Rеja: Ta’limning shakl va mazmun mohiyati Davlat ehtiyojlariga mos holda ta’lim islohotlari. Bilim va ko'nikmalar — poydevor sifatida


Download 78.5 Kb.
bet4/8
Sana02.01.2022
Hajmi78.5 Kb.
#201245
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kasbiy ta'lim bo'yicha Davlat ta'lim islohotlari va ularda qo'yilgan ustuvor vazifalar.

Shakl va mazmun mohiyati

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti oxirgi to'rt yilda ochiqlik sharoitida, jahondagi bir necha mashhur universitetlarning ilmiy, ta'limiy va tadqiqot faoliyati, shuningdek, xalqaro ta'lim dasturlari tizimi bilan hamkorlikda ish olib bordi. Bu esa bizni ta'lim jarayonining shakl hamda mazmunini kengaytirish mohiyatini anglashga undaydi.

Mazkur faoliyat O'zbekistonning iqtisodiy hayotidagi jadal yangilanish hamda o'zgarishlar sharoitida ta'lim va fanni innovatsiyalarga yo'naltirilgan holda rivojlantirish maqsadlariga to'la mos keladi. Bu borada yangi ta'limiy paradigmalarni, tadqiqot universitetlari tomonidan mamlakatda inson kapitalini oshirish bo'yicha olimlar hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni tushunib yetish kerak bo'ladi.

Ayni davrda O'zbekiston oliy ta'lim sohasida sezilarli ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bilim dargohlarining qiyofasi o'zgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanyapti, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, professor-o'qituvchilarning daromadlari ham ortyapti. Innovatsiya yo'nalishidagi alohida davlat tuzilmalari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarida ham yangi bo'linmalar ochilmoqda. Bularning barchasi oliy ta'limga bo'lgan yondashuvni o'zgartirib, uning sifati hamda darajasini ko'tarishga xizmat qilishi aniq. Jumladan, bizning institutda ham.

Shu o'rinda Prezidentimizning 2016 yil dekabrida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida bo'lib o'tgan olimlaru ziyolilar bilan uchrashuvi yodga tushadi. O'shanda davlat rahbari mamlakatimiz sanoati, agrar tarmog'i va umuman, iqtisodiyotida xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiya hamda jihozlarni joriy etish va ulardan foydalanish masalasiga alohida e'tibor qaratgandi. O'zbekistondagi yirik ta'lim dargohining rahbari sifatida men bu fikrni o'zimga hamda institutimiz jamoasiga ham tegishli, deb qabul qildim. Negaki, gap raqamli yechimlar asosida ishlaydigan murakkab texnologik komplekslardan tortib, to oddiy muhandislik ishlanma va uskunalarigacha chetdan keltirilayotgani haqida borar edi.


Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling