Reja: Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o‘rnatish ishlari
Download 172.5 Kb.
|
10-QQT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4-rasm. MZS-10 quruq aralashmalar ishlab chiqarish kichik-zavodining texnologik sxemasi
Quruq qorishmalar
Keyingi yillarda mamlakatimizda va ayniqsa xorijda materiallar bozori qurilishda turli quruq qurilish aralashmalarining keng ko‘lamda qo‘llanishi evaziga yanada kengaydi. Ular asosan pardozlash hamda bino ichi va sirtidagi montaj ishlarida qo‘llaniladi (g‘isht terishda, fasadlarni pardozlashda, pollarni barpo etishda). Quruq aralashmalarga kiruvchi sement-ohakli aralashmadan iliq va uncha sovuq bo‘lmagan haroratlarda foydalaniladi (muzlashga qarshi qo‘shimchalar bilan birgalikda), suvoq uchun ishlatiladigan gipsli quruq aralashmalardan panelli uylarni restavratsiya qilishda, quyma ravishda tiklanadigan binolar va boshqa shunga o‘xshash ishlarda foydalaniladi. Gipsli quruq aralashmaning sarflanishi taxminan 80 m2/t ni tashkil etadi. 6.4-rasm. MZS-10 quruq aralashmalar ishlab chiqarish kichik-zavodining texnologik sxemasi 1-greyferli yuklagich; 2-vibrogroxot (tebranuvchi sig‘im); 3-shnekli shimdirgich; 4-lentali konveyer; 5-“groxot” bilan birgalikda barabanli quritgich; 6,7,19-vertikal shneklar; 8-elevator; 9-tebranuvchi elak (vibrosito); 10-mayda qum bunkeri (0-1,4mm); 11-yirik qum bunkeri (1,4-2,8mm); 12,14-vintli shimdirgichlar; 13-bog‘lovchilar (sement, ohak) saqlanadigan omborxona; 1,5-plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar dozatori (ulushlagichi); 16-muzlashga qarshi qo‘llaniladigan qo‘shimchalar ulushlagichi (dozator); 17-ulushlagich (dozator); 18-aralashtirgich; 20-qoplaydigan mashina; 21-lentali konveyer; 22-tayyor aralashma sig‘imi; 23-tayyor aralashma bunkeri. Bundan tashqari amaliyotda turli quruq aralashmalar kombinatsiyalashgan holda qo‘llaniladi, masalan: devor va pollarni koshin (kafel) plitkalar bilan elimlab qoplashda va turli xildagi shpatlevkalar tayyorlashda. Quruq elimli aralashmalar keng assortimentda, xususan Podolsk tajriba sement zavodida ularning xilma-xil turlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari quruq aralashmalarning kichik zavodlarda ishlab chiqariladigan boshqa texnologiyalari ham mavjud, masalan: MZS -10 (6.4-rasm) va boshqalar. Quruq aralashmalardan, masalan "Plitonit" yuqori adgeziya va qovushqoqlik, vertikal devorlardan oqib tushmaslik, muzlashga bardoshlik xossalariga ega. Ularni ishlab chiqarishda Pikalev zavodining M-400 va M-500 markali sementidan jinsliligi va tarkibining bir xillik darajasi yuqori bo‘lgan, fraksiyasi 0,6mm gacha bo‘lgan kvars qumi, Waken va Dow organik qo‘shimchalardan foydalaniladi. Bu organik qo‘shimchalardan chet el firmalari ham keng ko‘lamda foydalanadi. CHet el shpatlyovkalaridan bizda Fransiyaning "Semin" va Finlandiyaning "Lox’ya" firmalariniki keng ishlatiladi. Quruq aralashmalarning to‘g‘ri tanlanishi va qo‘llanishi qurilish ishlarini tezlashtiradi va ularning sifatini oshiradi. Download 172.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling