Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Muammoli masalalar va topshiriqlar


Download 0.59 Mb.
bet29/33
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816883
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Muammoli masalalar va topshiriqlar

  1. Metod usullar to'plami sifatida: tashkiliy, mantiqiy, texnikaviy usullarning tahlilini bering.

  2. O'quvchilarning bilish faoliyatidan tadqiqotchilikga yondashish xususiyatlarini yoritib bering.

  3. 0‘quv jarayonida muammoli izlanish, og'zaki, ko'rgazma va amaliy metodlarning bir-biri bilan bog'liqligini tahlil qiling.

  4. Muammoli vaziyatlani yaratish usullari va yo'llarini izohlab bering.

  5. Dasturlashtirilgan va muammoli o'qitishni solishtirma tahlil qiling.

  6. 4- sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan istagan mavzu bo‘yicha muammoli xarakterdagi savollar tuzing.

  1. 3-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan «Sog‘ligimizni saqlaymiz» mavzusi bo'yicha tezis tipidagi kartochka-topshiriqlar tuzing.

  2. 3-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan «Suv» mavzusi bo'yicha raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar tuzing.

  3. 2-sinf «Atrofimizdagi olam» darsligini tahlil qiling va istagan mavzu bo'yicha dasturlashtirilgan didaktik kartochkalar tuzing.

  4. Dasturlashtirilgan topshiriqlar: grafik diktant, raqamli diktant, kalitli topshiriqlar, testlar (istagan mavzu bo'yicha) tuzib, ularni izohlab bering.

  5. Metod va metodik uslublarning jadvalini tahlil qiling.


Bilimni tekshirish uchun savollar

  1. Tabiatshunoslik darslarida turli uslublardan foydalanish haqida nima deya olasiz?

  2. Tashkiliy uslublar va ularning ahamiyati nimadan iborat?

  3. Texnik uslublar nima, ularning turlariga nimalar kiradi?

  4. Mantiqiy uslub va uning xususiyatlari nimalardan iborat?

  5. 0‘qitishda tadqiqiy yondashishning mohiyati nimada?

  6. Tabiatshunoslikni o'qitishda o'quvchilarning qanday faoliyatlari rivojlantiriladi?




  1. Tadqiqiy metoddan foydalanib, o'qituvchi o'quvchilar bilan qanday ishlarni amalga oshiradi?

  2. Qanday dars muammoli dars bo'la oladi?

  3. Muammoli dars qanday bosqichlami o‘z ichiga oladi?

  4. Muammoli vaziyat yaratish va uning tahliliy bosqichida o'qituvchi qanday vazifalarni bajaradi?

  5. Muammoli darsning qaysi bochqichlari o‘quvchilarning o'qituvchi rahbarligidagi mustaqil faoliyati hisoblanadi va nima uchun?

  6. Bilimlarni muammoli bayon qilish qaysi sinflarda qo'llanilishi mumkin?

  7. Dasturlashtirilgan o'qitish qanday holatlarda qo‘llaniladi?

  8. Tezis tipidagi kartochka — topshiriqlar qanday tashkil qilinadi?

  9. Raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar qanday tuziladi?

  10. Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalar qanday tuzilishga ega?

  11. Dasturlashtirilgan o‘qitish elementlarini tabiatshunoslik darslarida qo‘llanishining ahamiyati nimada?

  12. Maktablarda yana qanday dasturlashtirilgan o'qitish elementlari qo‘llaniladi?

Testning samaradorligini qanday asoslash mumkin?
Atrofimizdagi olam bilan tanishish darslarida dasturlashtirilgan o'qitish, ya'ni amaliy ishlardan, qiziqarli topshiriqlardan foydalanish muammosi o'ta dolzarbdir. Hozirgi paytda o'quvchilarning bilim olish faoliyatini jadallashtirish va ularning atrof-olam bilan tanishtirish darslarida olgan bilimlarini tekshirish maqsadida har bir o'quvchining o'quv jarayonida mustaqilligini ta'minlovchi va o'quv matyerialini o'zlashtirishda yordam beruvchi amaliy ishlar tizimi qo'llanilmoqda. Dasturlashtirilgan o'qitish bosqichma-bosqich bilim olishni kuzatishga imkon yaratadi, o'quv jarayoniga qanday o'zgartirishlar kiritilishi kerakli­gini ko'rsatadi.
Dasturlashtirilgan o'qitish uchun quyidagilar kerak:

  • o'quv matyerialining puxta tahlili, uning qat'iy tanlanish va mantiqiy ketma-ketlik bo'yicha bo'linishi;

  • o'quvchilarning bilim olish faoliyatini tekshirishdagi rahbarlik.

Dasturlashtirilgan o'qitishda o'quvchilarning o'quv matyerialini qo'llashda faolligi va mustaqilligi ortadi, o'qitish jarayonini individuallashtirish imkoni paydo bo'ladi, texnik vositali o'qitish keng qo'llaniladi, o'qitish va o'quvchi mehnatini oqilona tashkil etishga yerishiladi. Nazorat ishlarini dasturlashtirishning tamoyili o'quvchilarning og'zaki javoblarini shartli belgilar va chiziqlar bilan yozma ravishda almashishdir. Ularning afzal jihati shundaki, ular qisqa vaqt ichida har bir o'quvchining o'tilgan mavzuni o'zlashtirish darajasini aniqlay oladi.
Tajriba atrof olam bilan tanish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida dasturlash­tirilgan o'qitish usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko'rsatadi. Afzalligi shundaki, o'quv matyerialini o'zlashtirish darajasini o'quvchilarning o'zlari shu dars mobaynida tekshirishlari mumkin. 2- sinfda dasturlashtirilgan o'qitishda tezis turidagi tarqatma topshiriqlar, raqamlar, tarqatma testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Grafik topshiriqlarini bajarayotganda o'quvchilarga « —» noto'g'ri javob, «l» — to'g'ri javob ekanligini tushuntirish lozim. O'qituvchida esa grafik usuldagi javoblarni tezda aniqlashga moslashtirilgan asbob bo'lishi kerak. Masalan:
21- mart — Navro'z bayrami.
1- sentabr — Ustozlar va murabbiylar kuni.
1- oktabr — Mustaqillik bayrami.
8- dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasi kuni.


  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling