Reja: Sifatlarning yasalishi


Download 27 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi27 Kb.
#1430573
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu sifatlarning yasalishi reja Sifatlarning yasalishi

yakkayu yagonafarzand.3. So`zlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo`l-yo`l(ko`ylak), manman (odam), shiqshiq(tugma), liplip(chiroq), chaqchaq(odam), Sifatlarda modal shakllar yasalishi.Sifat belgini ozaytirib yoki kuchaytirib ifodalashiga ko`ra ikki xil bo`ladi:a) ozaytirma sifat;b) kuchaytirma sifat.Ozaytirma sifat o`zakdan anglashilgan belgining me’yoridan ozligini bildiradi. Ular morfologik va leksik usullar bilan yasaladi:1. Morfologik usul. Sifatlarga –ish, -imtir, -mtir affikslarini qo`shib ozaytirma sifat hosil qilinadi: ko`kish, qizg`ish, oqimtir, qoramtir.–ish qo`shimchasi qo`shilgan ba’zi sifatlar o`zagida tovush o`zgarishlari sodir bo`ladi: sariq+ish-sarg`ish.Bu so`zda o`zakdagi i unlisi tushib qolgan, q undoshi g` undoshiga almashgan. Qizilsifatiga -ish qo`shilishi bilan o`zakdagi –il tovushlari tushib, g` tovushi orttirilgan.Sifatlarga –gina, -kina, -qinaaffikslari qo`shilib, belgilarni kuchsizlantirish ozaytirishi mumkin. Bunda –k bilan tugagan sifatlarga –kina, -qbilan tugagan sifatlarga -qina, qolgan sifat shakllariga –gina affiksi qo`shiladi. Misol: tuzukkina, oriqqina, sariqqina, kattagina.2. Leksik usul. Sifatning oldidan och, nim so`zlarini keltirish bilan belgi kamaytiriladi: och pushti, nimqizil.Kuchaytirma sifatlar o`zakdan anglashilgan belgining ortiqligini bildiradi. Kuchaytirma sifatlar leksik va morfologik usul bilan hosil qilinadi. a) morfologik usul. Bu usulda sifatni tovush o`zgarishlari orqali takrorlash yo`li bilan: - Sifatning birinchi bo`g`ini ikkinchi bo`g`inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-dumaloq, pak-pakana, but-butun- Sifatning birinchi bo`g`iniga –p undoshi qo`shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-qizil.- Sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib unga p, m tovushlaridan biri qo`shiladi va undan keyin so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k.- Sifatning birinchi bo`g`inidan keyin ppa shakli qo`shiladi: soppasog`, to`ppato`g`ri.b) leksik usul. Sifat tovush o`zgarishlarisiz takrorlanib orttirma daraja hosil qilinadi: katta-kattaQiyosiy darajadagi sifat oldida ma’noni kuchaytiruvchi yana, yanada, yana ham so`zlari kelishi mumkin: yanada yaxshiroq, yana ham balandroq, yana jonliroq.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling