Reja: Tadbirkorlik turlari va shakllari. Tijorat tadbirkorligi Moliyaviy tadbirkorlik Konsultativ tadbirkorlik turlari va shakllari
Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari
Download 79.5 Kb.
|
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish.
6.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari
Konsalting xizmati bozorining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug‘ullanuvchi firma «o‘z tovarining namunasini», «xizmat namunasini» ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o‘ta muhimdir. Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga: o‘z imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlarni vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan foydalanish kabilar kirishi mumkin. Eng oddiy va keng qo‘llaniladigaii reklamadir. Firma turli .reklama ma’lumotlarini tarqatadi, reklama e’lonlarini beradi, bu reklamalarda konsultatsiya berish soqasidagi narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan. loyihalarga ishoralar aks ettiriladi. Mijozlarni jalb etishning yana bir keng tarqalgan usuli vositachilardan foydalanishdir. Vositachilar-firma mijozlari, rahbariyat ishonchini qozongan xodimlari bo‘lishi mumkin. G‘arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topishning maxsus uslubiyati ishlab chiqilgan. Bu maqsad uchun maxsus mablag‘lar ajratiladi. Albatta, firma-konsultant shon-shuhratini belgilashda hal qiluvchi omil uning muvaffaqiyatli yakunlangan avvalgi faoliyati hisoblanadi. Yirik yoki xatto o‘rta mijozlarning ijobiy bahosi eng yaxshi reklamadir. Vizit kartochkalari, prospektning mavjudligi, ofisdagi tartib-intizom, tashqi ko‘rinish, xodimlarning o‘zini tuta bilishi, kiyinishi, muomalasi buyurtmachilarni firma-konsultant bilan hamkorlikda ish olib borishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Umuman olganda firma - konsultantlar kerakmi? Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida, ya’ni ayrim korxonalarning iqtisodiy ahvoli va faoliyati o‘zgarib borayotgan, yangidan yangi muammolar chiqayotgan sharoitda yuqoridagi savolga faqat «ha», «zarur» deb javob bermoq tabiiydir. Lekin aksariyat firmalar moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligini hisobga olib, konsultantlar asosan korxonani muammolarini muhimligi darajasini belgilab berish uchun taklif qilinadi. Adabiyotlar 1.С.Н.Усмонов, Ю.Т.Додобоев, А.Худойбердиев. “Тадбиркорлик асослари”. “Фарғона”, 2000 С.С.Ғуломов.“Тадбиркорлик ва кичик бизнес”. Т.:”Шарқ”, 200 3.Э.Эгамбердиев, Ж.Хўжақулов.”Кичик бизнес ва тадбиркорлик”. Т.:”Маънавият”, 2003. 4.В.В.Волгин. “Торговые операции”. Москва, 2004 5.Н.В.Ласкина. “Международное торговое дело”. М.:”Экзамен”, 2004 6.www.cer.ru 7.www.uz.bussines.unitech.uz 8.www.torg.uz 9.www.edu.ru Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling