Reja: Shaxsiy kompyuterlarni yaratilishi


Uchinchi avlod mashinalari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana25.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1295106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Akramovna Feruza

Uchinchi avlod mashinalari integral sxemalarda yaratilgan EHMlar 
bo`lib, bular ikkinchi avlod EHMlaridan qurilishi jihatidan katta farq qiladi va 
boy imkoniyatlarga ega. Ikkinchi avlod EHMlarida dastur yo`li bilan hal 
qilinadigan ko`p masalalar uchinchi avlod EHMlarida apparatura yordamida 



amalga oshiriladi. Uchinchi avlod mashinalarini yaratishdan qo`yilgan asosiy 
maqsadlardan biri EHMlar orasida dasturli moslikni o`rnatishdir. Ma`lumki, 
ikkinchi avlod EHMlarida juda ko`p amaliy standart amaliy dasturlar 
to`plami hosil bo`ladi, ammo bir turli EHMlarda yaratilgan dasturni, boshqa 
turdagi EHMga to`g`ridan – to`g`ri o`tkazib bo`lmas edi. Mana shu dasturiy 
nomunosiblik uchinchi avlodga kelib hal qilindi. Uchinchi avlodga tegishli biror 
EHMda yaratilgan deyarli o`zgarishsiz shu avlodga tegishli boshqa EHMlarda 
ham qo`llanish imkoniga ega. 
Uchinchi avlod mashinalarining muhim qulayliklaridan yana biri, ularning 
multi dasturli va vaqt taqsimoti holatida ishlash imkoniyatlarining 
mavjudligidir. Bu imkoniyatlar kuchli operasion sistemalarning yaratilishi 
bilan amalga oshiriladi. EHM multidasturli holatda ishlash jarayonida bir 
paytda bir necha dasturni bajarish imkoniyatiga ega, ya`ni EHM qurilmalari 
parallel ishlash imkoniyatiga ega. Bu bilan vujudga keladigan xotirani himoya 
qilish va dinamik taqsimot muammolarini ham hal qilindi. EHMning vaqt 
taqsimoti holatida ishlash imkonini, bir paytda multidasturli holatni ham o`z 
ichiga olib, undan tashqari dasturchilarga EHMdan uzoqda turib (terminallar 
orqali) foydalanish imkonini yaratdi. Bu holatda, har bir foydalanuvchi go`yoki 
EHM bilan faqat o`zi ishlayotgandek his qiladi. Operasion sistema esa har bir 
foydalanuvchiga ketma-ket ma`lum vaqtni ajratib turadi. 
Uchinchi avlodga kelib ichki va tashqi xotira muammosi deyarli hal 
qilingan bo`lsada, ammo tezlik muammosi hal qilinmay qoldi. Sekundiga 1 
million amalni bajarib turgan EHMlar (BESM-6) o`rniga tezligi 10-20-30 ming 
amal
/
sekund bo`lgan mashinalarning kelishi, dasturchilar oldida juda katta 
muammolarni keltirib chiqardi. Bundan tashqari, uchinchi avlod EHMlarini 
arxitekturasi IBM-360 firmasining arxitekturasidan olinganligi, ular bilan 
muloqot qilish imkonini qiyinlashtirdi. 
Uchinchi avlod EHMlariga EHMlarning yagona sistemasi (ES EVM–
edinaya sistema EVM) oilasidagi mashinalar misol bo`ladi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling