Rеja: Ta’limning shakl va mazmun mohiyati Davlat ehtiyojlariga mos holda ta’lim islohotlari. Bilim va ko'nikmalar — poydevor sifatida
Davlat ehtiyojlariga mos holda ta’lim islohotlari
Download 78.5 Kb.
|
Kasbiy ta'lim bo'yicha Davlat ta'lim islohotlari va ularda qo'yilgan ustuvor vazifalar.
Davlat ehtiyojlariga mos holda ta’lim islohotlari
Ta'limning asosiy vazifalarini, mavjud ilmiy salohiyat va alohida shaxslarning iste'dodini davlatning, uning tuzilmalari hamda iqtisodiyoti tarmoqlarining amaldagi ehtiyojlariga moslashtirish juda muhim. Agar shunday qilinmasa, bir kun kelib, tamaddundan yiroqlashish, mamlakat uchun keraksiz, ortiqcha daxmazaga aylanib qolish ham hech gap emas. Yillar davomida biz rivojlanmadik, kuzatuvchi bo'lib qolaverdik, deyish, albatta, noto'g'ri bo'lardi. Fanlar akademiyasidagi uchrashuv esa O'zbekistonning eng yangi tarixida biz ilmiy hamjamiyatda qanday o'rinni egallayapmiz, xalqaro ta'lim jarayonida qatnashyapmizmi, o'zgarishlar va innovatsiyalarni maqsad qilganmizmi — ana shu kabi savollarni ko'ndalang qo'ydi. Xo'sh, agrar tarmoqni, uning suv xo'jaligi kompleksini, muayyan fermer xo'jaligini mustahkamlash, rivojlantirish uchun qanday yangi, aniq texnologiyalar, jihozlar va dasturiy mahsulotlarni taklif qila olamiz? Ta'lim hamda ilmiy tadqiqotlar sohasidagi kuchli raqobat sharoitida innovatsion yechimlarni yaratish va ularni ko'paytirish uchun institutimiz strategiyasi qanday bo'lmog'i lozim? Axir hozirgi tezkor zamonda bir joyda qotib qolish, bor bilim hamda malakalarni ham yo'qotib, savodsizlik tufayli tanazzulga yuz tutish aslo mumkin emas-ku. Bugun tobora kuchayib borayotgan talablarga javob berish maqsadida harakat qilish zarurligini chuqur his etyapmiz. Oldinga, yangilanish sari bir necha qadam qo'yish uchun esa xalqimiz asrlar davomida to'plagan bebaho tajriba, ya'ni kadrlar tayyorlash bo'yicha hamda ilmiy-ta'limiy sohada erishilgan yutuqlar, uslubiy, tuzilmaviy, moddiy va nihoyat, innovatsion rivojlanish tajribasini hisobga olish hamda undan foydalanish lozim. Ayni shunday yo'l — yangilanish va kashfiyotlar yo'li — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini zamonaviy tadqiqotlar universitetiga aylantirish yo'lidir. Bu — «moda»ga ergashish emas Tadqiqotlar universitetini yaratish eng asosiy maqsad emas yoki urfga berilish ham emas. Bu ta'limiy va ilmiy faoliyatni innovatsion rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochish, deganidir. Dunyo tajribasi ko'rsatishicha, tadqiqotlar universitetini shakllantirishning muhim omili uning ko'p funktsiyali bo'lishi, ta'lim — fan — ishlab chiqarish “zanjiri”da innovatsion jarayonlarning qo'llab-quvvatlanishi bilan bog'liq. Jahondagi aksariyat yetakchi tadqiqotlar universitetlari insoniy zaxiraning yuqori sifati, ya'ni: professor-o'qituvchilar tarkibining malakasini doim oshirib borish; ish beruvchilar hamda ilmiy ishlanmalardan foydalanuvchilar bilan hamkorlik qilib, bilimlar va ilg'or innovatsiyalarni keng yoyish; muassasaning o'z zamonaviy ilmiy-tadqiqot hamda tajriba o'tkazish infratuzilmasiga ega bo'lishi kabi ko'rsatkichlar bilan ajralib turadi. Shuningdek, unda akademik, moliyaviy, tashkiliy va kadrlar masalasidagi mustaqillik nuqtai nazaridan avtonom boshqaruv modeli ham mavjud bo'lishi kerak. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti o'zining ko'p yillik faoliyati davomida tayyorlayotgan mutaxassislari, professor-o'qituvchilar tarkibini shakllantirish, fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar va tajriba-ishlab chiqarish maydonchalari hamda hududlardagi filiallarining mavjudligi kabi yo'nalishlarda birmuncha noyob tajriba to'pladi. Oliy dargohimizning ta'limiy vazifasi irrigator, mexanik, energetik, quruvchi, nasoschi, meliorator, yerdan foydalanuvchi, gidroenergetik, iqtisodchi, suv ta'minotchisi, gidrogeolog va geodezist — jami 33 ta mutaxassislik hamda faoliyat yo'nalishi bo'yicha kadrlar yetishtirishdan iborat, umumiy ilmiy salohiyati 69 foiz. Innovatsion infratuzilmani esa institutda texnoparklar, texnopolislar, ilmiy-innovatsion klasterlar va laboratoriyalar, biznes-inkubatorlar, yangi zamonaviy kafedralar tashkil etmoqda. Tijoriy mahsulotga aylantirish uchun Yuqorida sanab o'tilgan tuzilmalarni innovatsion korxonalarning o'ziga xos injiniring fabrikasi, deyish mumkin. Ularning vazifasi — tadbirkorlarga loyihaviy takliflar tayyorlashni, innovatsion biznes-loyiha tuzishni, savodli konsalting yuritishni, sarmoyalarni daromadli biznesga yo'naltirish yoki “g'oyadan — tayyor mahsulotgacha” jarayoni uchun lokal ekomuhit yaratishni o'rgatishdir. Texnoparklar, klasterlar va inkubatorlar bo'lsa, olimlarga o'z ilmiy g'oyalarini tijoriy mahsulot darajasiga yetkazishda yordam beradi. Shuni bilish hamda tushunish muhimki, mamlakat rahbariyati tomonidan ilgari surilayotgan vazifa — O'zbekiston iqtisodiyotiga innovatsiyalarni joriy etishni jadallashtirish — ko'p jihatdan uning yangilanayotgan tuzilmasini shakllantirishga bog'liq. Tuzilma tarkibida eng ahamiyatli o'rinni ilmiy-ta'limiy soha egallaydi. Bu esa institutsional tizimning, ya'ni oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining mavqeini yanada ko'tarish, mustahkamlash bilan chambarchasdir. Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling