Reja: Sport-barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi
Uch bosqichli (“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, va “Universiada”) ta‘lim-tarbiya tizimining joriy etilishi
Download 47.78 Kb.
|
2.2. Uch bosqichli (“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, va “Universiada”) ta‘lim-tarbiya tizimining joriy etilishi.
Mamlakatimizda bir necha yildan buyon yosh alodni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga uzluksiz jalb etish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida yaratilgan yagona tizimga ko’ra amalga oshirilmoqda. Yani O’zbekistonda “Umid niholllari”, “Barkamol avlod” va “Universiada”dan iborat uch bosqichli ta‘lim tarbiya tizimi joriy etildi. Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yaratilgan bunday sport tizimi bugungi kunda o’zini to’la oqlaydi. Umumiy ta‘lim maktablari o’quvchilari o’rtasida “Umid nihollari” akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilarning “Barkamol avlod” oliy o’quv yurtlari talabalarning “Universiada” sport o’yinlari o’tkazish a‘nanaviy tus oldi. Yoshlarni jismonan va ma‘nan yetuk insonlar sifatida voyaga yetkazish borasida olib borilayotgan yoshlarning katta qiziqishini o’yg’otdi. Bu musobaqalar faqatgina, yoshlarimiz emas, balki butun xalqimiz, mamlakatimiz hayotida o’yiniga hos bayramga aylandi. Uch bosqichdan iborat mazkur sport musobaqalarning har biri butun mamlakatimiz hayotida chinakamiga katta voqeaga aylandi. Bular faqatgina, sport musobaqalari emas, balki shu bilan birga aqllar, bilimlar, inteluktial salohiyatlarning ham o’ziga hos bellashuvi hisoblanadi. Keng qamrovli ommaviy sport harakati bo’lgan “Umid nihollari” qarib olti million nafar yoshlarni qamrab olganligining o’zi yoq naqadar zarur va hayotiy taqdir bo’laganini ko’rsatadi. Yoshlarning foydali, mazmunli, samarali mashg’ulot bilan band bo’lganliklari eng katta g’alaba, yutuq hisoblanadi. Shu musobaqalar tufayli qanchadan-qancha yosh yigit-qizlar sport bilan bir umr oshno bo’lib qoldilar. Sport va yoshlarimizning sog’lom, mard va jasur, vatanparvar, Vatanimizni qo’rolli mudofaa qilishga doim tayyor bo’lib, voyaga yetishishlarida muhim omildir. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zining “Umid nihollari-2003” sport o’yinlari ishtirokchilariga yuborgan tabrigida bunday degan edi. “Umid nihollari” deb nom olgan, o’quvchi yoshlarini chiniqtirish, irodasini toblaydigan bu keskin sport musobaqalari, unib-o’sib kelayotgan siz, yosh avlodimizni, Vatanni himoya qilishga, uni ulug’lash, qudratiga-qudrat qo’shishga, xalqaro o’yinlarda o’yin obro’ va nufuzini yanada yuksaltirishga qodir bo’lgan insonlar etib tarbiyalashga hizmat qilishi shubhasiz”. 2003 yili “Umid nihollari”ning dastlabki bosqich o’yinlarida 5,4 milliondan ziyod o’quvchi eshtirok etdi. Mazkur bosqichda saralangan sportchi yigit-qizlar Xorazm viloyatida o’tkazilgan sinov bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ushbu bosqichda viloyatdan 2,5 ming nafarga yaqin sportchi, murabbiy va hakamlar musobaqalarda qatnashdilar, yoshlar sportining 12 turi bo’yicha bellashdilar. Viloyatimiz sportchilari 2003 yil “Umid nihollari” musobaqasida faol qatnashib, 5 ta medalni qo’lga kiritdilar. 3 nafar kurashchi – Davlat Xujamurodov, Jaloliddin Rasulov va Yorqin Erkaevlar-bronza, Jasurbek Niyozov-kumush medal sohibi bo’ldilar. Kurashchilamiz 14 jamoa ichida 3 o’rinni qo’l tupi va tenschilarimiz esa kuchli oltilikdan o’rin oldilar. Respublikamizda o’rta maxsus va kasb hunar ta‘limi tizimidagi talabalar o’rtasida birinchi bor o’tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalari ham endilikda g’ayri an‘anaga aylanib bormoqda. 500 mingdan ortiq o’quvchi yoshlar ishtirok etgan bu musobaqalarda jamoalar sportning 7 turi bo’yicha g’oliblik uchun bahslashdilar. “Barkamol avlod” sport musobaqalari ham jismoniy va ma‘naviy jihatdan yetuk, mard jiddiy va oliy janob insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. “Barkamol avlod” sport o’yinlarining navbatdagi baxslari Andijon viloyatida o’tkaziladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilib, hayotga joriy etilgan yagona va yaxlit tizimning uchinchi bo’g’ini. “Universiada” o’zbek xalqi hayotida yorqin iz qoldirgan muhim bir voqeaga aylanib qoldi. Buxoroda sport o’yinlarining tantanali ochilish hamda yopilish marosimlarida 16 ta chet el mamlakatalaridan 500 nafardan ortiq xorijiy sayohatchilar ishtirok etdilar. “Universiada” musobaqalari aytish mumkinki, u kichik olimpiadadir. Musobaqalar vaqtida yoshlar g’alabaga intilib hayotning qiyinchiliklariga bardosh berish darajasida tarbiyalandilar. Shu bilan birga eng muhimi universiada Respublikaning turli burchaklaridan kelgan yigit-qizlari o’zaro tanishtiradi va birlashtiradi. Ayniqsa, ularning yurtimiz bayrog’i ostida to’planishlari katta ma‘noni anglatadi. Uchinchi “Universiada 2004” sport o’yinlari qadim va novqiron Samarqandda bo’lib o’tadi. Respublikamizda keyingi yillarda xalq o’yinlariga ham katta e‘tibor berilmoqda. To’maris o’yinlari, Alpomish o’yinlari yigit-qizlarimizni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashda muhim rol o’ynamoqda. Mutaxassislarimizning e‘tirof etishlaricha, dunyo mamlakatlarida o’quvchi va talaba yoshlarning turli darajadagi sport musobaqalari mavjud ammo o’smirlar va yoshlarning jismoniy tarbiya hamda sportga ommaviy jalb etishning bizda amal qiyotgan tizimga o’xshash mukammal uzliksiz tizim jahon tajribasida ko’zatilmagan. Bu tizim jamiyatimiz, ayniqsa yosh avlod hayotiga ijobiy ta‘sir ko’rsatish, ularni sog’lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalashda muhim o’rin tutmoqda. Bunday samarali tizimni o’z kelajagini o’ylagan jamiyatgina tashkil qiladi. Ushbu tizim o’zini-o’zi boshqaradi, turli bosqidagi ta‘lim muassasalarimizning moddiy va sport ba‘zasini mustahkamlashga yordam beradi. Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash ularni Vatanimizga, Prezidentimizga, milliy an‘analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda umumiy o’rta ta‘lim muassasalarida muttasil ravishda o’tkazib kelayotgan an‘anaviy “SHunqorlar”, “Amir Temur avlodlari” harbiy sport o’yinlari, harbiy amaliy-to’garaklar, o’zining ijobiy samarasini bermoqda. O’zbekiston Respublikasi yoshlarning “Kamolat” jamg’armasi ma‘naviy yildirki, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini yaxshilashga ko’maklashish harbiy-vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosida hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalash yoshlarda mardlik, qat‘iylik, kuch g’ayrat, intizom jamoatchilikka tayanishini rivojlantirish maqsadida bir qator vazirliklar bilan hamkorlikda o’quvchilarimizning “SHunqorlar” harbiy sport o’yinlarini o’tkazib kelmoqda. “Shunqorlar” musobaqasini o’tkazishdan asosiy maqsad eng avvalo yoshlarda vatanparvarlikni kamol toptirish, o’smirlarni qurolli kuchlarimiz safiga haqiqiy harbiy xizmatga va harbiy bilim yurtlariga kirishga tayyorlash o’quvchilarni Respublikamiz qo’rolli kuchlarining shakli, tarixiy o’zgarishlari harbiy jihatdagi islohotlarning mohiyati bilan tanishtirish, kelajak avlodga mardlik va qat‘iylik, intizom jamoatchilikka tayanish kabi juda ko’p insoniy fazilatlarni imkon qadar ko’prok mujassamlashtirishga qaratilgan. Respublikamiz tumanlarida o’tkazilayotgan bu musobaqani tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, “SHunqorlar” nafaqat harbiy-sport sohasidagi bellashuv, balki, o’rta maktab akademik litsey, gimnaziya, kasb-hunar kollejlari talablari o’rtasida o’zaro madaniy aloqa o’rnatish, texnikani bilashlari, qurolli kuchlar nizomlarini o’zgartirishlari harbiy bilim yurtlariga kirishlariga tayyorlanishlari uchun ham zamin bo’ladigan harakatdir. Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, “Shunqorlar” musobaqalari yildan-yilga takomillashib, rang-barang tarzda o’tkazilib kelinmoqda. Masalan, 2002 yili musobaqalarni maktab, tuman shuningdek, viloyat bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Quyi bosqich musobaqalari Andijon viloyatining 538 ta o’rta maktab va kollejlarida o’tkazilgan bo’lsa, Buxoroda 550 ta, Jizzahda 400 ta, Samarqanda 560 ta, Surxondaryoda 450 ta, Qashqadaryoda 520 tani tashkil etadi. Musobaqalarning Respublika final bosqichi har yili may oyida Toshkent Oliy harbiy umumqo’shin kamandirlari bilim yurtining Chirchiqdagi o’quv mashq ba‘zasida o’tkazilmoqda. Musobaqalarni o’tkazishda asosiy e‘tibor ularning ommaviy bayramona tarzda o’tkazilishiga ahamiyat berilmoqda. “Odamzot hayotida shunday voqealar bo’ladiki, ular hech qachon unitilmaydi, umrbod yodda saqlanadi. Uning avlodlari tomonidan ham fahr bilan tilga olinadi”. Yurtboshimizning bu so’zlari 1996 yil 6 fevral sanasidagi voqeaga ham to’la taluqlidir. Aynan shu kuni xalqaro Olimpiya qo’mitasining Lazonna shahridagi bosh qarorgohida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Olimpiya qo’mitalariga sadoqati jahon sportini rivojlantirishdagi hizmatlari, uchun sportdagi eng oliy mukofat Xalqaro olimpiya qo’mitasining Oltin Olimpiya Ordeni topshirildi. Agar ushbu yuksak ordeni sohiblari endigina, ellik nafardan oshganligini, ulardan atigi 10 tadan ziyodi davlat rahbari va arbobi ekanligini esga olsak, Prezidentimizni shunday mukofot bilan taqdirlanishi nafaqat zamondoshlarimizga, balki kelgusi avlodlarimizga ham 1996 yil 6 fevral kuni yurtimiz hayotida unitilmas voqea bo’lganligidan, dalolat berib turadi. Zero bu orden hozirgi kunda Yurtboshimiz tashabbusi bilan poytaxtimizda bunyod etilgan, Olimpiya Shon-shuhrati muzeyining noyob vakillari qatoridan o’rin olgan. Darhaqiqat, Prezidentimizning rivojlangan jismoniy tarbiya va sportdan kutayotgan murod-muddaosi hamisha Olimpiya g’oyalariga mushtarak, “Sport-sport uchun emas, eng avvalo, odamlar uchun, ularni ham jismoniy, ham ma‘naviy jihatdan komil inson etib tarbiyalash uchun, yer yuzidagi barcha kishilarning tinchlik-osoyishtaligi, do’stlik va hamkorligi, baxt-saodati uchun xizmat qilishi darkor”. “Faqat jismoniy jihatdan baquvvat bo’lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin emas. Ammo uni ham jismoniy, ham ma‘naviy jihatdan komol toptirish g’oyat murakkab vazifa. Ayniqsa bugungi kunda-mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinhona tus olgan, hozingi nozik, qaltis sharoitda, texnikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega”. Respublikamizning shunday ezgu g’oyalari yurtimizga jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning huquqiy asosida zamin bo’ldi. Mamlakatimizda MDX ga birinchi bo’lib, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi” qonun qabul qilindi, dunyoda hech bir misoli bo’lmagan “Sog’lom avlod” uchun orderi ta‘sis etildi va Sog’lom Avlod Davlat dasturi ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining sportni ommaviy, sport turlarini rivojlantirish to’g’risidagi qarorlari e‘lon qilindi. Bu huquqiy xujjatlar va yurtimizda jismoniy tarbiya va sport tarmog’i taraqqiyotini kafolatlaydi. Xalqimiz ulug’ maqsadga-Vatanimiz kelajagi bo’lgan sog’lom avlodni kamol toptirishga chog’landi. Lekin ishni nimadan boshlash kerak? Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek, “Sog’lom avlod tarbiyasi poydevorini milliy urf-odatlarimiz, an‘analarimiz, ota-onalarimizning hayotiy tajribalari asosida ko’rsak, hech qachon kam bo’lmaymiz”. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ham e‘tibor milliy qadriyatlarimizni teklashga qaratildi. Prezidentimiz sovrini uchun milliy kurashimiz bo’yicha Shaxrisabz, Buxoro, Termiz va Andijon shaharlarida xalqaro musobaqalar o’tkazishi o’n minglab palvonlarimizni oyoqlantirdi. Farishta esa xalq o’yinlari va milliy sport turlari bo’yicha ajoyib musobaqalar tashkil etildi. Bu mamlakatimizda Alpomish o’yinlari, To’maris o’yinlari kabi mohiyatan yangi musobaqalar uyushtirilishiga zamin hozirladi. Mustaqil O’zbekiston sportchilarining nufuzli musobaqalarda erishayotgan muvoffaqiyatlari jahon ahlini hayratga soldi. Shaxmat jamoamiz 1992 yil Filippinda o’tkazilgan 30-butun jahon shaxmat olimpiadasida yuzdan ziyod davlat vakillari o’rtasida fahrli ikkinchi o’rinni egallab, dunyo sportida O’zbekistonning o’rni borligini namoyish etdi. 1994 yil Norvegiyada o’tgan 17-qishki Olimpiyadada mohir fistivalda Zina Cherezova qorli o’lka sportchilarini ham ortta qoldirib Olimpiya chempioni bo’ldi... Vakillarimizning ketma-ket qozanayotgan zafarli jahon sport musobaqalarining e‘tiborini tortdi. XOK Prezidenti Xyan Antoniyo Samaranch poytaxtimizga tashrif buyurdi. Yurtboshimiz mu‘tabar mehmonga Toshkentda XOQ tasarrufida Markaziy Osiyo o’yinlari o’tkazish taklifini aytadi va tomonlar bu borada qat‘iy qarorga kelishdi. Poytaxtimizda qisqa fursat ichida jahon andozalariga javob beradigan “Yunisabod” tennis majmui barpo etildi va unda “Prezident Kubogi” xalqaro musobaqasiga qatnashish uchun kelgan dunyoning yetakchi raketka ustalari tortishdi. Prezidentimiz ushbu musobaqaning tantanali ochilish marosimida so’zlagan nutqida ushbu turnirning yurtimiz hayotida tutgan o’rniga alohida to’xtaldi: “Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qilolmaydi. Bizning bu xalqaro turnirdan ko’zlagan maqsadi-muddoomiz O’zbekistonni sport sohasidagi katta salohiyatini yuzaga chiqarish, buning uchun yetarli shart-sharoitlar borligini ko’rsatish. “Aynan shu musobaqadan keyin butun mamlakatimiz bo’ylab tennis, sport inshoatlari qurishga kirishildi, yurtimizda nufuzli musobaqalarni yuksak saviyada o’tkazish an‘anaga aylandi. Ularda yangi-yangi istedodlarimiz, bo’y chuzishdi. Xususan, Toshkent ochiq birinchiligida Iroda To’laganova yulduzi yorqin nur taratdi. 1995 yilda Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo o’yinlari katta muvaffaqiyat bilan uyushtirildi. Musobaqa, ochilish tantanalarida XOQ Prezidenti X.A.Samarnch qatnashdi. Shuningdek, profetsional tennischilar o’rtasidagi “Prezident Kubogi” ikkinchi xalqaro turniri ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Tashrif davomida mu‘tabar mehmon yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida yalpi yuksalish boshlanganiga guvoh bo’ldi”. Ayrimlar yurtimizdagi tennis rivojini o’zlaricha talqin etishga o’rinishdi. Ular to’g’ri xulosaga kelishlari uchun Prezidentimizning “Biz tennisga shunchaki bir sport turi deb qaramasdan, uni sog’lom avlodni kamol toptirish millat denofendini sog’lomlashtirish yo’llaridagi sa‘y-harakatning bir bosqichi deb hisoblaymiz”. Ma‘lumki, xalqaro musobaqalar chog’ida sportchi ismi-sharifi yoniga mamlakati va homiylarining nomlari ham yoziladi. Esimda, Xalqaro musobaqalardan zafar bilan qaytgan sportchilar bilan suhbatlashganimda, ular tashkilotchilarning, jurnalistlarning faollariga “Bizning homiyimiz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov” deya javob berishganini fahr bilan so’zlashgandi. Aslida ham shunday, buni yetakchi sportchilarimizning yurtboshimizga yullagan murojaatnomasidan ham bilsa bo’ladi. “Biz-O’zbekiston sportchilari sizdek jasur, davyurak, matonatli insonni hamisha o’z safimizdagi mamlakat palvonlarining sardori deb bilamiz. Dunyoning qay burchagida bo’lmasin Vatanimizning madhiyasi yangrab, bayrog’imiz ko’kka yuksalib, shoxsupaga zafar quchgan farzandlarimiz ko’tarilar hamisha ular yonida siz ham turasiz. Chunki butun mamlakatimizda sport, rivoji uchun eng katta hizmat qilayotgan ham siz o’zingiz-muhtaram yo’lboshchimiz”. Vatanimiz endigina ozodlikka erishgan davrda Prezidentimiz “Mustaqillikning oliy maqsadi, o’zbek xalqining izzatini joyiga qo’yishdir” deya istiqlol yo’lining ustivor yo’nalishini belgilab bergandi. Yaqinda bo’lgan nufuzli yig’inda ushbu fikr mantiqan davom ettiriladi. Mendan “Sizning rahbarlik faoliyatingiz yillarida qilgan eng muhim, eng buyuk ishlaringiz, nimalar bo’ladi? Deb so’ralsa, men shunday javob berar edim”. “Mana shu O’zbekiston deyilgan muqaddas zaminda yashayotgan insonlarni qadrladim, ardoqladim”. O’zbek, o’zbek millati, o’zbek xalqi nomini ulug’ladim, butun dunyoda uning hurmatini joyiga qo’ygan. Bu mening hayotim ma‘nosi, umrim mazmuniga aylanib qolgan”. Yurtboshimizning bu so’zlariga dalolat sport yutuqlarimizga ham ko’zga yaqqol tashlanadi. Hozirgi kunda O’zbekiston sporti xalqaro maydonga o’z o’rinlarimiz bor. O’zbek sportchisi ko’plarga orzu bo’lgan “Dunyo nomi”-Everestni, Olimpiya cho’qqisini ham zabt etdi. Albatta, Prezidentimiz rahnomaligida o’zbek kurashining xalqaro maydonga chiqishi XX asrda o’zbek sportida erishgan eng katta g’alabamizdir. Xaqiqatdan ham tarixan qisqa davr ichida ham asrlarga tatigulik yo’tuqlarni qo’lga kiritdik. Yurtimizda yuzlab muxtasham sport saroylari, o’yingohlar qurildi. Qator xalqaro turnirlar, Osiyo chempionatlari, Gron-pri musobaqalari, jahon chempionatlarining zarfarli o’yinlari zamon talablari darajasida tashkil etildi. Ayniqsa Namanganda “Kichik olimpiyada” universiadaning o’tkazilishi, 15-nafar g’olib talaba sportchi prezidentimizning sovg’asi – “Tiko” avtomabeli topshirilishi yoshlarimizning sportga bo’lgan qiziqishini yanada oshirib yubordi. Biroq Yurtimizga xos fazilatlardan biri shuki, erishilgan yutuqlardan xotirjam bo’lmaydi, darhol yangi marralarni ko’zlaydi, o’zgalarini ham yangi zafarlarga ilhomlantiradi, xalqimizga yaxshilik sog’inadi. “Imkoni bo’lsa edi, biz O’zbekistonning mehnatkash insonlari ustidan zar sochgan bo’lardik”. Prezidentimiz tashabbusi bilan “O’zbekiston iftihori”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi” faxriy unvonlari ta‘sis etildi. Aslini olganda, yuzlab jonkuyar sportchi, murabbiy va sport xodimlarining shu yuksak unvonlar, orden-medallar bilan mukofatlangani, ular ustida sochilgan zar emasmi? Mamlakatimiz sport tarixiga zarhar harflar bilan yozilgan o’sha qutlug’ kunda Prezidentimiz Islom Karimov o’z nutqini mana shunday ezgu niyatlar bilan yakunlandi. “Ochig’ini aytsam, men hech qachon ordenlarimni taqib yurmayman, lekin hozir ko’nglimda yangi orzu paydo bo’ldi-lekin kelajakda bizning orzularimiz ushalib, Toshkentda “Olimpiya olovi yoqilganda men shu ordenni taqib Vatanim poytaxtidagi Olimpiya o’yinlarida hozir bo’laman va ishtirok etaman deb umid qilaman”. Ha Yurtboshimiz aytganidik sport eng yuksak chuqqini ko’zlamoqda. Demak, o’zbek sportchilarining olamshumul g’alabalari hali oldinda. Vatanimiz endigina mustaqillikka erishgandi. Ona-O’zbekistonimizga jahon ahli tanishi uchun mamlakatni dunyoga tezda mashhur qiladigan sohalar-fan, san‘at yoki sportda olamshumul g’alabaga erishimiz zarur edi. Nihoyat xalqimiz, orziqib kutgan ana shunday kun keldi. Shaxmat terma jamoamiz 1992 yil 24 iyunda Filippin poytaxti Manilada yakunlangan 30 ta butun jahon shaxmat olimpiyadasida kumish medalini qo’lga kiritdi. Tantanali yopilish marosimida ishtirok etgan 100 ta davlatning shaxmatchilari, jahon sporti mutasaddilari, yetakchi ommaviy axborot vositalarining vakillari O’zbekiston terma jamoasida olimpiyadaning kumish medali topshirishi e‘lon qilinganda o’lkan saroyni larzaga keltirib, yurtdoshlarimizni guldiroz qarsaklari bilan olqishlashdi. Xalqaro maydondagi ilk olamshumil g’alaba aynan aql-zakovat o’yini hisoblanishi shaxmatda erishilganida qandaydir ramziylik bor. Chunki bizning zaminimizda dunyo tamadudiga bebaho hissa qo’shgan qanchadan-qancha ulug’ allomalar voyaga yetishganlar. Bundan tashqari shaxmat o’yinining paydo bo’lishini tadqiq qilgan tarix fanlari nomzodi Mamajon Muhiddinovning ilmiy xulosasiga ko’ra O’zbekiston bu qadim sehirli o’yinning vatanlaridan biri hisoblanadi, yana ahamiyatli, ko’plab mutafakkirlar mo’jizaviy shaxmat o’yinida fan, san‘at va sport mujassam ekanligini takidlashgan. Shu bois shaxmatchilarimizning bu buyuk muvaffaqiyati jahon ommaviy axborot vositalarida baralla yangradi va ozod O’zbekistonimizni bir zumda dunyo ahliga tanitdi. Albatta, xalqaro maydondagi hech bir g’alaba osonlikcha qo’lga kiritilmaydi, ayniqsa jamoalar o’rtasidagi musobaqada endi biz bu haqiqatni juda yaxshi bilamiz. Ha, xalqaro maydonda biror g’alabaga erishish uchun mustahkam asos bo’lish, musobaqalar paytida vatanparvarlik, fidoiylik, mardlik ko’rsatishi darkor. Shaxmat O’zbekistonda qadim-qadimdan o’ynalib kelangan-degan edi terma jamoamiz bosh murabbiyi Sergey Pinchuk muvaffaqiyatdan keyin yurtimizda o’tkazilgan birinchi matbuot anjumanida. - Shuning uchun Respulikamizda bu o’yinni bilmaydigan kishini topish qiyin. Istalgan choyxonada shaxmat taxtalari bor. Bu bilan yurtimiz aniq zaminga tayangan deb aytmoqdaman. Lekin O’zbekiston mustaqilligini qo’lga kiritgan davlatlarda Respublikamiz shaxmatchilari olimpiada qatnashish sharoitiga sazavor bo’lmagan bizga mustaqillik olimpiada eshiklarini ochdi. - Menimcha, hech bir g’alabani olimpiadadagi muvaffaqiyat bilan qiyoslab bo’lmaydi. Chunki bu anjumanda, dunyodagi barcha kuchli shaxmatchilar ishtirok etishib, o’z mamlakatlari sport sharafini himoya qilishadi, -deya yutug’imiz mohiyatini izohlagandi olimpiada qahramonimiz “Eng chiroyli o’yin uchun” mukofati sohibi Aleksandr Nenashev. - Filippinda sayohatga emas, og’ir vazifani bajarishga ketayotganimizni bilardim. Kayfiyatim shu maqsaddan, kelib chiqdi, o’zimni kurashlarga chog’lay boshladim-deya jamoaning jangovor ruhini ifoda etgandi. Olimpiada qahramonlarimizdan yani biri Sergey Zagribelniy. - Mening vazifam ham boshqalarnikiga o’xshash edi-deb so’z boshlangandi o’shanda jamoamizning birinchi taxtasida dona surgan xalqaro garssmetser Valeriy Loginov-ya‘ni, jamoamizning umumiy jamg’armasida hissa qo’shish. O’zim ham qo’l qovishtirib o’tiradigan shaxmatchilar toifasidan emasman. Baholi qudrat bu vazifani bajarishga harakat qildim. -Yurtimizning bosh omili jamoamizning axillariga, - degan edi yetakchi shaxmatchimiz Prigariy Serper-hatto olimpiadada kimdir “O’zbekistonliklar yo’tadi-da, ular ham doim olti kishi bo’lib, to’rt shaxmatchilarga qarshi o’ynayapti” deydi. Uning fikrida jon bor. Bizning zahiradagi shaxmatchilarimiz doim o’yin xonada biz bilan birga uchrashuv taqdiri uchun qayg’urishdi. Zahiradagilarning bunday madadi har doim asosiy o’yinlarga kuch bag’ishlaydi. - Jamoadoshlarning har bir o’yini natijasi uchun qayg’urasan-deya lekin, hech qaysiga yordam berolmaysan, -deya o’z ahvolini tushuntirgandi. Mixail Saltaev ularning yonidan uzoqlashib qolmaysan ham. Tik oyoqda turavirib shu darajada charchadimki, ahiri o’sha joyda o’tirib bir oz dam olardim. Negaki menga maxsus vazifa yuksalgandi. Ya‘ni barcha kuchli jamoalarning o’yinlarini kuzatib borish va ularning natijalarini kuzatib borish qayd etish. Boshqacha aytganda, murabbiyimiz Sergey Timosovich qaysi jamoaning o’yini natijasini belgisi kelsa, uzul-kesil javob berish. - Zahirada bo’lgani uchun 4-5 ta o’yinda qatnashsam kerak, degan fikrda edim, -deydi. Butun jahon shaxmat olimpiadalari tarixida birinchi bor qatnashgan qayd etilgan Saidali Yuldoshev. - Shundan, ham musobaqaning boshlarida, kuchsiz raqiblarga qarshi. Lekin hal qiluvchi baxslarda xalqaro grassmeytserlarga qarshi dona surishishga, to’g’ri keladi. Darhaqiqat, zahirada turgan Saltaev va Yuldoshov zarur paytda asosiy tarkibda dona surdi. Ayniqsa, 10-turda ikkalasi ham taniqli Gruzin grassmesterlari ustidan ajoyib g’alabaga erishdi. U jamoamizning o’z kuchiga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi. Ta‘qibchilarni esa sarosimaga solib qo’ydi. Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Iyosiv Dorfman “Agar O’zbekistoning zahidagi shaxmatchilari shunday kuchli dona surishsa, asosiy o’yinchilariga qanday dosh berish mumkin”. Deya ko’pchilikni fikrini ifodalangandi. Lekin ochig’ini aytishimiz lozim olimpiyadaning boshida shaxmat mamlakatlarining vakillari terma jamoamizni nazar-pisand qilishmagandi. Hatto to’rtinchi turdan keyin terma jamoamizni ikkinchi o’ringa ko’tarilganda buni tasodifga yo’yishgandi. Holbuki, vakillarimiz Germaniya va Bolgariya jamoalari ustidan g’alaba qozonishgandi. Beshinchi turda Angliya terma jamoasi bilan durang o’ynadi, oltinchi turda bo’lajak olimpiya chempionlari Rossiyaliklarga yo’tqazib qo’yishdi. O’shanda ayrimlar: “Mana hammasi, joyiga tushdi, endi O’zbekistonliklar pastga shung’iydi”, deya kuzatishgandi. Yurtdoshlarimiz esa yettinchi turga Shvetsiyaliklarni tor-mor etib, sakkizinchi turda medalga davogarlik qilayotgan Gallandiyaliklar bilan bitimga kelishishdi. Keyingi turda ketma-ket Gurjiston, Litva va Armaniston terma jamoalarini mag’lubiyatga uchratib, musobaqa jadvalida yana ikkinchi o’ringa ko’tarilib olishdi. Ana shu baxslarda Sergey Zadribelning qimmatli ochkolari keltirdi, chorasi yo’q degan o’yinlarda durrangga erishdi. Bu jamoamizga ko’tarinki ruh baxsh etdi. O’n uchinchi turda shaxmatchilarimiz AQSH terma jamoasi bilan kechgan og’ir o’yinda egallash imkoniyatini saqlab qolishdi. Faqat buning uchun ohirgi turda Isroilliklarning yirik hisobda yurtishimiz kerak edi. Shu mas‘uliyatli o’yinda yurtdoshlarimiz Isroilliklarni 3:1 hisobida yengishdi.
Download 47.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling