Reja: Shayboniylar davlati siyosiy tarixi. Ma’muriy boshqaruv. Mansab va unvonlar. Harbiy qurilish va boshqaruv. Siyosiy tarix


Download 33.24 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi33.24 Kb.
#1576234
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shayboniylar davri davlatchiligi

Xon yasovuli lavozimidagi shaxslar sulola ichki munosabatlariga oid bo‘ladigan tadbirlarni boshqarib turgan. Chunonchi, oliy hukmdor bilan shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatilgan tartib asosida yo‘lga qo‘yish, xonning shahzodalarni qabul qilishi, ularning arzlari, iltimoslarini xonga yetkazish kabi tadbirlar shular jumlasidandir.
Shayboniylar xonlari hayotida ovchilik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham xon huzuridagi qushbegi yoki amiri shikor lavozimi ma’suliyatli hisoblangan.
Amiri shikorning vazifasi xon va sultonlarning ovlarini uyushtirib turish bo‘lgan. Ov qilinadigan joy atrofidagi qishloqlar aholisi o‘z ot-ulovi, qurol-aslahasi bilan kelib xon va sultonlarning ov o‘tkazishlarida ularga yordam berish, ular qo‘nib qolganlarida qo‘noq hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash ishlari ham qushbegining vazifasi hisoblangan. Manba tili bilan aytganda, “turli ovchi qushlar (lochin, burgut-E.B.), tozi itlar va boshqalar” ni tayyorlash ham amiri shikorning zimmasida bo‘lgan.
Davlat dargohidagi xavfsilikni ta’minlash, ichki tartib qoidalar, keldi-ketdidan xabardorlik eshikog‘aboshi lavozimidagi shahs zimmasida bo‘lgan. Ushbu mansab chap eshikog‘aboshi, o‘ng eshikog‘aboshi, eshikog‘aboshi kabi lavozimlarga taqsilanib, bu xizmat vakillari urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarib borganlar.
Umuman olganda, A.Ziyo tadqiqotlariga ko‘ra, o‘sha zamonlarga xos ravishda davlatning biror-bir xizmat idorasi, xizmat turi namoyondalari urush paytlarida o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalariga qo‘shimcha ravishda harbiy faoliyat bilan ham shug‘ullanib kelganlar. Bu holatni miroxo‘r (oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov, ularning ta’minoti kabilarga mas’ul), shig‘ovul ( chet el elchilarini qabul qilish bo‘yicha maxsus xizmat boshlig‘i), qushbegi, chuhraboshi (maxsus harbiy qism boshlig‘i), bakovul, dasturxonchi kabi xizmatlar faoliyati orqali ham ko‘rishimiz mumkin. YA’ni, ular o‘z idoraviy vazifalaridan tashqari harbiy yumushlarni ham bajarib kelganlar.
Mamlakatning siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida harbiy ma’muriy amaldorlar, yirik sarkardalar, qo‘shin boshliqlarining (umaro) ham o‘rni katta edi. Dargohdagi harbiy ishlar bilaan bog‘liq chuhraboshi va qurchiboshi (qurol-aslaha xizmati boshlig‘i) vazifalaridan tashqari jibachi, jarchi, qorovulbegi, tug‘begi kabi xizmatlar ham bo‘lgan. Ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda, yangi yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarda qo‘shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi, qo‘shin boshliqlarining qo‘mondonlik mahorati kabilar katta ahamiyat kasb etgan.
Shayboniylar davlati boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlardan tashqari, ulamolar, shayxlar va xojalarning ham mavqei katta bo‘lgan. Eng kuchli hukmdorlar ham ulamolar bilan hisoblashishga majbur bo‘lganlar. XVI asrning boshlarida Shayboniyxon yirik din peshvolarning davlat ishlariga siyosiy ta’sirini anchagina pasaytirishga muvaffaq bo‘lgan va diniy hamda dunyoviy hokimiyatni o‘z qo‘l ostida birlashtirgan edi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Buxoro xonliligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida, ayniqsa Buxoro shahrida yirik din peshvolarining ta’siri yana kuchayadi. Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketadi.
XVI asrning o‘rtalaridan boshlab Jo‘ybor shayxlari oliy hukmdor taqdirini hal qilish darajasidagi mavqega ko‘tariladilar. Qishloqlarda katta-katta yerlarga, shaharlarda esa yirik ko‘chmas mulklarga ega bo‘lgan shayxlar yirik zodagonlar va amaldorlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazganlar. Manbalarga ko‘ra, zabardast shayboniylar hukmdorlaridan biri bo‘lgan Abdullaxon II ham avval Xoja Islom, keyin esa Xoja Sa’dlarning siyosiy va xo‘jalik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lgan. Shayx-ul-islom ham jo‘ybor shayxlari xonadonidan saylangan. Din peshvolari orasida shayx ul-islom, sadr, qozi kalon, mufti kabi diniy mansablarning mavqei ancha yuqori bo‘lgan.

Download 33.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling