Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Tayanch tushunchalar: O’lkashunoslik tamoyili, ensiklopedik tamoyil, faslchilik tamoyillari, ilmiylik tamoyili, bolalarning yoshiga mosligi tamoyili


Download 0.59 Mb.
bet7/33
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Tayanch tushunchalar: O’lkashunoslik tamoyili, ensiklopedik tamoyil, faslchilik tamoyillari, ilmiylik tamoyili, bolalarning yoshiga mosligi tamoyili.
Adabiyotlar.

1. Djanpeisova G.E., Rasulxo‘jayeva M.A. Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovasiya Ziyo, 2020 y.- 320 b.


2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013 y
3. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013 y.
4. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: 0‘qituvchi. 1995 y.
5. Rasulxo‘jayeva M.A. Bolalami hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo- Zakovat”, 2020 y
6. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova ‘“Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y.
7. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T .: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
8. “Ilk qadam” Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
9. Grosheva I.V. va boshq. 0‘yin orqali ta’lim olish. Uslubiy qo‘llanma. T.: 0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 0‘zbekiston BMT Xalqaro bolalar fondiga (YUNISEF), 2020 y.
10. Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni maid va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” T.: 2017 y.
1 l. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik 0‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” T.: 2016 y
12. Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi” T.: 2016 y.
13. O“zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni.
O 'zbekiston
14. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi.T.:Fan va texnologiya 2013 y.
15. O.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “A)oqachi’\ 2007 V-
16. Xasanboveva O.U. va boshqalar. “‘Oilada barkamol aqlod arbiyasi’T., 2010 у
17. “Bolangiz maklabga tayyormi?” metodik qoMlanma. T:, 2001 у
18. A.To‘xtayev Ekologiya.T.:0‘qituvchi.l998.
19. N.Jo‘rayev va boshqalar “Ekologiya huquqi” T.:Adabiyot jamg‘armasi. 200ly.

O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritganidap so'ng uz milliy qadriyatlarini tiklash yo'lida jamiyat hayotining har bir jabhasida sobit qadamlik bilan ish olib borayotir. Ta'lim tizimini tubdan isloh qilish maqsadida.


O'zbekiston Respublikasining Maorif vazirligi tomonidan, bolalar boq’chalarining tabiati bilan tanishtirish dasturi, Respublikamizning o'ziga xos etnik xususiyatlari, geografik jihatdan iqlimi, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Dasturda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta'lim-tarbiya haqida nazariy vazifalar berilgan. Unda maktabgacha yoshdagi bolalarni har yosh boskichiga xos psixofiziologik xususiyatlari hisobga olingan. Dastur ilk yoshdagi ikkinchi kichik guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo'ljallangan bilim va ko`nikmalar hajmini o'z ichiga oladi.
Bizga ma'lumki. maktabgacha tarbiya muassasalarida turli yoshdagi bolalar tarbiyalanadilar. Maktabgacha bo'lgan davrda bolalarga har bir guruxda jonli va jonsiz tabiat haqida bilim beriladi. Bu beriladigan bilim, kunikma, malakalar guruxdan guruhga o'tgan sayin chuqurlashtirilib, kengaytirilib, murakkablashib boriladi.
Dasturda tabiatshunoslik materiallari barcha guruh uchun yil fasllariga qarab taqsimlangan. Har bir mavsumda jonli va jonsiz tabiatdagi hamda kishilar faoliyatidagi eng aniq xarakterli hodisalar ko'rsatib o'tilgan. Materialarning bunday joylashishi tabiatda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatish, uni taxlil qilish imkonini beradi.
Tabiat bilan tanishtirsh dasturi respublikaning o`ziga xos tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida qo'llaniladigan "Bolalar bog'chasida ta'lim- tarbiya dasturi" davlat hujjati sanaladi. Har bir bog’cha mudirasi, uslubiyotchisi, tarbiyachisi shu hujjat materiallarini to'liq amalga oshirishlari shart. Dasturniig tabiat bilan tanishtirish bo'limi. Hamma bo'limlar bilan uzviy bo'lingan. Tabiat haqidagi tasavvuri hosil qilish so'z yordamisiz bo'lishi mumkin emas.
Bola tabiatini kuzatish davomida olgan bilimlarini o`zlari tasviriy faoliyatlarida aks ettiradilar. Tabiatni kuzatish orqali sanashni, miqdor, o'zgarishlarini o'rganib boradilar (daraxt baland, buta past, daraxt tanasi 1 ta, buta tanasi ko'p). Jismoniy mehnat bolalarni jismonan baquvvat, soglom o'sishlari uchun yordam beradi. Bundan tashqari tabiatga oid bo'lgan harakatli o’yinlar ham bolani jismonan barkamol bo'lishiga yordam beradi. Bu misollarning barchasi dasturda o'z aksini topgan. Dasturga material tanlash tabiat bilan tanishtirishdagi barcha printsiplarga rioya qilingan holda amalag oshirilgan.
Yuqorida bayon etilganidek, bolalar boq’hasida turli yoshdagi bolalar tarbiya topadlar. Bolalarning o'zlashtirish qobiliyatini hisobga olingan holda dastur quyidapgcha tuzilgan, ya'ni, bolalar boq’cha muassasalarida bo'lgan davrlarida bitta mavzu bilan bir necha marta tanishadilar. Lekin har safar chuqurroq, kengaytirilgan holda tanishadilar.
Masalan: Kichik guruhda suv haqida tushuncha berilganda suv bilan yuviniladi, suvni ichadilar, suv sovuq, iliq bo'ladi. suv oqadi kabi o'rgatiladi. O'rta guruhda suv tiniq, ayrim predmetlar suvda cho`kadi, issiq kunda suv tez, sovuq kunda sekin quriydi, katta tayyorlov guruhlarida suvning tabiatda aylanib yurishi, o'simlik, inson hayotida uning o'rni, suvdan elektr energiyasi olishda foydalanish mumkin kabi tushunchalar oddiydan - murakkabga qoidasi asosida tushuntirilib boriladi. Demak, har bir guruhda tabiatga oid bilimlar har yili murakkablashib boradi.
Dastur faslchilik printsinlari asosida tuzilgan. Materiallarning bunday joylashtirilishi tabiatda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni tahlil qilishga yordam beradi.. Dasturda o'rta guruhdan boshlab har bir faslda bolalarga jonli va jonsiz tabiatidagi, o'simliklar hayotidagi, hayvonot olamidagi o`zgarishlar va ular haqida bolalar olishlari lozim bo'lgan bilimlar berilishi hisobga olingan.
Biror bir faslda o'simliklar hayotidagi o'zgarishlar, ob-havoning o'zgarishini kuzatish, hayvonot olamidagi o'zgarishlarni, kishilarning shu mavsumdagi mehnatlari bolalarga yaqqol ko'rinadi. Shu fasldagi barcha tabiat haqidagi, unda sodir bo'ladigan o'zgarishlar haqida to`liq, tasavvurlar shakllanadi. Bundan tashqari dasturda tabiat haqidagi tasavvurlrni shakllantirish kvartallarga bo'lib berilgan.
Bolalarga beriladigan bilimlarni kvartallarga bo'lib joylashtirishda ham yuqorida kurib o'tilgan prntsiplarga rioya qilinadi,
Har bir guruhda yil oxirida bolalar egallashlari lozim bo'lgan bilimlar ko'rsatiladi. Dastur materiallarini joylashtirishda ketma-ketlik, tizimlilikka amal qilingan.Dastur nima?

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturini bo'limlarini aytib bering?

  2. Dasturda faslchilik printsipining qo'llanishi deganda nimani tushunasiz?

  3. Dastur mazmuni guruhdan guruhga qarab murakkablashib borishiga misol keltiring.

Bolalar bog’chasida jonli tabiat burchagining bo'lishi bolalarni tabiat bilan ko'rgazmali va amaliy tanishtirishning zarur sharoiglardan biridir. Bolalarning ekskursiya yoki uy sharoitidagi kuzatishlari qisqa muddatlidir. Tabiat burchagida esa, bolalar yil boyi xayvon va o'simliklar oldiga kelishlari va o'simliklarni tarbiyachining topshirigi asosida uzoq muddat kuzatishlar mumkin. Bu esa bolalar uchun laboratoriya vazifasini o'taydi. Tabiat burchagining ta'limiy ahamiyati shundaki, bolalar o'simliklarning nomlari, qismlari, rivojlanish jarayonlarini kuzatadilar. Ularning issiqlikka, yorug'likka, suvga bo'lgan talab jarayonlarini o'rganadilar. O'simlikni parvarish qilish uchun sarflanadigan mehnat turi bilan tanishadilar. Tabiat burchagining ta'limiy ahamiyatini yana k.uyidagicha izoxdash mumkin: bolalar hayvonot olami turlari, ko'payishi, tana qismlari, harakatlari, oziqlanishi bilan ham tanishadilar.
Tabiat burchagi uchun quyiladigan talablar:

  1. O'simlik yoki hayvon biron bir aniq, tur uchun xos bo'lishi kerak.

  2. Tabiat burchagida yashovchilar "beor" ko'p mehnat talab qilmaydigan, ovqat tanlamaydigan, bolalar yoshiga mos bo`lishi kerak.

  3. Tabiat burchagida yashovchilar yorqin, jozibador, bolalar diqqatini o`ziga jalb qilib tura oladigan bo`lishi zarur.

  4. Bir turdagi o'simlik va hayvonlarni bir necha xili bo`lishi kerak.

  5. Tabiat burchagida yashovchilar tamoman xavfsiz va bolalar sog'ligiga hech qanday zarar etkazmasligi shart.

  6. Tabiat burchagida yashovchi o'simliklar va hayvonlar soni cheklangan va biologik xususiyatlari hisobga olingan holda joylashtirilishi kerak.

Hayvon va o'simliklarni tabiat burchagida saqlash, joylashtirishda birinchi navbatda ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlari nazarda tutilishiga e'tibor berish kerak.
Masalan: Ba'zi bir xona o'simliklari (chiroqgul, kaktus) quyosh nurlarini ko'proq talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug joyga qoyish lozim. Boshqalar (uzumbapn, gunafsha) tik tushi b turuvchi quyosh nuriga bardosh bera olmaydi. Tabiat burchagi kuzni quvontirishi, xonani bezashi lozim. Nihoyat ob'ektlarni shunday joylashtirish lozimki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari tabiat burchagini kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari kerak. Agar imkon bo'lsa, har bir guruh bolalari keng foydalana oladigan umumiy jonli burchak tashkil etilsa, yanada ham yaxshi bo'ladi. bunda istagap guruh bolalar ekskursiya qilib kelib ko'radi, tanishadi. o'rganadi Bunday jondi tabiat burchagida tulki kuyon, tovuq, echki kabilarni parvarishlash mumkin Bundan tashkarn tabiat burchagida hayvonlarni boqishning uziga xos hayotiy va biologik tomonlari bulib, uni har bir tarbiyachi yaxshi bilishi zarur.
Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish, ya'ni kichik guruhda: o'simliklar dunyosi, Xitoy atir guli, fuksiya, doymiy gullovchi begoniy.
Baliqlar: Tilla baliq.
Qushlar: Sa'va, snegir.
Hayvonot quyon, olmaxon, dengiz cho`chqasi.
O'rta guruh: o'simliklar dunyosi, begoniya, asparagus, xushboy yorongul, aloe yoki agava.
Baliqdar: Tilla baliq turlaridan vuallexvost, teleskop. Qushlar: Snegir jufti bilan.
Hayvonot olami: Kichik guruhda tavsiya etilgan hayvonlar saqlanadi.
Katta guruh: o'simliklar dunyosi: Tradeskantsiyaning 2-3 turi, plyush, aloe, kaktus, amaralis.
Baliqlar: Guppi, me'yasits skalyariy.
Qushlar: Taram - taram to'tiqush, quyi guruhdagi qushlarni saqlash mumkin.
Hayvonot olami: Tipratikan, olmaxon, toshbaqani saqlash mumkin.
Tayyorlov guruh: o'simliklar guruhi: amaralis, slivaya, krinum.
Baliqlar: 2-3 tur baliq bo'lishi kerak, quyi guruhdagi baliqlar ham tavsiya etiladi
Qushlar va mayda sut emizuvchilardan tabiat burchagiga tavsiya etilganlar istalgancha saqlash mumkin.
Bolalar bogchasida tabiat burchagida yashovchilarning barchasni doimiy va vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin.
Doimiy yashovchilar yil davomida xona o'simliklari, baliqlar va shu kabilar yashasalar, vaqtincha yashovchilar esa guruhga qisqa muddatga olib kiriladi. Bular mahalliy o'lka o'simlik va hayvonlari bo'lib, ularning hayot faoliyatlari u yoki bu mavsumda alohida qiziqarli va yorqin bo'ladi. Bahorda dastlabki gullar, kuzda qiyos gullaydigan gulxonadagi dekorativ o'simliklar, hashoratlar va shu kabilar. Demak, xonaga tabiat burchagiga ob'ekt tanlashda yuqoridagi talablarga rioya qilgan holda, o'lkani tabiiy sharoitini hisobga olish zarur.
Har bir guruh uchun ob'ekt tanlashda guruh bolalarining yosh xususiyatlarini, bilim darajasini, bog’chaning tabiiy sharoitini hisobga olish lozim, hamda o'simlik va hayvonlarni tanlashda eng avvalo bolalarning predmetlarni idrok etish xususiyatlarini e'tiborga olish muhimdir. Shuningdek ta'limiy masalalar nazarda tutiladi.
2-kichik guruhdan bolalar o'simliklarni parvarish qilishga jalb qilinadi. Hayvonlarni bolalar kuzatar ekanlar, ular hayvonlarning chiqaradigan tovushlari, hatti-harakatlari, gavda qismlarini bo`lib oladilar.
O'rta guruhda bolalar predmetlarning xususiyatlari va sifatlarining xilma - xilligi, rangi, kattaligi va shu kabilarni ko'ra olish malakalarini hosil qilgan bo'ladilar. Bolalar ko'rish, predmetlarni o'xshash va farq qiluvchi tomonlarini ajratish, umumlashtirishga o'rganadilar. O'simlik va hayvonlar haqidagi bilimlar murakkablashadi. O'simlik hayoti uchun zarur bo'lgan sharoitlar blan tanishadilar.
Katta tayyorlov guruhda, bolalarning predmetlarni kuzatish, solishtirish, klassifikatsiyalash ko'nikmalari davom ettiriladi. Bolalarda turlicha o'simlik va hayvonlarning rivojlanishi uchun zarur bo'ladigan sharoitlarni, ko'payish xususiyatlari haqidagi bilimlarni kengaytirib boradilar. Bundan tashqari ular tabiat olamidagi muhim bog’liqliklar-o'simliklarni komleks sharoitlarga, hayvonlarni tashqi tuzilishi, hayot tarzini yashash muhitga bog’liqligi haqidagi elementar bilimlar shakllantiriladi. Bolalar turli mavsumlarda o'simlik va hayvonlar hayotida, ularni o'sishi va rivojlanishining asosiy davrlarini biladilar, tanishadilar.
Mavzu yuzasidan savol topshiriqlar.

  1. Tabiat burchagining ta'limiy ahmiyati deganda nimani tushunasiz?

  2. Tabiat burchagining tarbiyaviy tomoni nimalardan iborat?

  3. Tabiat burchagiga qanday talablar qoyilgan?

  4. Turli guruhlarda tabiat burchagi qanday tashkil etiladi?

6. Mavzu: Maktabgacha ta’lim ish hujjatlarida tabiat bilan tanishtirish. tabiat bilan tanishtirish dasturining mohiyati
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishga qo’yiladigan davlat talablari. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturida bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling