Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Mavzu: Tabiat bilan tanishtirish fanini rivojlanishi tarixi


Download 0.59 Mb.
bet2/33
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
2. Mavzu: Tabiat bilan tanishtirish fanini rivojlanishi tarixi
Reja:

  1. Inson rivojlanishida tabiatning roli haqida qadimgi qo’l yozmalarda yoritilishi.

  2. Sharq mutafakkirlarining asarlarida tabiatni inson rivojhlanishidagi ahamiyati haqidagi masalalarni yoritilishi.

Tayanch tushunchalar: tuproqshunoslik, botanika, agronomiya, ratsional, uyg’onish, astronomiya, tibbiyot.
ababiyotlar.

1. Djanpeisova G.E., Rasulxo‘jayeva M.A. Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovasiya Ziyo, 2020 y.- 320 b.


2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013 y
3. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013 y.
4. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: 0‘qituvchi. 1995 y.
5. Rasulxo‘jayeva M.A. Bolalami hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo- Zakovat”, 2020 y
6. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova ‘“Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y.
7. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T .: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
8. “Ilk qadam” Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
9. Grosheva I.V. va boshq. 0‘yin orqali ta’lim olish. Uslubiy qo‘llanma. T.: 0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 0‘zbekiston BMT Xalqaro bolalar fondiga (YUNISEF), 2020 y.
10. Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni maid va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” T.: 2017 y.
1 l. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik 0‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” T.: 2016 y
12. Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi” T.: 2016 y.
13. O“zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni.
O 'zbekiston
14. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi.T.:Fan va texnologiya 2013 y.
15. O.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “A)oqachi’\ 2007 V-
16. Xasanboveva O.U. va boshqalar. “‘Oilada barkamol aqlod arbiyasi’T., 2010 у
17. “Bolangiz maklabga tayyormi?” metodik qoMlanma. T:, 2001 у
18. A.To‘xtayev Ekologiya.T.:0‘qituvchi.l998.
19. N.Jo‘rayev va boshqalar “Ekologiya huquqi” T.:Adabiyot jamg‘armasi. 200ly.


Ma’lumki, tabiatshunoslik fanining rivojlanishi o‘zining uzoq o'tmishiga ega. Botanika va zoologiyadan bilimga ega bo‘lmay turib, o‘simlikshunoslik va chorvachilikni, tuproqshunoslikni bilmasdan agrotexnikani ratsional rivojlantirish mumkin emas. Tabiat­shunoslik fanini tobora rivojlanishida hozirgi zamon biologiya fanlarining o‘rni beqiyosdir.
Inson g‘or va chaylalarda yashab, o‘zining kundalik ehtiyojlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlab, tirikchilik qilib yurgan davrlardayoq tabiiyot (ya’ni tabiat) fanining ilk kurtaklari vujudga kelgan va har xil ifodali tasvirlarga ega bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan bunday ifodali tasvirlar shakllanib ov manzaralari, ovlanadigan hayvonlar va o‘simliklar shakllari har xil toshlarga o‘yib yozilgan va mulk sifatida avlodlardan-avlodlarga meros qilib qoldirilgan.
Inson hayot kechirishining zaruriy omili bo‘lib hunarmand­chilik yuzaga kela boshlagan dastlabki davrlarda tosh, yog‘ochlar bilan hayvonlar ovlangan, tirikchilik qilingan, ularning mahsulotlaridan zarur buyumlar yasagan, bu o‘z navbatida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga olib kelgan.
Shunday qilib, miloddan ming yillar avval dastlabki yozuvlar tarzida oromiy yozuvi, so‘ng sug‘d, baqtriya va urxun-yenisey yozuvlari vujudga keldi. Keyinchalik yozuvlar muttasil o‘zgarib, takomillashib bordi. Shu bilan birga tabiat, borliq, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqidagi kuzatishlar kengaya va chuqurlasha bordi, tabiiyot fanlari, u o‘rganayotgan jarayonlar hamda hodisalar haqidagi tushunchalar ham takomillashdi.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishdagi tushuncha va ta’limotlar Abu Nasr Farobiy, A1Xorazmiy, Abu Rayhon Byeruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning asarlarida o‘z ifodasini topgan.’Bu mutafakkirlarning asarlari astronomiya, matematika, geologiya, mantiq, grammatika, musiqa, metrologiya, topografiya, harbiy fanlar, axloq, siyosat bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik, ov san’ati, tibbiyot va tabiiyot kabi fanlarning rivojlanishiga ilmiy asos bo'ldi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling