Reja tadbirkorlik sub`ektlari uchun soliqlarning ahamiyati va zarurligi


Download 361.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana11.05.2023
Hajmi361.06 Kb.
#1452832
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-маъруза

kategoriyalardan farqi. 


U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga 
xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo’ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya 
sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to’lash kabi 
umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq 
yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator o’ziga 
xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa to’lovlardan farqlash uchun 
xizmat qiladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, soliqlarning belgilari borasida ham 
iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q.Yahyoyev
soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi. 
1. Soliqlar va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir 
qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik 
Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. 
Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi. 
2. Soliqlar xazinaga davlat byudjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi 
to’lovlar «Istedod», «Ekosan» kabi jamg’armalarga tushishi soliq munosabatlarini 
aks ettirmaydi. 
3. Soliqlar qat`iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Tarixan asrlab 
o’zgarmay harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur 
bo’lsa, shuncha qat`iy va uzoq yillar o’zgarmasdan harakat qiladi. 
4. Davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining o’ziga to’liq qaytmaydi, 
ya`ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir.
17
Rus iqtisodchisi A.Medvedev o’zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq 
kerak» nomli kitobida soliqlarga xos bo’lgan ikki belgini, ya`ni majburiylik va 
ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha soliqlarning umumiy belgilarini 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
1. Soliq to’lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to’lap ekan, buning 
evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq 
to’lovchi tomonidan to’langan soliq miqdori bilan u iste`mol qiladigan ijtimoiy 
ne`matlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud bo’lmaydi. Xuddi ana shu 
xususiyatiga ko’ra soliq narxdan, (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy iste`mol 
qilganligi uchun to’lanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya) lar va 
vositachilik yig’imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to’lovlar 
hisoblansada, biroq hamma vaqt hukumat tomonidan ko’rsatilgan xizmatdan 
muayyan foyda (naf) ko’rilishi bilan bog’liqdir. 
Davlatga to’lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va 
ijtimoiy ne`matlar o’rtasida bevosita, har bir kishining ko’zi ilg’aydigan 
bog’liqlikning yo’qligi soliq to’lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari 


uchun sabab bo’ladi, vaholangki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat 
xarajatlarining yo’nalishini ma`qullashlari ham mumkin. 
Alohida olingan soliq to’lovchi odatda jamiyat va o’zining ko’rgan foydasi 
yoki manfaatini to’lagan soliqlari bilan solishtirib o’tirmaydi. Bu shunga olib 
keladiki, oqibatda fuqarolarning bir qismi soliqlar to’lashdan buyin tovlashga, o’z 
daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o’z fuqarolaridan yig’ib olgan soliqlarni 
samarali va oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning 
iqtisodiy ijtimoiy va boshqa dasturlarini o’z mablag’lari hisobidan pul bilan 
ta`minlashga rozi bo’lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi. 
2. Soliqlar majburiy to’lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to’liq miqdorda va o’z 
vaqtida to’lanishi uchun javobgarlik soliq to’lovchilar zimmasiga yuklangan 
bo’lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to’laydilar, davlat soliq to’lashdan 
bo’yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi. 
3. Davlat foydasiga soliq to’lash orqali daromadning avvaldan belgilab 
qo’yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko’zda tutilgan qismi undirib olinadi. 
Ko’pgina davlatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni 
belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat 
yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustaxkamlab 
qo’yilgan. O’zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning 
hajmlarini aniqlashga hech kimning haqqi yo’q. To’lovlarning qonuniy, ochiq-oydin 
xususiyatga ega bo’lishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi. 
4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga kelib 
tushishidir, ya`ni soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga 
kelib tushmaydi. 
5. Soliqlarga xos bo’lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda 
yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonini 
yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda korxonalar va aholidan olinadigan 
soliqlar, aslida ular mulkining ma`lum bir qismini davlat hisobiga o’tkazilishini 
bildiradi. Bu bilan xo’jalik yurituvchi sub`ektlarga tegishli bo’lgan mulk daromad 
shaklida majburiy to’lov bo’lib, davlat mulkiga aylanadi. 
Demak, yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo’lgan umumiy belgilar ularni 
iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy 
kategoriyalar: moliya, kredit, sug’urta, investitsiya kabilar bilan umumiy 
o’xshashlikka ega, ya`ni ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin 
soliqlarning o’ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar 
soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi. 

Download 361.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling