Reja: Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o‘rnatish ishlari
Download 172.5 Kb.
|
10-QQT
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari
- 6.5-jadval G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‘yicha
Sovuqqa chidamlilik. Qorishmaning sovuqqa chidamliligi 7,07x7,07x7,07sm namuna-kublarni standart usulda sinab topiladi. Sovuqqa chidamlilik bo‘yicha qorishma markasini belgilashda namunalar mustahkamligining 25% gacha va massasining 5% gacha pasayishi ruxsat etiladi.
Tashqi devor g‘ishti, toshini terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar G‘10, G‘15, G‘25, G‘35, G‘50 markadagi sovuqqa chidamlilikka ega bo‘lishi kerak. Muhit namligi yuqori bo‘lsa, qorishma sovuqqa chidamliligi G‘100, G‘150, G‘200 va G‘300 markalarda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Qorishmalarning sovuqqa chidamliligi mineral bog‘lovchining turiga, suv-sement nisbatiga, qo‘shimchalarga va qotish sharoitiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari Bino va inshootlarda g‘isht-tosh terishda va zavodda tayyorlangan yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda sementli murakkab qorishmalar turli markalarda ishlatiladi. G‘isht-tosh terishga mo‘ljallangan qorishmalarning harakatchanligi ularning ishlatilish sohasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha bo‘ladi: keramik g‘isht, beton, tosh va g‘ovak tabiiy toshlar terish uchun 9-13 sm, kovakli g‘isht, keramik toshlar terish uchun 7-8sm, devorlarni beton bloklar va panellardan montaj qilishda gorizontal choklarni to‘ldirish uchun 5-7 sm, xarsang tosh va bloklarni terish uchun 4-6sm, ular oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun 13-15 sm. Demak, zich materiallar terilsa harakatchanligi yuqori qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorishmaning harakatchanligini belgilashda teriladigan materiallarning namligini ham hisobga olish kerak. Qurilish qorishmalarining tarkiblari misol tariqasida 6.5-jadvalda keltirilgan. 6.5-jadval G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‘yicha)
Quruq issiq iqlim sharoitida qorishmaning suvsizlanmasligini ta’minlash zarur. Zavodda tayyorlangan qorishma tashilayotganda va qurilish maydonida vaqtincha saqlanganda suvning bug‘lanishini oldini oladigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, qorishmani yopiq idishda saqlash, to‘kma holatda bo‘lsa o‘rama materiallar bilan berkitish va sh.k. usullardir. Qorishma material ustiga yoyilganda tezda qurib qolmasligi uchun ularni namlash tavsiya etiladi. Qish mavsumida g‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari isitilgan holda ishlatilishi tavsiya etiladi. Bunda tayyorlangan qorishma yoki qorishma komponentlari (suv, sement yoki qum) bug‘ yoki elektrotenlar yordamida 60-800S haroratgacha isitiladi. Yirik uysozlik panellarini montaj qilishda sement-qum pastasi (1:1 nisbatda portlandsement va qum) ishlatiladi. Sement-qum pastasi 28 sutkada 400 marka mustahkamlikka erishadi. Qorishmalar va pastaning muzlash haroratini pasaytirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, natriy xlorid, natriy nitrati kabi tuzlarning 5% li suvdagi eritmasi ishlatiladi. Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalarini zavodda quruq holda tayyorlash, maxsus qorishma tashuvchi va qoruvchi avtomashinalardan foydalanish rusum bo‘lmoqda. Download 172.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling