Reja tadbirkorlik sub`ektlari uchun soliqlarning ahamiyati va zarurligi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarnni qo`llab-quvvatlashda
Download 361.06 Kb. Pdf ko'rish
|
9-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarnni qo`llab-quvvatlashda
soliq imtiyozlarini berish tizimini takomillashtirish masalalari. Mamlakatimizda iqgisodiyotai isloh qilish va yangilashga doir ishlab chiqilgan besh tamoyilga asoslangan, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng amalga oshirib kelinayotgan iktisodiy rivojlanishning «o`zbek modeli», shuningdek, chuqur va puxta o`ylangan iqgisodiy siyosat makroiqgisodiy barqarorlik, moliya- bank sohasining barqaror faoliyat yuritishi va valyuta zaxiralari ko`payishini ta`mshshagan holda O`zbekiston iqtisodiyotini spekulyativ kapital, jahon moliya va fond bozorlaridagi boshqarib bo`lmaydigan stixiya ta`siridan himoyalash uchun ishonchli to`siq va mustahkam zaxira bo`lib xizmat qilmokda. YUrtimizdagi islohotlar kichik biznes va tadbirkorlik sohasining moliyaviy barkarorligini qo`llab-quvvatlashga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, diversifikatsiya qilish, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligani ta`minlash choralariga e`tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirishda davlatimiz tomonidan soliqlarni rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratilayotgan alohida e`tibor o`z samarasini bermokda. Jumladan, soliq siyosatini yanada liberallashtirish masalasi hamda soliq yuki yildan-yil kamayish barobarida soliqqa tortish tartibi ham soddalashtirilayotir. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 24 dekabrda qabul qilgan "O`Zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroyaqtisodiy ko`rsatkichlar progaozi va davlat byudjeti parametrlari to`g’risida"gi PQ-1449-sonli qarori mamlakatimiz solik tizimi samaradorligini oshirishda muhim omil bo`lmoqtsa. Ayniqsa, tadbirkorlik sub`ekglariga berilayotgan soliq imtiyozlari natijasida sohaning izchil rivoji ta`minlanmoqda. 2011 yildan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun yagona soliq to`lovi stavkasini 7 foizdan 6 foizga tushirilishi, hech shubhasiz, davlatimiz tomonidan ishbilarmon va tadbirkorlarga ko`rsatilayotgan imtiyozdir. Mamlakatimiz rivojlanishida 2010 yilda qator yutuqlar qatorida iqgisodiy o`sishni ta`minlash, yangi ish o`rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o`R in tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo`llab-kuvvatlashga alohida e`tibor qaratildi. Hurmatli YUrtboshimiz ta`biri bilan aytganda: "... kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - jamiyatimizning, bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo`lishi shart" 1 , - deya ta`kidlagani bejiz emas. Tadbirkor o`z mohiyati bilan erkin, tashabbuskor va yulanuvchan odamdir. U - yo`vdan bor qiladigan shaxs. Borini yo`q qilish uning tabiatiga zid, chunki bor- yo`g’ini topgash xususiy mulki ekanligi, ana shu mulk uni boqishini, kiyintirishini, farovon turmush tarzini ta`minlashini yaxshi biladi. SHuning uchun ham uni asrab avaylab, ko`paytirish uchun ishlaydi, izlanadi va yashaydi. SHu o`rinda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini ayrim ko`rsatkichini ko`rib chiqib, iqtisodiy salohiyati bo`yicha dunyoda etakchi o`rinlardan birini egallaydigan YAponiyani oladigan bo`lsak, ushbu davlatda YAIM ining 50 %dan ortig’i kichik biznes zimmasiga to`g’ri keladi. Hozirgi kunda kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub`ektlarini qo`llab- quvvatlash masalasi soliq siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida belgilangan Biroq, ishlab chiqarish infratuzilma tarmoqlari rivojining hozirgi holati taxdili, qishloq xo`jaligi tuzilmalarining samarali faoliyat ko`rsatish uchun kuyidagilarni e`tiborga olish lozimligini taqozo etmoqda; - ishlab chiqarish infratuzilmasi ob`ektlarining, ular xizmatidan foydalanuvchi sohalarga qulay joylashganligi va ko`rsatilgan xizmatlarning narxi arzon hamda sifat ko`rsatkichlari yuqori bo`lishligi; - ishlab chiqarish infratuzilmasi ob`ektlarining xizmat ko`rsatish faoliyatini kengaytirish uning moliyaviy mablag’lar bilan ta`minlash darajasi to`g’ri tashkil etilmaganligi; - agrar islohotlarni yanada chuqurlashtirish va buning natijasida samarali. qishloq xo`jalik infratuzilmasini vujudga keltirishning zarurligi. Qishloq xo`jaligida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlaridagi mavjud kamchiliklar: - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalarida marketing faoliyatining past darajada tashkil etilishi va buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish hamda uni sotish borasida raqobatning yo`qligi; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining bank va boshqa kredit tashkilotlarining turli moliyaviy xizmatlaridan (lizing, faktoring va forfeyting xizmatlari) foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi; - bank-kredit va moliya tashkilotlarining bugungi kunda ham kichik tadbirkorlik sub`ektlariga bo`lgan ishonchi etarli emasligi va bu holatlarni bartaraf etish bo`yicha ishlar olib borish va boshqa muammolar mavjud. YUqoridagi fikrlarga asoslangan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga kredit jalb qilish amaliyotini o`rganib, chuqur tahlil qilgan holda quyidagi takliflarni keltiramiz: - soliqqa tortishda tabaqalashgan taqsimotni joriy etish. YA`ni qishloq joylarda shaharga nisbatan pastroq foizda soliq stavka qo`llash; - ko`p hollarda kichik biznes sub`eklari, raqobat bozorida yirik biznes vakillariga engilib qoladilar. SHuning uchun kichik biznes sub`ektlari o`z haq - huquqlarini paymol bo`lishiga yo`l qo`ymasliklari uchun, o`zlarining xuquqiy savodxonliklarini oshirishlari lozim, deb o`ylayman; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ishlab chiqarish va eksport salohiyati, marketing va mahsulotlarni sotishga bagishlangan o`quv mashg’ulotlari, seminarlar va ko`rgazmalarni tashkil etishni yo`lga qo`yish lozim. - ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni jadallashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslarining bir qismini tez qoplaydigan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga karatish, shu jumladan kichik biznes ob`ektlariga yo`naltirish; Xulosa qilib aytganda, aholini ish bilan ta`minlash muammosini hal etish qishloqtsa sanoat va xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish bilan bevosita bog’liq. Bugun sanoatni, xizmat ko`rsatish sohalarini qishloqqa olib kelish, xususan, mahsulotlarni kayta ishlaydigan kichik korxonalarni qishloq zaminiga joylashtirishni mahalliy hokimiyatlar, tadbirkor ishbilarmonlar, turli xil mulk egalari oldiga asosiy vazifa qilib qo`yilgani tasodifiy emas. Bugungacha xizmat ko`rsatish tarmoqlari asosan shahar va tumanlar markazlarida ko`proq joylashgan bo`lsa, endi ularni posyolkalarda, qishloqlarda, hatgoki eng olis ovullarda ham tashkil etish ehtiyoji zarurati tobora ortmokda. Zero, xizmat ko`rsatish tarmoqlari darajasi mamlakatning taraqqiy etayotganligini, jamiyatni rivojlanayotganligini ko`rsatuvchi muhim mezondir. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Soliqlar haqida tushuncha. 2. Soliqlarning qanday ahamiyati mavjud? 3. Soliqlar tadbirkorlik sub`ektlarini qanday tartibga soladi? 4. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda soliqlar qanday o’rin egallaydi? Download 361.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling