Reja: Strategiya va strategik menejmentning mazmuni. Strategik menejmentning besh vazifasi. Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi. Strategiya


Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga kirib, quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish


Download 108.87 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi108.87 Kb.
#1462443
1   2   3
Bog'liq
strategik boshqaruv

Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga kirib, quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish;
  • mablaglarni foydali joylashtirish uchun budjetni boshqarish;
  • firma strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan siyosatni belgilash;
  • xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun ragbatlantirish;
  • erishiladigan natijalar va mukofotlar xajmini bir‑biriga bog‘lash;
  • kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muxit yaratish;
  • kompaniya personalini ta’minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya’ni xar bir personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish;
  • ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilgor tajribalardan foydalanish;
  • ichki raxbarlikni ta’minlash;

Strategik boshqarish ijrochilari.
Firmaning ijrochi direktori strategiya bo‘yicha eng ta’sirli va javobgar menejer bo‘lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo‘yuvchi funksiyalarni bajarishni ko‘zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish yo‘llarini ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funksiyalar bo‘yicha vitse‑prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo‘yicha javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o‘zining javobgarlik soxasi bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini kuzatib boradi.
Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo‘yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo‘ladi:
1.) ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari;
2.)aloxida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
3.)muayyan ishlab chiqarish bo‘linmasi bo‘yicha funksional menejerlar;
4.) asosiy operativ bo‘linmalar va regional bo‘limlar menejerlari;
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo‘yicha bitta yoki ikkita menejer mavjud bo‘ladi.

Download 108.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling