Reja: Shaxsiy kompyuterlarni yaratilishi


Beshinchi avlod mashinalari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana25.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1295106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Akramovna Feruza

Beshinchi avlod mashinalari optik elementlar asosida yaratilgan bo`lib, 
ular kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer nurlari bilan 
almashtiriladi. Natijada kompyuterning tuzilishi ham tubdan o`zgaradi. Uning 
asosiy xususiyatlaridan biri faqat sonli hisoblashlarni emas, balki axborotni 
kiritishda analiz qilish usuli bilan fikrlanadigan axborotlarni ham bajarish 
imkoniyatiga ega, ya’ni kompyuter bilan muloqot tabiiy maxsus bilimga ham ega 
bo`lmog`i kerak. Xulosa qilib aytganda, beshinchi avlod kompyuterlarning ishlash 
prinsipi inson tafakkurining faoliyatiga iloji boricha yaqinlashuvi lozim. Demak, 
ushbu avlod kompyuterlarning operativ xotirasi sun’iy intellektda tasvirlanishi 
kerak. Bundan ko`rinadiki, beshinchi avlod EHMlarini faqatgina bizga ma’lum 
bo`lgan hisoblash jarayonlari uchun emas, balki inson faoliyatining turli sohalarida 
keng ko`lamda qo`llash mumkin bo`ladi.
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor 
va klaviatura (sichqoncha bilan). 
Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq 
disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun 
qurilmalar va boshqalar joylashadi. 
Shaxsiy kompyuterlarning ishlash prinsipi 
Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy 
protsessor, (ya'ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur 
yordamida berilgan ma'lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini 
boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini 
o’rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni 
bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko’rsatmalarning berilgan ketma-
ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir 
so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha 
ko’rsatmalarini bajaradi. 



Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida
odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari 
o’rnatiladi. 
Kompyuterlar 
mikroprotsessor 
turlari 
bilan 
farqlanadi. 
Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari 
ma'lum. 
1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab 
chiqarib, IBM kompyuterlariga o’rnatmoqda. Hozirda Respublikamizda IBM 
rusumli kompyuterlardan PIII keng tarqalgan. Ayrim korxona va tashkilotlarda, 
xususan ta'lim muassasalarida, jumladan akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarida PIV kompyuterlari ham o’rnatilib foydalanilmoqda. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling