Reja: Sudralib yuruvchilar haqiqiy qu hayot kechiruvchi umrtqalilardir
Download 0.73 Mb.
|
Sudralib yuruvchilar sinfi.Ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi. va skeleti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiozavrlar
- Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.
Eng kadimgi sudralib yuruvchilar – kotilazavrlar yoki yaxlit boshlilar ustki toshko’mir davridan ma’lum, lekin bu turkum perm davridagina ancha rivojlangan va priast davrida, o’lib bitgan.
Ularni bosh skeleti qoplagich suyaklari yaxlit kosa bilan qoplagan bo’lib uzunligi 10 smdan bir necha metrgacha borgan. Katilazavrlar sudralib yuruvchilarni boshqa gruppalarini hosil qilgan boshlanich gruppa desak yanglishmaymiz, chunki barcha sudralib yuruvchilar uchta guruppaga: Anapsidalar (kotilazavr va toshbaqalar) Sinapsidalar (darrandalar, ixtiozavrlar) Diagsida (qolgan barcha sudralib yuruvchilar) Kotiazavrlardan ixtiozavrlar va pleziozavrlar kabi dengizda yashaydigan qazilma sudralib yuruvchilar paydo bo’lgan. Pleziozavrlar xaqiqiy dengiz hayvonlari bo’lgan, bo’yi yarim metrdan 15 mgacha borgan. Ixtiozavrlar – baliqlar va delfinlarga o’xshash forma kasb etgan. Barmoqlar soni 7 ta bo’lgan. Suzgich dumi bo’lgan. Bo’yi 1-13 mgacha borgan. Bolalarini tirik tuqqan. Diapsidalar gruppasi ikkita lepidozavrlar va arxozavrlardan bo’lgan. Bularni turlari juda kichik bitta ovladi gatteriya – saqlanib qolgan. Arxiozavlardan – suvda yashovchi timsohlar, quruqda yashovchi – dinozavrlar, havoda yashovchi qanotli kalta kesaklar paydo bo’lgan. Dinozavrlar – qachonlardir quruqda yashagan ko’p sonli va turli-tuman gruppadir. Kichkina formalaridan tortib. Gigant bo’yi (uzunligi) 30 m oirligi 40-50 t keladiganlari bo’lgan. Ular ko’pchiligi dumga tayanib orqa oyoq bilan sakrab-sakrab harakat qilgan. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O‘rta Osiyoning cho‘l va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki yashil-kulrang tusda bo‘lganligi tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo‘lib yashaydi, turli hasharotlar bilan oziqlanadi. Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15–20 sm ga yetadi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo‘yni orqali tanasiga birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita burun teshigi, undan orqaroqda – boshining ikki yonida ko‘zlari joylashgan. Ko‘zida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimo namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog‘ora parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rma layotganda chiqadigan tovushni ham sezadi. Kaltakesak ning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi. U uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsa larni bilib oladi. Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi. Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar kaltakesak tumshug‘i va qornining ostida yirik qalqonsimon plastinkalarni, barmoqlari uchida muguz tirnoqlarni hosil qiladi. Muguzli teri hayvonning o‘sishiga xalaqit beradi. Shuning uchun barcha sudralib yuruvchilar singari kaltakesaklar ham faqat tullash davrida o‘sadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4–5 marta tullaydi. Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chib tushib, o‘rniga yangisi hosil bo‘ladi. Kaltakesak tanasi yangi teri qotguncha o‘saveradi. Kaltakesak faqat o‘pkasi orqali nafas oladi. Kaltakesakning o‘pkasi baqani kiga nisbatan murakkab tuzilgan, ya’ni o‘pka devori ko‘plab katakchalarga bo‘lingan. Shu tufayli o‘pkaning gaz almashinadigan yuzasi ancha kengaygan. Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bo‘lma va bitta qorinchadan iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikidan farq qiladi. Shunga qaramay, ular organizmida moddalar almashinuvi sust boradi. Kaltakesaklar sovuqqonli hayvonlar bo‘lganidan tanasining harorati atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Shunga ko‘ra sovuq tushishi bilan ularning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari karaxt bo‘lib qoladi. Kaltakesakning hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining tuzilishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshaydi. Lekin tana muvozanatini saqlaydigan va harakatini boshqaradigan miyachasi ancha kuchli rivojlangan. Shuning uchun kaltakesaklar suvda hamda quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat qiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling