Reja: Shaxsiy kompyuterlarni yaratilishi


To`rtinchi avlod mashinalari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana25.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1295106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Akramovna Feruza

To`rtinchi avlod mashinalari katta integral sxemalarda qurilgan, ko`p 
prosessorli mashinalardir. Bu turdagi EHMlarning tezligi 10 million amal
/
sekunddan ortiqdir. 
Ma`lumki, katta imkoniyatlarga ega bo`lgan EHMlar juda qimmatdir.
Barcha korxona va tashkilotlar bunday EHMlarni sotib olish imkoniyatiga ega 
emas. Mana shu qiyinchilikdan qutilishning birdan bir yo`li korxona va 
tashkilotlarning birgalashib yagona EHM parklarini tashkil qilishlari va undan
birgalikda foydalanishlaridan iboratdir. Buning uchun telefon va telegraf 
yo`llari orqali EHM tarmoqlari tashkil qilinishi lozimdir. Har bir korxona va 
tashkilot tarmoq orqali EHM parkiga ulangan va undan go`yoki mustaqil 
foydalanayotgandek bo`ladi. Korxona va tashkilotning hisoblash markazlarida 
faqatgina bitta yoki bir necha kiritish va chiqarish qurilmalarining bo`lishi 
yetarli. Yuqorida ta`kidlangan EHMdan foydalanish usulini amalga 
oshirish to`rtinchi avlod mashinalarini yaratishdan qo`yilgan asosiy maqsad edi. 



Bu usulning yana bir qulayligi shundaki, barcha korxona va tashkilotlar bitta 
bir necha EHMdan tashkil topgan yagona xotiraga ega bo`lgan ma`lumotlar 
xazinasiga ega bo`ladilar. Bu ma`lumotlardan kerakli paytda foydalanadilar va 
uni qayta ishlaydilar. Yuqoridagi barcha qulayliklarni amalga oshirish EHMdan 
tashqari, o`ta mustahkam (ishonchli) telefon va telegraf yo`llarini mavjud
bo`lishini taqozo etadi. 
To`rtinchi avlodga tegishli bo`lgan EHMlardan biri Ko`p Prosessorli 
Hisoblash kompleksi - “ELBURS”dir. KHK “ELBURS” zamonaviy aloqa 
yo`llari orqali juda ko`p EHMlarni yagona markazga birlashtirish va ularga 
uzoqda joylashgan terminallarni ulash imkoniyatiga ega. Bu holda barcha 
foydalanuvchilar ixtiyoriy EHM dan foydalanish va undagi axborotlarni olish 
imkoniyatiga 
ega 
bo`ladilar. 
EHMlardan 
foydalanishning 
bu 
usuli 
(ko`pchilikning bir paytda foydalanishi) hisoblash tarmog`I bo`lib, u o`zaro
bir-biriga ulangan va ma`lumotlarni bir-biriga tezda uzata oladigan EHMlar 
guruhidan iboratdir. Hisoblash tarmog`i alohida - alohida ishlayotgan EHMlar 
guruhiga nisbatan ma`lum qulayliklarga ega. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling