Reja: Sport-barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi


O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari


Download 47.78 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi47.78 Kb.
#220485
1   2   3   4   5
2.1. O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari.

Bolalarga vatanparvarlik, jasorat, mardlik, xalqparvarlik haqida uzundan-uzuq ma‘ruza o’qigandan ko’ra, bu yuksak tuyg’ularni ijtimoiy tarbiya va sport orqali ularning qalbiga singdirish ko’proq keltiradi. Jismoniy tarbiya va sport esa yoshlarimizni vatanparvarlik, jasoratga o’rgatishning eng samarali vositasi, ta‘sirchan maktabdir. Jismoniy tarbiya va sport nafaqat jismoniy, balki ma‘naviy kamolatga erishishda ham o’lkan omildir.

Bo’lajak vatan himoyachisi uchun zarur bo’lgan ma‘naviy-ahloqiy, irodaviy sifatlar jismoniy tarbiya jarayonida shakllanadi. Sport irodani tarbiyalaydi, odamni qiyinchiliklarni chidam va bardosh bilan yengishga o’rgatadi. Inson qalbida g’alabaga ishonch, g’urur to’yg’ularini tarbiyalaydi.

Shu sababli, sportning ommaviyligini ta‘minlash, uni rivojlantirish shaxsni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng muhim sharti hisoblanadi. Urushgacha boks bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda O’rta Osiyo chempioni degan nomni olgan mashhur yozuvchi Vladimir Karlov janglarda yuksak ma‘naviy, jangovorlik hislatlari bilan ming-minglab jangchilarga ibrat ko’rsatgan edi. “Agar men yaxshi mashq qilmagan sportchi bo’lmasam edi, hech qachon bunday janglarga bardosh bera olmasdim” deb yozgan edi.

Hozirgi davrdagi murakkab harbiy texnikani muvaffaqiyatli boshqara olish ham, armiya safidagi yoshlardan yuqori jismoniy tayyorgarlik va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Jismoniy madaniyatning muhim tamonlaridan biri bo’lgan sportda yuksak emotsiyanallik va harakatlarning jo’shqinligi ham mavjud. U jismonyi kuch-quvvatning yorqin namayon bo’lishiga, irodaning mustahkamlanishi hamda rivojlanishiga, ma‘naviy-ahloqiy va estetik tarbiya berishga, insonning jismoniy kamolat, yuksak umumiy madaniyatga erishishga hizmat qiladi.

Sport musobaqalarida g’olib kelish, birinchilikni olish uchun kurashib yuksak natijalarga erishish, sport razryatlari normalarini bajarish ham shu mazmunda hizmat qiladi. Shu ma‘noda yurtimizda bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar Xarbiy-vatanparvarlik tarbiyasini zamon talablari asosida tashkil etishda, Vatanimizni qurolli himoya qilishga qodir.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya tizimi o’n millionlab maktabgacha va maktab yoshdagi o’quvchilarni o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari yoshlari, oliy o’quv yurtlari talabalari, qurolli kuchlarimiz saflarida hizmat qilayotgan askarlarimizni o’z ichiga qamrab oladi. Jismoniy tarbiyadan ko’zda tutilgan asosiy maqsad-yoshlarimizni jismoniy va ma‘naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularni mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida ham o’lkan yutuqlar qo’lga keritildi. Respublikada “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, “Sog’lom avlod uchun” ordenning ta‘sis etilishi, Respublikada futbolni rivojlantirish to’g’risida chiqarilgan Prezident farmoni, tennisni rivojlantirish maqsadida “O’zbekiston Prezidentining xalqaro kubogi” tashkil etishni sportni takomillashtirishda ilk poydevorlar bo’ladi.

Bu qonun va qarorlar mamlakatimizda sog’lom, barkamol Vatan himoyasiga amaliy jihatdan tayyor yosh avlodni tarbiyalashdek muhim vazifalarni bajarishida, umumiy ta‘lim maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida, ommaviy jismoniy tarbiya tarbiya va sport sog’lomlashtrishtirishda yangi istiqbollar ochmoqda.

Keyingi 5-6 yil ichida Respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida sharqona, milliy sport turlaridan “CHim ustida hokkey” (chavg’on), kurash, (Buxorocha va Farg’onacha), turon kurash sporti, qo’l san‘ati, dyuzdo, boks, tosh ko’tarish, ko’pkari, futbol, yengil atlitika, katta tens, basketbol, voleybol, qayiqda suzish, Yunon rum kurashi, erkin kurash, sambo va boshqa sport turlari tez sur‘atlar bilan rivojlanib bormoqda. Prezidentimiz g’amxo’rligi tufayli zamonaviy talablarga javob beradigan stadionlar, tennis kortlari, suv havzalari, sport zallari sog’lomlashtirish tarkazlari barpo etildi, borlari esa qayta ta‘mirlanmoqda.

Kadrlar dayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 24 oktyabrda chiqargan “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi farmoni muhim ahamiyatga ega. Bu jamg’armaning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat;

-Bolalar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalar sportini aniq maqsad yo’lida va barqaror avj oldirishga ko’maklashish;

- Bolalar sportiga mehr o’yg’otish, o’sib kelayotgan yosh avlod ongiga sport bilan sho’g’ullanish, sog’lom turmush tarziga amal qilish, ma‘naviy va jismoniy kamolat intilish, ularni salbiy ta‘sirlardan himoya qilish hamda zararli odatlardan halos etish, bolalarni barqaror fel-atvorli, vataniga mehr-muruvvat va o’z mamlakati uchun g’urur-iftihor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

- Birinchi navbatta qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportning moddiy ba‘zasini shakllantirish, aholi manzillarida zamonaviy bolalar sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash;

-Bolalarni jismoniy va ma‘naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va usullarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko’nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotlarga tanlab o’qishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish;

-Bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va usullarini tadbiq etish, bolalar sporti bo’yicha ustozlar va pedagogik kadrlarni mamlakatning yetakchi ilmiy markazlarida va chet ellarda tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida Respublika Milliy Olimpeya qo’mitasi, sport federatsiyasi klub va tashkilotlari bilan o’zaro faol hamkorlik qilish va boshqarish.

Ushbu farmonga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 oktyabrda “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” qabul qilingan qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishi mamlakatimizda bolalar sportni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’taradi.

Respublikamizning hukumat, shaxsan Prezidentimiz Islom Karimov jismoniy madaniyat va sport sohasida yituk mutaxassis kadrlar tayyorlashga ham alohida g’amhurlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda barcha viloyatlardagi universiyadalarda, pedagogika institutlarda jismoniy tarbiya va sport fakultetlari faoliyat ko’rsatmoqda, ular oliy ma‘lumotli mutahassislarni iqtidorli talaba sportchilarni tayyorlamoqdalar. Shuningdek oliy o’quv yurtlarida bo’lajak oliy ma‘lumotli mutaxassislarni sog’lomlashtirish, jismoniy ta‘lim berish, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanishga odatlanrish, iqtidorli talabalarni sportga jalb qilish vazifalari ham amalga oshirilmoqda.

O’tgan davrda milliy kurashning xalqaro maydonga chiqqanligi chinakam ma‘noda tarixiy voqea, deb aytish mumkin. 1999 yilda Toshkentda kurash bo’yicha birinchi jahon chempionlari bo’lib o’tadi, unda 50 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar qatnashdi. Davlatimiz rahbarining muntazam etiboridan ruhlangan sportchilarmiz o’tgan davr maboynida 18 ta Osiyo chempiyonatida, 16 ta jahon kubogi musobaqalarida va 33 ta boshqa yirik musobaqalarda qatnashib, katta muvoffaqiyat qozonishdi. Bularning barcha mamlakatimizda ijtimoiy iqtisodiy, xalq ta‘limi, jismoniy madaniyat va sport sohasida sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar samarasidir.


Download 47.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling