Rеja: Ta’limning shakl va mazmun mohiyati Davlat ehtiyojlariga mos holda ta’lim islohotlari. Bilim va ko'nikmalar — poydevor sifatida
Bilim va ko'nikmalar — poydevor sifatida
Download 78.5 Kb.
|
Kasbiy ta'lim bo'yicha Davlat ta'lim islohotlari va ularda qo'yilgan ustuvor vazifalar.
Bilim va ko'nikmalar — poydevor sifatida
O'zbekistonning agrosanoat kompleksini rivojlantirish strategiyasini tuzishda innovatsiyalar bilan qurollangan yangi avlodning bilim va ko'nikmalariga tayanuvchi iqtisodiyotni shakllantirishdan boshqa yo'l yo'q. Ilmiy-ta'limiy sohaning yuqori salohiyati qishloq xo'jaligi hamda irrigatsiya sektorida innovatsiyalar joriy etilishini ta'minlar ekan, ushbu ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma mamlakatning makroiqtisodiy tizimida alohida o'rin egallaydi. Bugungi davr talab etayotgan innovatsiyalarni amalga oshirish uchun esa ilmiy-ta'limiy sohaning o'zi ham eng zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o'z faoliyatiga tatbiq qilishi lozim. Bu ish ilmiy-ta'limiy sohaning innovatsion rivojlanishini boshqarishga mo'ljallangan texnologiyalar, mexanizmlar va usullarni takomillashtirishni taqozo qiladi. Bizning institutimiz ushbu yo'nalishda muayyan tajriba to'pladi, aniqrog'i — o'zini innovatsion rivojlanish vektoriga ega oliy o'quv yurti sifatida tanitadigan ko'rsatkichlarga erishdi. Bular: – innovatsion infratuzilmani shakllantirish, uning asosiy elementlari bo'lgan texnoparklar, klasterlar, texnopolislar va biznes-inkubatorlar; – ta'lim, fan va ishlab chiqarishning makroiqtisodiy integratsiyasi — u institut atrofida klaster tuzilmalari bilan to'ldiriladigan, ixtisoslashtirilgan ilmiy-texnik va iqtisodiy maydonchani shakllantirishga olib keladi; – qulay ta'lim jarayonini tashkil etish — bunda ilmiy tadqiqotlar, ta'lim hamda fanning innovatsion faolligini oshirishga xizmat qiluvchi sharoitlar, ya'ni o'qituvchilar, doktorantlar, magistrant va talabalarni ilmiy ishlanmalarga jalb etish hamda mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi; – ilmiy-texnik hamda iqtisodiyotning innovatsion sohasida ishlashga qodir bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash chora-tadbirlari. Yuqorida keltirilgan, institutning zamonaviy ilmiy-ta'limiy faoliyatiga tegishli ko'rsatkichlarning aksariyati ushbu sohadagi intilishlarimiz va salohiyatimizdan darak berib turibdi. Ular bosib o'tilgan rivojlanish bosqichiga xolis baho berish bilan birga, kelgusida tadqiqotlar universitetiga aylanish uchun yo'l ochib beradi. Bunday universitetlar MDH bo'yicha qo'shnilarimiz — Qozog'iston va Rossiya Federatsiyasida bor. Ularning tajribasi katta qiziqish uyg'otadi, masalan, ushbu oliy dargohlar davlat tashabbusi bilan o'tkaziladigan, “milliy tadqiqotlar universiteti” toifasi beriladigan oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish dasturlari bo'yicha tanlovda qatnashadi. Rossiyada bunday tanlov universitetning ayni vaqtdagi holati hamda keyingi yillardagi rivojlanish dinamikasini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Jumladan, bunda universitetning kadrlar salohiyati, ta'lim jarayoni va ilmiy tadqiqotlar infratuzilmasi, ta'limiy hamda ilmiy-innovatsion faoliyatning samaradorligi, xalqaro va milliy darajada tan olingan yutuqlari, taqdim etilgan rivojlanish dasturining asoslanganligi hamda kutilayotgan natijadorligi singari ko'rsatkichlar hisobga olinadi. Qozog'iston misolida oladigan bo'lsak, sanab o'tilgan mezonlar bo'yicha ayrim ko'rsatkichlar quyidagicha: – ushbu oliy o'quv yurti asosiy ish joyi bo'lgan o'qituvchilar orasidan ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo'lganlari — 70 foizdan kam emas; – oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlari bo'yicha tahsilni davom ettirayotgan magistrant va doktorantlar ulushi — umumiy kontingentning 15 foizidan ko'prog'i; – “Times Higher Education World University Rankings” reytingiga muvofiq ravishda dunyoning eng yaxshi 200 ta universiteti safiga kirgan xorijiy oliy o'quv yurti ishtirokida ishlab chiqilgan oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlarining ulushi — 20 foizdan kam emas; – ilmiy-pedagogik xodimlarning umumiy tarkibida chetdan taklif etilgan xorijiy o'qituvchi va tadqiqotchilar ulushi — 12 foizdan kam emas; – xorijiy o'qituvchi va tadqiqotchilar bilan hammualliflikda tayyorlangan ilmiy maqolalar ulushi — keyingi uch yilda xalqaro reytingli jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalarning umumiy soniga nisbatan 10 foizdan kam emas. Umuman, tanlovni tashkil etishda tanlov g'oliblari bo'lgan universitetlar (oliy ta'lim muassasalari)ning rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish tartibi va shartlari hisobga olinadi. Albatta, Rossiya hamda Qozog'istonda oliy o'quv yurtlarining faoliyatini baholashda qo'llaniladigan yondashuvlar to'laroq va chuqurroq o'rganishga loyiqdir. Shuningdek, O'zbekistonda uni joriy etish ko'zda tutilayotgan bo'lsa, demak, har tomonlama, jumladan, huquqiy jihatdan ham, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kerak. Bu borada “QS Quacquarelli Symonds” kompaniyasi konsalting bo'limi boshlig'i D. Redjioning “Narodnoye slovo” gazetasida chop etilgan tahliliy maqolasi foydali va o'z vaqtida chiqqan maqola bo'ldi. Unda O'zbekistonning universitetlari ta'limiy hamda ilmiy tajriba asosida xalqaro e'tirofga sazovor bo'lish harakatini kuchaytirishi lozimligi aytilgan. Ortda qolish emas, oldinda yurish kerak O'zgarishlar yo'lidagi islohotlarning yana bir muhim jihatiga to'xtalib o'tish joiz. Yaxshi tushunamizki, tadqiqotlar universitetiga aylanish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun zamonaviy, yuqori darajada tashkillashtirilgan innovatsion raqamli bazaga tayanish lozim bo'ladi. Bu masalada ancha orqada qolganmiz. Ko'rib turganimizdek, dunyo allaqachon raqamli globallashuv davriga qadam bosdi, bu davr esa axborot, g'oyalar hamda innovatsiyalar oqimi to'xtamayotgani bilan ajralib turadi. Ekspertlarning bashoratiga ko'ra, 2021 — 2023 yillarga borib, jahon iqtisodiyotining 25 foizi raqamlashtirilgan texnologiyalarni joriy etishga o'tadi. Bu jarayon esa davlat, biznes, ta'lim va umuman, jamiyat samarali faoliyat yuritishiga imkon yaratadi. Bunday sharoitda istiqbolli ta'lim texnologiyalari, yangi axborot-kommunikatsiya vositalari, innovatsion pedagogik yechimlar va ijtimoiy texnologiyalardan keng foydalanayotgan smart-ta'lim tizimi bugungi kun talablariga, davlat hamda jamiyatning intilishlariga to'la javob beradi. Misol uchun, Yevropada ushbu chaqiriqlarga javoban yagona Yevropa universiteti haqidagi g'oya ilgari surilmoqda, toki u internet tarmog'ida smart-ta'limning umumiy standartlari, bitim va texnologiyalari asosida hamkorlikdagi ta'limiy faoliyatni olib borsin. Rossiya Federatsiyasida “20.35” Milliy texnologik tashabbus universiteti faoliyat yuritadi, u esa insonning raqamli iqtisodiyotdagi kasbiy rivojlanishini ta'minlaydi. Jahon ta'lim hamjamiyatida shunga o'xshagan misollar ko'p.
Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling