Reja: Stendalning “Qizil va qora” asari haqida umumiy maʼlumot


Download 4.04 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi4.04 Kb.
#1615005
Bog'liq
Salimov Nurbek

Termiz davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich 207-guruh talabasi Salimov Nurbekning jahon adabiyoti fanidan taqdimoti

Stendalning qizil va qora romani.

  • Reja:
  • 1.Stendalning “Qizil va qora” asari haqida umumiy maʼlumot
  • 2.Stendalning “Qizil va qora” asari haqida ilgari surilgan gʻoyalar

Stendalning “Qizil va qora” romani 1830-yilda nashr etilgan. Asar voqealari 1820-yillarda Fransiyada bo’lib o’tadi. Ushbu roman XIX asrning so’nggi choragida psixologik realizmning ilk namunasi sifatida tanilgan.

  • Stendalning “Qizil va qora” romani 1830-yilda nashr etilgan. Asar voqealari 1820-yillarda Fransiyada bo’lib o’tadi. Ushbu roman XIX asrning so’nggi choragida psixologik realizmning ilk namunasi sifatida tanilgan.

Qizil – bu shijoatli yoshlik, oliy maqsadga erishish istagi, jo’shqin qon ramzi. Qora – shu maqsadga yetish uchun oson yo’l, hiyla-nayrang bilan erishiladigan cho’qqi.

U o’ta ketgan shuhratparast inson edi. Dinshunoslikni o’rganadi, Injil sahifalarini yoddan o’qiydi. Julyenning muomalasi va xush xulqi janob de Renalnikidan farq qilardi va shu sababli de Renal xonim yosh yigitchaga e’tibor bilan qaray boshlaydi, vaqtlar o’tib Julyenni sevib qoladi.

Ammo xonim taqvodor edi, u doim vijdon azobida yashaydi. Julyen va de Renal xonim o’rtasidagi munosabatlar haqida noma’lum xat olgan janob de Renal yigitchani uydan uzoqlashtiradi...

Orada Julyen Bezansondagi diniy seminariyada tahsil oladi. Biroz o’tib markiz de La Molga kotib bo’lib ishga o’tadi. Julyendagi mehnatkashlik va tirishqoqlikni ko’rgan de La Mol unga murakkab vazifalarni ham ishonib topshira boshlaydi.

Bu xonadonda yigit markizning qizi dunyoviy jamiyatda yashashni istaydigan Matilda bilan uchrashadi. Qizning mag’rurligini Julyenning befarqligi yengib chiqadi va Matilda unga oshiq bo’lib qoladi. Qiz turmushga chiqishni istayotgani haqida xabar beradi. Biroq Julyenning yorqin rejalarini madam de Renaldan kelgan bir xat parchalab yuboradi.

Julyenni hibsga olishadi. Matilda sevgilisini qutqarish uchun oilasi nomidan, pullaridan foydalanadi, hatto de Renal xonim ham Julyenni oqlashlarini so’rab hakamlarga murojaat qiladi. Hamma narsa foydaga hal bo’layotgan bir paytda Julyenning burjua jamiyatini yomonlab so’zlagan nutqi tufayli uni o’limga mahkum etishadi.


Download 4.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling