismida, chiqish so‘zi tuziladi. Ravshanki, kodli so‘zlarni qabul qilish va 
uzatishning parallel shaklida kirish (chiqish) so‘zining har bir razryadi uchun 
qurilmada alohida kirish yo‘li bo‘lishi kerak. Bunday qurilmaga misol sifatida 6-
rasm ko‘rsatilgan. Qurilma kirish so‘zlarining razryadlari ustidan rasmda 
ko‘rsatilgan qurilma singari, lekin parallel shaklda aynan shu mantiqiy operatsiyani 
bajaradi. Qurilmaning kirish qismi, har biri parallel shakldagi, uch razryadli kirish 
kodli so‘zlarni qabul qilish uchun ikki guruhga (I va II) ajratilgan. Qurilmaning 
chiqish qismida parallel shaklda uch razryadli chiqish so‘zi hosil bo‘ladi. 
6-rasm 
Aralash tamoyilga asosan qurilmalarda kiritish va chiqarish kodli so‘zlari 
turli shakllarda ifodalanadi. Masalan, kiritish so‘zlari – ketma-ket shaklda, 
chiqarish so‘zlari – parallel shaklda uzatiladi. Aralash ishlash qurilmalari kodli 
so‘zlarni bir shakldan boshqasiga ifodalash uchun foydalaniladi (ketma-ket 
shakldan parallelga va aksincha) 
Mantiqiy qurilmalar bajaradigan funksiyasiga qarab ikki sinfga ajratiladi: 
Kirish 



Kirish 



Kirish 



Kirish 



Kirish 



Kirish 



Chiqish 



Chiqish 



Chiqish 



Chiqish 1 
Chiqish 2 
Chiqish 3 
Kirish 1 
Kirish 2 
Kirish 

Kirish 1 
Kirish 2 
Mantiqi

qurilma 


16 
kombinatsiyali qurilmalar (va mos ravishda kombinatsiyali sxemalar) va ketma-
ketlilik qurilmalari (ketma-ketlilik sxemalari). 
Kombinatsiyali qurilmalarda (xotirasiz avtomat deb ham ataluvchi) 
chiqishdagi har bir simvol (man.0 yoki man.1), shu vaqt momentida qurilmaning 
kirish qismidagi simvollari orqali aniqlanadi va bu kirish qismlarida oldin 
simvollar uzatilganligi bilan bog‘liq emas. Bu ma’noda aralash qurilmalar xotiraga 
ega emas (ular qurilmaning oldingi ishi haqidagi ma’lumotni saqlamaydi).
Ketma-ketlilik qurilmalarida (xotirali avtomatlarda) chiqish signali faqat shu 
momentda kirish qismida uzatilayotgan simvollar to‘plami bilan emas, 
qurilmaning ichki holati bilan ham aniqlanadi. Bu degani, qurilmaning butun 
ishlash jarayonidagi barcha oldingi vaqt momentlarida qanday simvollar 
uzatilganligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun, ketma-ketlilik qurilmalari xotiraga 
ega desa bo‘ladi. Kombinatsiyali va ketma-ketlilik qurilmalariga misol ko‘ramiz. 
Faraz qilaylik, 7-rasm kirishdagi signallarning ustma-ust tushishini 
aniqlovchi chiqishdagi signalni tuzishga mo’ljallangan: ikkita kirishda ham yoki 
man.1, yoki man.0 uzatilsa chiqishda log.1 uzatiladi; agar kirishning bittasida 
man.1, boshqasida man.0 uzatilayotgan bo‘lsa qurilmaning chiqishida man.0 hosil 
bo‘ladi 
7-rasm 
Bunday tuzilma kombinatsiyali hisoblanadi va bunda chiqishda tuzilayotgan 
mantiqiy funksiyaning qiymati, shu vaqt momentidagi uning argumentlarining 
qiymati bilan aniqlanadi.
Boshqa misolni ko‘rib chiqamiz. 8-rasmdagi hisoblagich impulslarni 
sanaydi. Vaqtning har bir momentida uning holati, bitirishga kelib tushgan 
impulslarning soniga teng. Shiqish axboroti berilgan vaqt intervaligacha 
hisoblagichning holati qanday bo‘lganligiga va berilgan vaqt intervalida kirishga 
impuls tushishiga bog‘liq. Shunday qilib, berilgan qurilma ketma-ketlilik 
qurilmasini tashkil qilar ekan. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling