Reja: Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o‘rnatish ishlari


Download 172.5 Kb.
bet10/11
Sana24.12.2022
Hajmi172.5 Kb.
#1052555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-QQT

Tamponaj qorishmalar. Neft va gaz quduqlarini, tonnellarni gidroizolyasiya qilishda, tog‘ jinslari yoriqlari va bo‘shliqlarini to‘ldirishda va boshqa joylarda tamponaj qorishmalar ishlatiladi. Bu qorishmalarni tayyorlashda maxsus tamponaj portlandsementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muxitiga bardoshli portlandsement ishlatiladi. Tamponaj qorishmalar juda tez qotuvchanlik xususiyatiga ega.
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalar. Ular barit qumi (VaSO4) asosida tayyorlanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va shlakli portlandsement ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi engil elementlar qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Qorishmaning o‘rtacha zichligi 2200 kgm3 atrofida bo‘ladi.
Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari va shiplarini suvashda ishlatiladi.
Qorishmalarni tayyorlash va tashish
Qurilish qorishmalari beton-qorishma zavodlarida, quruq qorishmalar tayyorlash markazlarida yoki qorishma qorish uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoni zavoddan uzoqda joylashganda va bajariladigan ishlar hajmi kam bo‘lganda qorishma ob’ekt yaqinida joylashgan mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalarda tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qorishmalarni tayyorlash jarayoni tashkil etuvchi materiallarni tayyorlash, ularni o‘lchash (dozalash) va aralashtirishdan iborat bo‘ladi. Portlandsement, ohak, gips va boshqa bog‘lovchilar Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Qum zarurat bo‘lsa elanadi, yuvish usulida chang, loy miqdori meyorga keltiriladi. Ohak va giltuproq xamiri zarur quyuqlik darajasida tayyorlanadi. Qorishma harakatchanligini meyorga keltirish uchun tarkibiga kiritiladigan plastifikatorlar va kimyoviy qo‘shimchalar tegishli konsistensiyagacha suyultiriladi.
Qorishmalarni tayyorlashda mineral bog‘lovchilar massasi bo‘yicha, qum va suv hajm bo‘yicha o‘lchab solinadi.
Qurilish qorishmalari 150, 375 va 750l sig‘imli davriy ishlaydigan qorishma qorgichlarda tayyorlanadi (6.5-rasm). Qorishma qorgichlarda og‘ir qorishmalar 1-2 minut, engil qorishmalar esa 4 minut davomida aralashtiriladi.


Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling