II. Tangachalilar (Sguamata) – bularni 6500 dan oshiq turi bo’lib uchta kenja turkumga bo’linadi.
Kaltakesaklar kenja turkumi (Jacertilia) kalta kesaklarni gavdasi juda ham turli tuman takomil etgan beshbarmoqli oyoqlari bo’lsa ham bular ichida oyoqsizlari ham uchraydi 400 ga yaqin turi talaygina oilalarga biriktiriladi.
Gekkonlar (eeckonidae) eng primitiv kalta kesak bo’lib asosan tunda aktiv hayot kechiradi. Ko’pincha pardali ikkita tuhum qo’yadi. Ko’z qorachii vertikalsimon. Bizda erda hayot kechiradigan gekkonlarning bir necha turi uchraydi.
Agamalar(Agamidae) boshini qoplab turadigan ko’plab mayda tangachalari, go’shtdor tili va jaining ustki chetida qo’shilib ketgan tishlari bilan xarakterlanadi. Tipik vakillari: O’rta Osiyo cho’l agamasi (quyosh qarari) plashli kalta kesak, hind uchar ajdari va h.k.olar
Urchiqchasimonlar (Anguidae) oyoqsiz va beozor kalta kesak bo’lib Evropada tarqalgan “urchuqcha” va bizda tarqalgan “sariq ilon” kiradi
Zahar tishlilar (Helodermatidae) birdan bir zaharli turdir. Bularning bir turi “zahar tish” Meksikada, ikkinchisi Borneo orolida yashaydi.
Echki emarsionlar (Varanidae) tanasi juda katta bo’lishi bilan xarakterlanadi uzunligi 25 smdan 1 mgacha boradi, terisi uchun ovlanadi. Janubiy Afrika bilan Osiyoda ko’plab uchraydi.
Bundan tashqari bularni iguanalar xaqiqiy kalta kesaklar, Amfisbenlar, Sstinksimonlar degan oilalari ham mavjud.
2. Ilonlar kenja turkumi ( Ophidia) – ilonlar kalta kesaklarning o’zgargan bir shoxchasi bo’lib, qorni bilan o’rmalab yurishiga va katta – kichik animini butunlay yutishga layoqatlashgandir. Ilonlarda oyoqlar ham, oyoq kamarlari ham yo’q bo’lib ketgan. Ilonlarda zahar tishlari bo’ladi. Ko’zida harakatchan qovoqlar yo’q, chunki qovoqlar bir biriga qo’shilib tiniq qoplaich hosil qiladi va ko’zni soat oynasi singari ustidan berkitib turadi. 2000 ga yaqin turi bo’lgan ilonlar 10 tacha oilaga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |