Reja: Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o‘rnatish ishlari


Download 172.5 Kb.
bet9/11
Sana24.12.2022
Hajmi172.5 Kb.
#1052555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-QQT

Maxsus qorishmalar
Gidroizolyasion qorishmalar. Gidroizolyasion qorishmalar odatda portlandsement, sulfat muxitiga chidamli sement, gidrofob sement va kengayuvchi sement asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibi 1:2,5 yoki 1:3,5 nisbatda (sement:qum, massasi bo‘yicha) bo‘lib, suv o‘tkazmaslik xususiyatini yanada yaxshilash uchun tarkibiga har xil zichlashtiruvchi moddalar (natriy alyuminati, xlorli temir, bitum emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.) kiritiladi. Gidroizolyasion qorishmalar doimo nam, suv yoki agressiv muxitlar ta’sirida bo‘ladigan bino va inshootlarning qismlarini, yuzalarini suvashda ishlatiladi.
In’eksion qorishmalar. In’eksion qorishmalar armaturasi avvaldan taranglanadigan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda armaturani korroziyadan himoyalash maqsadida kanallarni to‘ldirish uchun ishlatiladi. Ular sement xamiri yoki sement-qum aralashmasi sifatida tayyorlangan pasta holatida bo‘lishi mumkin. Mayda to‘ldirgich sifatida yiriklik moduli eng kichik yuvilgan kvars qumini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mineral bog‘lovchi sifatida M400 va undan yuqori markali portlandsement ishlatiladi. Sementning sarfi 1m3 qorishma uchun 1100-1400 kg va 1 m3 sement xamiri uchun 1300-1600 kg bo‘lishi kerak. In’eksion qorishmaning siqilishga mustahkamligi bo‘yicha markasi kamida 300 bo‘ladi.
Qorishma aralashmasining qovushoqligini kamaytirish uchun tarkibiga LST, milonaft kabi sirtaktiv moddalar va S-3 singari superplastifikatorlar (0,1-1%, massasi bo‘yicha) kiritish tavsiya etiladi.
Akustik qorishmalar. Tovush yutuvchi suvoqlar tayyorlashda va aks sado hosil bo‘lmaydigan xonalarni suvashda akustik qorishmalar ishlatiladi.
Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement, ohak, gips, ular asosidagi aralash bog‘lovchilar va kaustik magnezit ishlatiladi. Mayda to‘ldiruvchi sifatida ko‘pchitilgan perlit, pemza, keramzit va shu kabi g‘ovak materiallardan olingan, yirikligi 3-5mm bo‘lgan bir fraksiyali qumlar ishlatiladi. Qorishmalarning o‘rtacha zichligi 600-1200 kgm3 bo‘lib, ochiq g‘ovakli strukturaga ega bo‘ladi.

Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling