Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 297.29 Kb.
bet12/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

Marosim – inson hayotida muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatida o‘tadigan, umum qabul qilingan, tartib qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Bayram – biror bir hodisa, voqea, soni ko‘pchilik bo‘lib, ko‘tarinki ruhda,
xursandchilik bilan nishonlash. Bayram har bir xalqning o‘ziga hos qadriyatlarini aks ettiradigan ko‘zgu sanaladi. Biz o‘zbeklarda ham boshqa xalqlar singari go‘zal va takrorlanmas bayramlarimiz ko‘p. Ular necha-necha asrlar davomida nishonlanib kelinmoqda. Ko‘p ming yillik tarixga ega shunday bayramlardan biri ―Navro‘z‖ bayrami alohida ahamiyatga ega. Navro‘z ―nav‖-yangi, ―ro‘z‖- kun, ya‘ni – ―Yangi kun degan ma‘noni anglatadi. Navro`z bayrami o‘tkaziladigan vaqt quyoshning hamal burjiga kirish vaqtibilan belgilanadi. Navro‘z bayrami arafasida hamma joyda hovlilar, uylar, ko‘chalar tozalanib, bezatiladi. Kishilar bir-birinikiga mehmonga borib, keksalar ziyorat qilinadi, ota-onalar, ustozlar va tabarruk kishilardan xabar olinadi, o‘zaro arazlashgan, gina-qudrat qilganlar yarashtiriladi. Navro‘z bayrami o‘tkaziladigan joyga o‘yin kulgular uyushtiriladi. Navro‘z bayrami turli vilaoyatlarda turlicha bo‘ladi.
Bayramlar orasida islomiy bayramlarning o‘rni nihoyatda katta. Ma‘lumki
islom dinida asosan ikkita – «Qurbon hayiti» va kichik bayram – «Ro‘za hayiti»
bayramlari mavjud. Bu bayramlarda namoz o‘qish, marhumlarni yod etib, duo-fotiha
qilishdan iboratdir. Qurbon hayitida haj amallarini ado etish va qurbonlik qilish, ro‘za
hayitida esa ramazon oyi nihoyasida ―og‘iz ochish marosimi‖, fitr-sadaqa berish kabi
amallar bajarilgan. Iydi ramazon arafasida kishilar bir-birlariga muloyimlik bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Erta tongdanoq hamma sidqi dildan shunday kunlarga yetkazgani uchun Ollohga shukronalar aytadilar, o‘z yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, bemor vaqariyalarni ziyorat qiladilar.O‘zbeklarda bayramlar nihoyatda ko‘p. Bayramlardan tashqari ommaviy marosimlar ham katta tantana bilan o‘tkaziladi.
Aqiqa marosimi- aqiqa sunnatning odat qilish asosida yana bir necha sunnatlar
farzandlarning kelajagi uchun yaxshi ahamiyatga egadir. Rasululloh (a.s.v.)
so‘zlaridagi ―yettinchi kunda qo‘y so‘yish. Chaqaloqning bosh-ko‘zidan sadaqa qilish ma‘nosini bildirgan. Uning sochinioldirib, soch og‘irligicha mablag‘ni kambag‘allarga ulashib berish ham shu ma‘noniifodalaydi. Tug‘ulgan chaqaloqning o‘ng qulog‘iga azon va chap qulog‘ga takbir aytilishi, uni kelajakda iymonli, hayoli ta‘sir o‘tazishiga katta ta‘sir o‘tkazadi. Aqiqa1-kun, 14-kun va 21-kunlarda qilinsa, ayni sunnatga muvofiq bo‘ladi. Aqiqa qilishning ma‘nosi shukrona qilishdir. Olloh bergan ne‘matlar orasida farzand ko‘rish faqat Ollohning iroda-hohishi bilan beriladigan ulug‘ ne‘mat bo‘lgani uchun unga shukur aytmog‘imiz lozim.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling