Reja tadbirkorlik sub`ektlari uchun soliqlarning ahamiyati va zarurligi


 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarnni qo`llab-quvvatlashda


Download 361.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana11.05.2023
Hajmi361.06 Kb.
#1452832
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-маъруза

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarnni qo`llab-quvvatlashda 
soliq imtiyozlarini berish tizimini takomillashtirish masalalari. 


Mamlakatimizda iqgisodiyotai isloh qilish va yangilashga doir ishlab chiqilgan 
besh tamoyilga asoslangan, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng amalga 
oshirib kelinayotgan iktisodiy rivojlanishning «o`zbek modeli», shuningdek
chuqur va puxta o`ylangan iqgisodiy siyosat makroiqgisodiy barqarorlik, moliya-
bank sohasining barqaror faoliyat yuritishi va valyuta zaxiralari ko`payishini 
ta`mshshagan holda O`zbekiston iqtisodiyotini spekulyativ kapital, jahon moliya 
va fond bozorlaridagi boshqarib bo`lmaydigan stixiya ta`siridan himoyalash 
uchun ishonchli to`siq va mustahkam zaxira bo`lib xizmat qilmokda. 
YUrtimizdagi islohotlar kichik biznes va tadbirkorlik sohasining moliyaviy 
barkarorligini qo`llab-quvvatlashga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, 
texnik va texnologik qayta jihozlash, diversifikatsiya qilish, xarajatlarni 
kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligani 
ta`minlash choralariga e`tibor qaratilmoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib 
rivojlantirishda davlatimiz tomonidan soliqlarni rag’batlantiruvchi rolini 
kuchaytirishga qaratilayotgan alohida e`tibor o`z samarasini bermokda. Jumladan, 
soliq siyosatini yanada liberallashtirish masalasi hamda soliq yuki yildan-yil 
kamayish barobarida soliqqa tortish tartibi ham soddalashtirilayotir. 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 24 dekabrda qabul qilgan 
"O`Zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroyaqtisodiy ko`rsatkichlar 
progaozi va davlat byudjeti parametrlari to`g’risida"gi PQ-1449-sonli qarori 
mamlakatimiz solik tizimi samaradorligini oshirishda muhim omil bo`lmoqtsa. 
Ayniqsa, tadbirkorlik sub`ekglariga berilayotgan soliq imtiyozlari natijasida 
sohaning izchil rivoji ta`minlanmoqda. 
2011 yildan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun 
yagona soliq to`lovi stavkasini 7 foizdan 6 foizga tushirilishi, hech shubhasiz, 
davlatimiz tomonidan ishbilarmon va tadbirkorlarga ko`rsatilayotgan 
imtiyozdir. 
Mamlakatimiz rivojlanishida 2010 yilda qator yutuqlar qatorida iqgisodiy 
o`sishni ta`minlash, yangi ish o`rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal 
etish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o`R
in
tutayotgan 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va 
qo`llab-kuvvatlashga alohida e`tibor qaratildi. 
Hurmatli YUrtboshimiz ta`biri bilan aytganda: "... kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik - jamiyatimizning, bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon 
hayotimizning mustahkam tayanchi bo`lishi shart"
1
, - deya ta`kidlagani bejiz emas. 
Tadbirkor o`z mohiyati bilan erkin, tashabbuskor va yulanuvchan odamdir. U - 
yo`vdan bor qiladigan shaxs. Borini yo`q qilish uning tabiatiga zid, chunki bor-
yo`g’ini topgash xususiy mulki ekanligi, ana shu mulk uni boqishini, 


kiyintirishini, farovon turmush tarzini ta`minlashini yaxshi biladi. SHuning uchun 
ham uni asrab avaylab, ko`paytirish uchun ishlaydi, izlanadi va yashaydi. SHu 
o`rinda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini ayrim ko`rsatkichini ko`rib chiqib, 
iqtisodiy salohiyati bo`yicha dunyoda etakchi o`rinlardan birini egallaydigan 
YAponiyani oladigan bo`lsak, ushbu davlatda YAIM ining 50 %dan ortig’i kichik 
biznes zimmasiga to`g’ri keladi. 
Hozirgi kunda kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub`ektlarini qo`llab-
quvvatlash masalasi soliq siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida 
belgilangan Biroq, ishlab chiqarish infratuzilma tarmoqlari rivojining hozirgi 
holati taxdili, qishloq xo`jaligi tuzilmalarining samarali faoliyat ko`rsatish 
uchun kuyidagilarni e`tiborga olish lozimligini taqozo etmoqda; 
- ishlab chiqarish infratuzilmasi ob`ektlarining, ular xizmatidan 
foydalanuvchi sohalarga qulay joylashganligi va ko`rsatilgan xizmatlarning narxi 
arzon hamda sifat ko`rsatkichlari yuqori bo`lishligi; 
- ishlab chiqarish infratuzilmasi ob`ektlarining xizmat ko`rsatish faoliyatini
kengaytirish uning moliyaviy mablag’lar bilan ta`minlash darajasi to`g’ri 
tashkil etilmaganligi; 
- agrar islohotlarni yanada chuqurlashtirish va buning natijasida samarali.
qishloq xo`jalik infratuzilmasini vujudga keltirishning zarurligi. 
Qishloq xo`jaligida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub`ektlaridagi mavjud kamchiliklar: 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalarida marketing 
faoliyatining past darajada tashkil etilishi va buning natijasida mahsulot ishlab 
chiqarish hamda uni sotish borasida raqobatning yo`qligi; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining bank va boshqa kredit 
tashkilotlarining turli moliyaviy xizmatlaridan (lizing, faktoring va forfeyting 
xizmatlari) foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi; 
- bank-kredit va moliya tashkilotlarining bugungi kunda ham kichik 
tadbirkorlik sub`ektlariga bo`lgan ishonchi etarli emasligi va bu holatlarni bartaraf 
etish bo`yicha ishlar olib borish va boshqa muammolar mavjud. 
YUqoridagi fikrlarga asoslangan holda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning rivojlanishiga kredit jalb qilish amaliyotini o`rganib, chuqur tahlil 
qilgan holda quyidagi takliflarni keltiramiz: 
- soliqqa tortishda tabaqalashgan taqsimotni joriy etish. YA`ni qishloq joylarda 
shaharga nisbatan pastroq foizda soliq stavka qo`llash; 
- ko`p hollarda kichik biznes sub`eklari, raqobat bozorida yirik biznes 
vakillariga engilib qoladilar. SHuning uchun kichik biznes sub`ektlari o`z haq -
huquqlarini paymol bo`lishiga yo`l qo`ymasliklari uchun, o`zlarining xuquqiy 
savodxonliklarini oshirishlari lozim, deb o`ylayman; 


- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ishlab chiqarish
va eksport salohiyati, marketing va mahsulotlarni sotishga bagishlangan 
o`quv mashg’ulotlari, seminarlar va ko`rgazmalarni tashkil etishni yo`lga qo`yish 
lozim. 
- ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni 
jadallashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslarining bir qismini tez 
qoplaydigan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga karatish, shu jumladan 
kichik biznes ob`ektlariga yo`naltirish; 
Xulosa qilib aytganda, aholini ish bilan ta`minlash muammosini hal etish 
qishloqtsa sanoat va xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirish tadbirlarini 
amalga oshirish bilan bevosita bog’liq. Bugun sanoatni, xizmat ko`rsatish 
sohalarini qishloqqa olib kelish, xususan, mahsulotlarni kayta ishlaydigan kichik 
korxonalarni qishloq zaminiga joylashtirishni mahalliy hokimiyatlar, tadbirkor 
ishbilarmonlar, turli xil mulk egalari oldiga asosiy vazifa qilib qo`yilgani tasodifiy 
emas. Bugungacha xizmat ko`rsatish tarmoqlari asosan shahar va tumanlar 
markazlarida ko`proq joylashgan bo`lsa, endi ularni posyolkalarda, qishloqlarda, 
hatgoki eng olis ovullarda ham tashkil etish ehtiyoji zarurati tobora ortmokda. 
Zero, xizmat ko`rsatish tarmoqlari darajasi mamlakatning taraqqiy etayotganligini, 
jamiyatni rivojlanayotganligini ko`rsatuvchi muhim mezondir. 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Soliqlar haqida tushuncha. 
2. Soliqlarning qanday ahamiyati mavjud? 
3. Soliqlar tadbirkorlik sub`ektlarini qanday tartibga soladi? 
4. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda soliqlar qanday o’rin 
egallaydi? 

Download 361.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling