Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Xalq an'analari yoshlar ma'naviyatini shakllantiruvchi vosita
Download 297.29 Kb.
|
majmua yangi
2. Xalq an'analari yoshlar ma'naviyatini shakllantiruvchi vosita
sifatida. 3. Milliy qadriyatlar vositasida yoshlar ma‟naviyatini shakllantirishning usul va vositalari. 1. Ma'naviy-axloqiy ishlarni tashkil etishda milliy qadriyatlardan foydalanish. Shaxsning ma‘naviy madaniyatini shakllantirishda qo‘yiladigan hozirgi zamon talablarini qo‘yish va ularni amalga oshirish dinamik harakterga ega bo‘lib, ijtimoiy tizim taraqqiyoti bilan bog‘liqdir, bu muammoni falsafa, adabiyot, etnografiya, sotsiologiya, pedagogika-psixologiya, etika, estetika fanlari tadqiq etadi. Tarbiya shaxs kamolotiga moddiy va ma‘naviy jihatdan ta‘sir etadi. Moddiy va ma‘naviy jihatlarning o‘zaro ta‘siri natijasida axloqan yetuk, barkamol, jismonan sog‘lom, dunyoqarashi keng yaxlit shakllangan shaxs tarkib topadi. Talabalarning ma‘naviyatini shakllantirishda uning aqliy, axloqiy, estetik, badiiysiyosiy, diniy va boshqa qirralari yaxlit bir-biri bilan uzviy aloqada ta‘sir ko‘rsatadi. Shuningdek, aqliy madaniyatning milliy bilimlarini puxta o‘zlashtirish yaxlit idrok etish, takrorlash axloqiy madaniyatning axloqiy bilimlar, axloqiy ong, axloqiy qadriyat, axloqiy odob, axloqiy ishonch, axloqiy faoliyat, estetik madaniyatning– estetik his, estetik did, estetik idrok, siyosiy madaniyatning-siyosiy bilim, siyosiy e‘tiqod, siyosiy ong, siyosiy faoliyat, diniy madaniyatning iymon e‘tiqod kabi ichki qurilish qoidalariga ta‘lim-tarbiya jarayonida amal qilish estetik tarbiyaning tarkibiy qismlarini yaxlit amalga oshirishda zamin bo‘ladi. Pedagog olima, professor, O.Musurmonova o‘zining ―Yuqori sinf o‘quvchilarining ma‘naviy madaniyatini shakllantirish‖ nomli tadqiqot ishida ―ma‘naviy - ruhiy qadriyatlar shaxs ma‘naviy madaniyatini shakllantirishda muhim manba hisoblanadi‖ deb ta‘kidlaydi. Bizning nazarimizda insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab vujudga kelib shakllanib, taraqqiy etib kelayotgan xalq milliy an‘analari, milliy qadriyatlar negizini tashkil etib talabalarning ma‘naviy madaniyatini shakllantirishda, zaruriy omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Biz quyida milliy qadriyatlar, ularning ta‘lim-tarbiya, ma‘naviy madaniyatni shakllantirish jarayonidagi tutgan o‘rni haqida fikr yuritamiz. Ma‘lumki, milliy an‘analar, urf-odatlar va marosimlar xalq pedagogikasining muhim manbalaridan hisoblanadi. Chunki ularda ko‘pgina pedagogik ma‘lumotlar, tarbiya sohasidagi tajribalar ham o‘z ifodasini topgan. Shunga ko‘ra, ularning tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish, ularda talabalarning ma‘naviyatini shakllantirish jarayonida foydalanish juda muhim. Tarbiya jarayonida xalq an‘analaridan foydalanishning o‘ziga xos tomonlari haqida Z.Mirtursunova, S.Temirova, N.Alimova, S.Nurmatov, U.Toshtemirov, O.Musurmonova kabi pedagog psixolog olimlar atroflicha ilmiy izlanishlar olib borganlar. A.N.Munavvarov o‘zining ―Oila pedagogikasi‖ nomli kitobida ―an‘ana‖ asli arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o‘tib davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlari va shu kabilardir. An‘ana ijtimoiy madaniy merosdir, - deb yozadi. Haqiqatdan ham, an‘ana har bir millatning o‘ziga xoslgini ifodalab, uning ijtimoiy va tabiiy muhiti, turmush tarzi,yashash sharoitidan kelib chiqib an‘analar mazkur millatning jamiyat va odamlarga bo‘lgan munosabatini ifodalasa ham, uning zamirida mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi barcha xalqlarga xos bo‘lgan g‘oyalar ilgari surilganligi uchun umumiy ma‘no kasb etadi. Ma‘lumki, har bir millatning milliy tarixiy an‘analari mavjud. Masalan, maishiy turmushga oid an‘analar juda tor ma‘noga ega bo‘lib ko‘rinsada, lekin har bir millatning maishiy turmushi turlicha kechganini unutmaslik kerak. Har bir xalqning maishiy turmushini tashkil etishga uning maishiy harakteri, madaniyat darajasi, turmush sharoiti va tarixiy davri kabi qator jihatlar ta‘sir etishi mumkin. Jumladan, o‘zbek xalqining milliy an‘analari va xalq pedagogikasi nodir manbalaridan xalq o‘yinlari, milliy urf-odatlar, marosimlar, rasm-rusumlari ham kiradi-ki, ularni bugungi kunda o‘quvchilar ongiga singdirish orqali o‘quvchilarni estetik madaniyatini shakllantirishga yangicha yondashishni ilmiy pedagogik jihatdan tashkil etishga olib keladi. Yoshlar ma‘naviyatini shakllantirishda xalq milliy qadriyatlaridan foydalanishning o‘ziga xos imkoniyatlari quyidagi muammolarni hal qilishda yordam beradi: - ta‘lim muassasasi negizida ta‘lim-tarbiya tizimini milliylashtirish; - har bir o‘quvchi hatti-harakati, xulq-atvori, dunyoqarashida umuminsoniy milliy an‘analarni tarkib toptirishda tayanch bo‘lish; - o‘quvchilarni milliy va umumbashariy madaniyat manbalarining mohiyatini chuqur anglab yetishga dastirli yo‘llanma berish; - o‘qituvchi pedagoglarni talabalar ma‘naviyatini shakllantirish jarayonida ta‘limtarbiyaning samarali-shakl, usul va vositalarini to‘g‘ri tanlash; - talabani milliy an‘analar orqali jahon miqiyosidagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniyati, jarayonlarga intilishni ta‘minlashda asosiy yo‘llanma berish; Mazkur tamoyillar negizida xalq an‘analari mazmunida olg‘a surilgan milliy va umuminsoniy kabi yuksak fazilatlarni talaba ongi va faoliyatida shakllantirish o‘z ifodasini topgan. Bugungi, kunda shaxsning ma‘naviy erkinligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, an‘analarni asrlar davomida tarbiya vositasi bo‘lib kelgan xalq pedagogikasini chuqur o‘rganishga imkon beradi. Xalq pedagogikasi (xalq og‘zaki ijodi, amaliy tajribadagi an‘analar, urf-odatlar, xalq amaliy san‘ati, va.h.k.) jamoa ijodkorligining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ma‘naviy birlashuvi, timsoli, tub manfaatlari, orzu-armonlari, umummilliylikni ifodalovchi tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Xalq pedagogikasini tarkibiy qirralari kishilarning oliy maqsadlari, tasavvurlari, his-tuyg‘ularini ifodasi sifatida pedagogik madaniyatning amaliyotda sinovdan o‘tgan muhim belgilari ya‘ni xalqni ezgulikga, adolatga, mehnatsevarlikkaga da`vat etishdan iborat. Zero, talaba ma‘naviyatini asosini ham ana shu tushunchalar tashkil etadi. Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagicha xulosa chiqarishimiz mumkin: Download 297.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling