Reja: Sudralib yuruvchilar haqiqiy qu hayot kechiruvchi umrtqalilardir


Download 0.73 Mb.
bet7/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1122273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sudralib yuruvchilar sinfi.Ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi. va skeleti

Dengiz toshbaqalari – tropik dengizlarda yashaydi. Oldingi oyoqlari juda katta va kuraksimon bo’ladi, shunga ko’ra gavdasi ichiga tortib kira oladi. 150-200 m chuqurlikkacha shuniy oladi. Orqa oyoqlari rol vazifasini bajaradi dengiz toshbaqalari baliqlar, mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar bilan bilan oziqlanadi. Odam kam sohillarda, orollarda qumga ko’mib tuxum qo’yadi. Ayniqsa Bissa degan turi kosasasidagi shox tangachalari uchun, oirligi 450 kg gacha boragan Sho’rva toshbaqasi, yashil toshbaqa esa ovqatga ishlatiladi.
Quruqlik toshbaqalari – Bizda O’rta Osiyo toshbaqasi va Galapagos orollarida yashaydigan fil toshbaqa, va boshqalar kiradi. Kosasi juda ham yaxshi rivojlangan, shuning uchun ham dushmani hujumidan qo’rqmasdan kun bo’yi ovqat izlab yura oladi. Deyarli dushmani yo’q. Shuning uchun ham ular uzoq yashaydi.
O’rta Osiyo toshbaqasi 20-25 yil, Kavkaz toshbaqasi 35-40 yil, Fil toshbaqasi 100 yil yashaydi (fil toshbaqasi oirligi 200 kg boradi).
Bundan tashqari yumshoq terili toshbaqalar ham uchraydi. Bular: Afrika Shimoliy Amerika va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi chuchuk suvlarda yashaydi. Bularda kosa bo’lmaydi. Tanasi teri bilan qoplangan bo’ladi. Suvda yaxshi suzadi (barmoqlari orasida parda bor) suv ostida juda chaqqon yura oladi. Bir necha soatlab suv ostiga keta oladi, chunki qon tomirlari kapillyalarga boy va alohida bezlar ko’rinishidagi nafas olish organlari bor. Suv bo’yidagi qumlarda tuxum qo’yadi. Go’shti uchun ovlanadi.
Timsoxlar turkumi – bular hozirgi sudralib yuruvchilar ichida hammadan yuqori tuzilgan hayvonlardirki, bu asosan qon aylanish sistemasining tuzilishidan ko’rinib turadi (yurak qorinchasi 2 ta). Suvda hayot kechirishda layoqatlanish munosabati bilan bir qancha belgilari bor.
Masalan: orqa oyoq pardalarida suzgich pardalari, burun teshiklari bilan quloq teshiklarini berkitib turuvchi klapanlar. Oiz bo’shliining orqa tomonida tanglay parda bor bu parda bekila oladi. Bunda hayvon burnini suv ustiga chiqarib suv ostiga ozini ochib nafas ola oladi.
Timsohlar – suvi chuchuk va chuchuklashgan turli suv havzalarida yashaydi va uxlab olish, tuxum qo’yish yo bo’lmasa bir suv havzasidan boshqasiga o’tish uchun suvdan chiqadi. Quroqchilik fasllarini uxlab o’tkazadi, buning uchun balchiqqa ko’milib oladi. Er yuzidagi barcha tropiklarda tarqalgan. 20 tacha turi bor, ular hammasi bitta oilani tashkil qiladi. Tipik vakillari: bo’yi 10 mga etadigan Nil timsohi, Hindiston daryolarida yashaydigan goval, Amerikada yashovchi alligator va kaymonlar kiradi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling